Бизнинг талабалар

Эътиборингиз учун “Education Standard” компаниясининг хизматларидан фойдаланган талабаларнинг хорижда таълим олиш бўйича фикрлари билан танишиб чиқишни таклиф этамиз.

Adelphi University, Nyu-York, AQSH | «Buxgalteriya hisobi» bakalavriati

Education Standard bilan tanishuvim  o‘qish masalasida xorijda o‘qish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kompaniyaga maslahat olish uchun murojaat qilganimda boshlandi. Toshkentning ko‘plab kompaniyalariga murojaat qildim, ammo ular AQSHda o‘qish uchun mening ehtiyojlarimga javob beradigan dasturni tanlab berolmadilar - men SAT va TOEFLni oldindan topshirgan edim, shuning uchun eng nufuzli oliy o‘quv yurtlarda o‘qishni mo‘ljallayapgandim. Biroq, menga Kanada va Avstraliyadagi dasturlarni taklif etishni boshlashdi, bu esa mening rejalarimga zid edi. Shu tariqa, xato qilib, sinab ko‘rib, men Education Standard kompaniyasini topdim. AQSHda oliy o‘quv yurtlarining turli-tumanligi meni quvontirdi. Men turli shaharlardagi bir necha universitetga hujjat topshirdim va 7 ta oliy o‘quv yurtidan Offer Letters va grantlar oldim. Ammo, men Adelfay universitetini tanladim - ularning granti eng katta bo‘lib, o‘quv yurtining o‘zi dunyoning moliyaviy markazlaridan biri - Nyu-Yorkda joylashgan edi. Education Standard o‘zaro munosabatlarimiz eng boshidan qulay kechdi, bir-birimizni juda yaxshi tushundik, oliy o‘quv yurtlariga va AQSHga viza olish uchun hujjatlarni tayyorlashda kompaniya mutaxassislarining yuksak kasb mahorati o‘z do‘stlari va tanishlarimga hech ikkilanmay aynan shu kompaniyani tavsiya etishim uchun asos bo‘ldi.

Said Toymasov, 21 yosh, Bachelor in Accounting, Adelphi University, Garden City, New-York, USA.

Education Standard

Ingliz tili dasturi, EF Oxford, 2009g., Buyuk Britaniya

Insonning muvaffaqiyati uning jo‘shqin faoliyatiga, olamni o‘rganish xohishiga, bilimga chanqoqligi va olgan bilimlarini hayotga tatbiq qilish istagiga bog‘liq. Men doim o‘z salohiyatimni to‘liq ochishga intilganman, va otam bilan onamga meni bu yo‘lda to‘liq tushunganlari va qo‘llab-quvvatlaganlari uchun ularga cheksiz minnatdorman. Mening Education Standard kompaniyasi bilan tanishuvchim 2009 yilda, Oksfordga ingliz tili bo‘yicha bilimlarimni oshirishga borganimda  boshlangan. Keyinchalik tilni yanada katta qiziqish bilan o‘rganishni va o‘qishni davom ettirish haqida o‘ylashni boshladim. Bakalavriatda o‘qish vaqti kelganda, shu zahoti Education Standard kompaniyasida ishlaydigan bolalarga murojaat qildim. Yelena,  darvoqye biz u bilan hozirda yaxshi do‘stmiz, menga Biznesni Rigada o‘rganishni tavsiya etdi, u yerda «narx va sifat» nisbati menga juda ma'qul keldi. Bugun esa O‘zbekistonda o‘z bilimlarimni qo‘llamoqdaman. Kelajak rejalarimda - MBA dasturini nufuzli biznes-maktabida o‘rganish. Do‘stlarim bo‘lgan  Education Standard kompaniyasiga qog‘ozli ishlarni bajarishda, hujjatlarni tayyorlashda  menga yordam berganlari va bilim olish sari yo‘limda yonimda bo‘lganlari uchun katta rahmat. Sizga rivoj tilayman!

Azim Ganiyev, EF Oxford, Academic English Programme, UK, 2009y.

Education Standard

Turiba University, Riga, Latviya | «Biznesda boshqaruv» bakalavriati

Men boshidanoq biznesda boshqaruv bo‘yicha Bakalavr darajasini (BBA) xorijda olishni istardim. Xorijda o‘qish haqida ko‘proq ma'lumot olish uchun Toshkentda o‘tkazilgan ta'lim ko‘rgazmasiga bordim. U yerda  menga Turiba universitetini munosib tanishtirdilar. Riserch qildim, Internetda ma'lumot izladim, Latviyadagi stipendiyalar haqida ko‘p narsalarni bilib oldim va o‘qishni Latviyada davom ettirishga uzil-kesil qaror qildim.  Maslahat olish uchun Education Standard kompaniyasiga murojaat qildim. Ular menga juda katta yordam berdilar. Va bir necha oydan keyin men Rigada o‘qishni boshladim. 4 yil ichida men 2 ta stipendiya yutdim va biryo‘la Finlyandiya universitetida qo‘shaloq  diplom dasturi bo‘yicha o‘qishni tamomladim. Natijalardan juda mamnunman. Yo‘limni ochganlari uchun Education Standard kompaniyasiga chuqur minnatdorlik bildirishni istardim. Faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Vladislav Yurovskiy, 23 yosh, Bachelor of Business Administration, Turiba International University

Education Standard

Temple University, Filadelfiya, AQSH | «Fuqaro qurilishi» bakalavriati

Ota-onam bolaligimdan hayotda eng muhimi - bu sertifikat yoki diplomalardagi emas, insonning miyasidagi bilim ekanini singdirganlar, balki shuning uchun ham bolaligimdan mehr berib o‘qigandirman. Kollejda o‘qib yurganimdayoq SAT va TOEFLni topshirdim. O‘sha paytdayoq universitet tanlashni boshladim, universitetlar haqida ko‘plab ma'lumotlarni o‘qidim, o‘zim uchun eng mosini topishga harakat qildim. Axir, bu mening kelajagim eshigi. Ana o‘sha murakkab paytda Education Standard kompaniyasi menga yordamga keldi. Biryo‘la bir necha universitetga hujjat topshirdik, bular University of Massachusetts Amherst, University of Massachusetts Lowell, University of Massachusetts, Boston University, California State University LA, va, albatt, Temple University universitetiga. Universitetlarning deyarli hammasidan ijobiy javob oldim. Templda menga grant taklif etishdi va men shu universitetni tanladim. Mutaxassislikka kelsak, inson qo‘li tegadigan narsalarni yaratish prinsipi meni doim o‘ziga tortgan va men Civil Engineering mutaxassisligini tanladim. Albatta, hujjatlarni mustaqil tayyorlash, mustaqil kirishga harakat qilish mumkin, ammo yoningizda qo‘llab-quvvatlab turadigan do‘stlar bo‘lsa, natijani uzoq kutmaysiz. Menga ishonganlari, tanlagan yo‘limdan borishimda qo‘llab-quvvatlaganlari uchun ota-onamga alohida minnatdorchilik bildiraman. Gavxar Najmetdinova, 22 yosh, Bachelor in Civil Engineering, Temple University, USA.

Education Standard

Yozgi jadal dastur 2013, "Ingliz tilini Manxetenning qoq o‘rtasida o‘rganamiz", AQSH

Bu unutilmas taassurotlarga boy safar bo‘ldi, ular hech qachon xotiramdan o‘chmaydi! Bizning  EC maktabimiz Manxettenning qoq markazida joylashgan edi va biz 96-ko‘cha chorrahasida yashardik. Har kuni tushlikkacha ingliz tili bilan shug‘ullanardik, tushlikdan keyin esa Nyu-Yorkni o‘rganardik. Qayerlarga boramadik-a! Markaziy bog‘da ham, Ozodlik haykalida ham, Rokfeller markazida ham va yana ko‘plab joylarda bo‘ldik. «Brayton Bich»da okean og‘ushida cho‘milishga ham muvaffaq bo‘ldik.  Fotokolleksiyamda minglab fotosuratlar paydo bo‘ldi. Bu fotosuratlarni bir daqiqani ham unutmaslik uchun qilganman. Menga bu sehrli ta'tilni hadya qilgan sevimli onamga minnatdorchilik bildirishni istardim. Shuningdek, Education Standard kompaniyasi, ayniqsa guruh yetakchisi bo‘lgan Yelenaga alohida tashakkur. Ularni iliqlik bilan xotirlayman. Ingliz tilini o‘rganish va boshqa madaniyatni, tarixiy yodgorliklar, taomlarni faol o‘rganishni va, albatta, hayajonli shoppingni o‘z ichiga olgan bu kabi foydali ta'tilni tashkil etganlari uchun kompaniyaga katta rahmat!!!

Yekaterina Rayevskaya, 20 yosh, "Ingliz tilini Manxetenning qoq o‘rtasida o‘rganamiz ", New York, Manhattan, USA dasturi.

Education Standard

Hult International Business School, London, Buyuk Britaniya | EMBA

Education Standard kompaniyasida mening maqsadlarimni va  meni qaysi ta'lim yo‘nalishi qiziqtirishini to‘g‘ri tushunishdi va bir onda konstruktiv dialog yuzaga keldi. Har qanday tadbirkorning vaqti zidligi hisobga olinadigan bo‘lsa, bunday professional konsalting xizmatlari - haqiqiy xazina. Biznes yuritish uchun yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni istagan ishbilarmonlar uchun taklif etilayotgan MBA dasturlari juda ko‘p. Menga omad kulib boqdi - HULT vakili Toshkentga qisqa muddatga tashrif buyurganda, u bilan uchrashishga muvaffaq bo‘ldim. Bu aynan shu biznes-maktabni tanlashimda menga yordam berdi. HULT  tarkibiga MBA yo‘nalishi bo‘yicha 100 dan ortiq eng ilg‘or universitetlar kirishi  juda muhim omil. Men tanlagan ta'lim dasturi - Executive MBA ko‘plab amaliy topshiriqlar beradi, shuningdek, biznesning turli yo‘nalishlarida ulkan yutuqlarga erishgan ishbilarmonlarning leksiyalarini eshitish imkonini beradi. Hujjatlarni to‘plash va topshirish, qabul komissiyasi bilan intervyuga tayyorlanishda qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun Education Standard kompaniyasiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu juda hayajonli damlar edi, ammo hammasi ijobiy hal bo‘ldi.

Tatyana Shulikina, 44 yosh, Executive MBA dasturi, Hult International Business School, London, UK.

Education Standard

State University of Minnesota, Monkato, AQSH | «Biznesda boshqaruv» bakalavriati

3 yil oldin State University of Minnesota universitetiga o‘qish uchun yetib kelganimda, oriyentatsiya kuni universitet ma'muriyati akademik yil ochilishi marosimida har bir mamlakatdan kelgan talabalar o‘z vatanlari bayrog‘i ostida izzat-ikrom yurishi qilishlari kerakligini ma'lum qildi. Shunda men 17 ming talaba ichida faqat men o‘zbekistonlik ekanimni anglab yetdim. O‘zbekiston bayrog‘ini o‘zim bilan olib kelgandim, yakka o‘zim bo‘lsam ham, stadion bo‘ylab borar ekanman, faxr bilan o‘z vatanimni namoyish etdim. Bu misol Education Standard kompaniyasi ba'zida o‘zbekistonlik talabalar xali bormagan universitetlarni tanlashidan dalolat beradi! Mening oilam Education Standard kompaniyasiga, ayniqsa o‘z ishining fidoiysi bo‘lgan Kuanishga o‘zining chuqur minnatdorchiligini bildiradi. O‘z do‘stlarimdan eshitishimcha va bilishimcha, bu kompaniyada doim shunday: Acceptance letter - YES! Scholarship Sertificate - YES! Visa granted - YES! Kelajakda shunday bolalar bilan do‘stlashmay bo‘ladimi! Rahmat! Good LUCK!!!

Javlon Jamilov, 22 yosh, Bacelor in Business Administration, State University of Minnesota, Moncato, Minnesota, USA.

Education Standard

ELS School of English, Santa-Monika, AQSH | Ingliz tili kursi

Borovskiy kollejida o‘qir ekanman, doim vrach bo‘lishni orzu qilganman, ammo bilimlarni ingliz tilida olishni istardim. Maqsadimga erishish sari qo‘ygan birinchi qadamim - ingliz tilini o‘rganish bo‘ldi. Til o‘rganishim juda qiyin kechdi, boshlang‘ich darajadan hech nariga o‘tolmasdim L Shunda onam chet elda til o‘rganish kursini topib berishni so‘rab Education Standard kompaniyasiga murojaat qildi, men issiq iqlimni xush ko‘rganim uchun biz Kaliforniyaning Santa-Monika shtatidagi ELS maktabini tanladik. Turgan gapki, u yerda mening  til borasidagi bilimlarim kun sayin oshib bordi. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emasdi, axir u yerda do‘konga borish, oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish, buning uchun esa ingliz tilida gaplashish kerak, aks holda och qolish mumkin. Do‘st orttirish uchun ham gapirishni boshlash kerak. Hozir ingliz tilida erkin va bemalol so‘zlashaman. Tilni shu tilda gapiradigan mamlakatda o‘rganishga qaror qilganimiz kutilgan natija berdi. Onam  ta'tilda meni ko‘rish uchun Kaliforniyaga uchib keldilar, buning uchun onamga viza olishda yordam berganlari uchun Education Standard kompaniyasiga katta rahmat.

Kan Konstantin, 18 yosh, ELS School of English, Santa Monika, USA.

Education Standard

Virginia International University, CSHA | «Biznesda boshqaruv» magistraturasi

O‘zbekistonda universitetni tamomlagach, xalqaro muhitda biznes-ta'lim olishni istardim, chunki kelajakda o‘z kompaniyamga rahbarlik qilishimni aniq bilardim. Faqat ko‘plab takliflar ichidan eng maqbulini tanlab olish, shu bilan birga o‘qish uchun to‘lov va dastur sifati lozim darajada bo‘lishiga erishish mushkul edi. Education Standard kompaniyasiga murojaat qilib, ularning kasb mahoratiga ishonishga qaror qildim, natijada mening barcha talablarimga javob beradigan munosib universitetga o‘qishga kirdim. Universitetimda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan kelgan bolalar o‘qiydi, bu yerda haqiqatdan ham xalqaro muhit hukmron va bu yerda ko‘plab do‘stlar orttirdim. Education Standard timsolida yorqin kasb mahorati namunasini ko‘rdim. Universitetni tanlash, o‘qishga kirish va viza olishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni shu kompaniya bilan birga bosib o‘tdim. Hammasi oson va zavqli bo‘ldi. Sizlarni doim o‘z do‘stlarimga tavsiya etaman!

Diana Gogoshvili, Virginia International University, Ferfaks sh., Virginiya shtati, AQSH.

Education Standard

SWISSAM, Rossiya | «International Hospitality Management» bakalavriati

Mening xorijda ta'lim olish sari boshlagan yo‘lim 2007 yilda, Xitoyninga  Jitan  o‘rta maktabiga kirganimda boshlandi. Yoshim 15 da edi, turgan gapki, o‘qishga kirish bilan bog‘liq barcha ishlarni Education Standard kompaniyasi hal etdi. Yelena bizni Pekinga shaxsan kuzatib bordi. Maktabni tugatganimdan so‘ng ingliz tilini mukammal o‘rganishga qaror qildim va bir yil Avtraliyada ELS A English Course  o‘quv kursida o‘qidim. Yengil bo‘lmadi, ammo o‘qishda qanchalik qiyin bo‘lsa, o‘qishdan tashqari dunyoda shuncha oson bo‘ladi. Bugun mening bilim zaxiram HSK 6.0b IELTS 6.0 bilan boyigan, men ingliz tilida ham, xitoy tilida ham bemalol so‘zlashaman. Bu davrda nimaga iqtidorim borligini bilishga harakat qildim va Rossiyada, ammo ingliz tilida o‘qitiladigan Shveysariya Oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishga qaror qildim.  O‘qish uchun to‘lov yuqori emasligi va o‘qishning 4-yili Shveysariyada bo‘lishi meni o‘ziga tortdi.  Butun yo‘l davomida Education Standard jamoasi yonimda bo‘ldi - viza, o‘qishga kirish, intervyu, va yana hujjatlar, hujjatlar... Shuncha yillardan beri sizlarni taniyman, Sizga rivoj va farovonlik tilashni istardim. Sizga sodiq,

Georgiy Viktorov, 21 yosh, SWISSAM - Hospitality Business & Culinary Arts School, Sankt-Peterburg, Rossiya.

Education Standard

TAFE NSW, Sidney, Avstraliya | «Internet texnologiyalari» bakalavriati

Men doim Avstraliyani orzu qilganman, u yerda ta'lim olish esa - eng shirin orzuim edi!!! Avstraliyada o‘qish juda qimmat. Qaysi universitetni tanlashni, qayerda axborot texnologiyalari sohasida bilim olish mumkinligini uzoq o‘yladim. Shunda «Education Standard» kompaniyasida TAFEga hujjat topshirishni tavsiya etdilar, shu zahoti rozi bo‘ldim, chunki o‘qish uchun to‘lov baland emas edi. Albatta, viza ololamanmi, deb ko‘p xavotirlandik, chunki men haqiqatda ta'lim olish istagida bo‘lgan talaba ekanimni isbotlash uchun shunaqa ko‘p hujjat to‘plash kerak ediki! Xorijda, ayniqsa Avstraliyada o‘qishni istagan har bir kishi bu asab buzadigan va bexotirjam qiladigan jarayondan o‘tgan. Viza berishadimi, yo‘qmi? Ammo, men doim omadli bo‘lganman, va bu masalada ham ijobiy natijani uzoq kutishga to‘g‘ri kelmadi. Hozir Sidneydaman, Networking Systems sirlarini o‘rganmoqdaman.  Bolalar, agar orzularingiz ushalishini istasangiz va shu bilan birga tejamli variantni topishni istasangiz, Education Standard xodimlariga murojaat qiling, shunda HAMMASI zo‘r bo‘ladi! IMXO :)

Benazir Xaydarov, 21 yosh, Bachelor in IT (Network Security), TAFE NSW, Sydney, Australia.

Education Standard

Queen Ethelburga’s College, Buyuk Britaniya | GCSE dasturi

«Education Standard» kompaniyasi bilan 2007 yildan beri tanishman. Shu yili biz katta o‘g‘limizni chet elda o‘qitish haqida o‘ylar edik va kompaniyaga professional maslahat so‘rab murojaat qildik. So‘ng qizim Sasha 2013 yilda kompaniya Angliyada tashkil etgan yozgi ingliz tili kurslarida o‘qib qaytdi. Shundan beri u bu mamlakatga deyarli oshiq bo‘ldi. Bu bizni Sashani Angliyaga uzoqroq muddatga o‘qishga jo‘natishimizga rozi qilgan asosiy omillardan biri bo‘ldi. Qizimizni Angliya kollejida o‘qishga yuborishda ko‘rsatgan yordamlari uchun «Education Standard» kompaniyasiga minnatdorchilik bildirishni istardim. Maktablar ko‘p, har biri bizga ko‘ngildagidek tuyular edi. Agnentlikning ofisida turib har bir maktabning ma'muriyati bilan skayp yoki telefon orqali shaxsan subatlashish, qiziqtirgan barcha savollarga bevosita kollejda ishlaydigan kishilardan javob olish mumkinligi bizga juda yoqdi.

Irina Viktorova, o‘z biznesiga ega, kopaniyaning boshqaruvchi hamkori, ikki farzand onasi va ajoyib ayol;  Queen Ethelburga’s College, York, Buyuk Britaniya, GCSE dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan 16 yoshli Aleksandra Kildyushevaning onasi.

Education Standard

“Vellingtonda Ingliz tili” yozgi jadal dasturi 2016, Buyuk Britaniya

«Education Standard» kompaniyasiga bunday ajoyib sayohat uyushtirganlari uchun katta rahmat! “Vellingtonda Ingliz tilini o‘rganamiz” dasturi haqida feysbukdan bildim va shu zahoti ota-onamga aytib berdim. Dasturning sermazmunligi va muvozanatlanganligi ularga juda yoqdi. Shundan keyin birinchi marta Angliyaga sayohat qildim! Endi men har qanday mamlakatda, maroq bilan, kutilgan natijalarga erishib va dunyoqarashni kengaytirib o‘qish mumkinligini bilaman! Turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlarim bilan o‘tgan 3 hafta menda unutilmas va yorqin xotiralar qoldirdi. Ingliz aksenti - bu betakror go‘zal narsa! Biz o‘qigan va yashagan Vellington kolleji hududi juda chiroyli: go‘zal bog‘lar va ajoyib o‘yin maydonlari, ko‘l, akademik kampuslar va yashash uylari. Shuningdek, London, Oksford, Braytonga ko‘plab safarlar uyushtirildi. Biz, hatto, Angliya Qirolichasining yozgi qarorgohi - Vindzor saroyiga va «Garri Potter» suratga olingan studiyaga ham bordik. Umid qilamanki, kelajakda ham shunday bilim ulashadigan safarlar uyushtiriladi ;)

Diyora Ubaydullayeva, 17 yosh, kollejning 3-bosqich talabasi

Education Standard

Adelphi University, Nyu-York, AQSH | «Menedjment va Komersiya» bakalavriati

Keling, tanishamiz! Mening ismim Nikolay, yoshim 20 da. Education Standard kompaniyasi, xususan Yelena bilan 11 yoshligimda tanishganman. O‘sha paytda ota-onam qo‘rqmasdan meni Buyuk Britaniyaga, Buckswood Schoolga ingliz tilini o‘rganish yozgi dasturiga yuborganlar, o‘shanda birinchi bor Angliya bilan tanishdim. Keyin esa, 15 yoshga to‘lganimda Kembrijdagi St Andrews Collegega o‘qishga kirdim, A level dasturini tamomladim va o‘rta ma'lumot haqida Angliya attestatini oldim. Hozir AQSHdagi  Adelfay UniversitetidaManagement and Commerce” dasturi bo‘yicha o‘qiyman.

O‘sib ulg‘ayar ekanman, Education Standard kompaniyasi qanday o‘sib rivojlanayotganini kuzatib bordim. Ta'tilda uyga kelganimda doim ularning ofisiga mehmonga boraman. U yerda meni ko‘rishdan doim hursandlar! Men shunday xulosaga keldim, jamoa mijoz uchun hamma narsani bajo keltirar, to‘liq qo‘llab-quvvatlar va natijaga ishlar, ekan uning uchun yagona yo‘l - muvaffaqiyatga erishish va doimo o‘sish!!! Do‘stlar, sizlarga tasanno, muvaffaqiyat tilayman!

Nikolay Soy, 20 yosh, Bachelor in Management and Commerce, Adelphi University, New-York, USA.

Education Standard

ILAC Language School, Toronto, Kanada | IELTS dasturiga tayyorlanish kursi

Albatta, ingliz tilini o‘z vatanida o‘rganish mumkin, ammo inglizzabon mamlakatga qiziqarli  va bilim beradigan sayohatga otlanish va ingliz tilida gapirish mahoratini deyarli til egasi darajasiga ko‘tarish ham mumkin. Shu bilan birga Kanadaga 9 YILLIK MULTIVIZA olish - bu bonuslarning bonusi J Education Standard tufayli men aynan shuni qo‘lga kiritdim. ILAC maktabi joylashgan bino ham, bino interyeri dizayni ham, o‘qitish uslubi ham juda zamonaviy. Men 2 oylik ingliz tili kursini o‘tdim va IELTSni 6,5 ballga topshirdim. Maktabga kirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda  va Kanadaga viza olishda menga Education Standard jamoasi yordam berdi, buning uchun ularga katta RAHMAT^_^ Universitetga kirayotganimda albatta ularga murojaat qilaman.

Parviz Abdusamadov, 17 yosh, English Language Course, IELTSga tayyorlanish kursi, ILAC Language School, Toronto, Kanada.

Education Standard

Kingston University, London, Buyuk Britaniya | «Media va OAV» bakalavriati

Mening ismim Kamilla, men qachonlardir sevimli amakim tamomlagan universitetda o‘qiyman. U katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Maqsadga erishish borasida ham, karyerani rivojlantirish borasida ham unga o‘xshashni istayman. Qaysi mamlakatda va qaysi universitetda o‘qishim bolalagimdayoq tayin edi, faqat o‘rganishim lozim bo‘lgan kasbni Education Standard kompaniyasi bilan birgalikda tanladik. Mana mening natijalarim: birinchi o‘quv yilini “a'lo” baholar bilan tamomladim va o‘z faol hayotiy pozitsiyasiga ega talabaman, maqsadlarimga erishish yo‘lida juda ulkan rejalarim bor! O‘qishga kirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda va Angliya vizasini olishda yordam berganlari uchun Education Standard kompaniyasiga katta rahmat. Xorijda o‘qishga kirish orzusida yurganlarga professionallarga murojaat qilishni tavsiya etaman!

Kamilla Sultanova, 19 yosh, Bachelor in Media & Communication with Business.

Education Standard

B.H.M.S., Lyutsern, Shveysariya | «Mehmonxona menedjmenti» bakalavriati

Education Standard  kompaniyasiga murojaat qilganimda Angliyada bir yil o‘qish tajribasiga ega edim. Bu kompaniyada meni ham, ota-onamni ham urashuv va maslahatlashuvlar  chog‘ida xodimlarning iliq munosabati o‘ziga rom qildi. Men har bir universitet to‘g‘risida batafsil ma'lumot oldim, shu tariqa har birining istiqbollarini baholash, bitirganimdan keyin bakalavr diplomi bilan birga nimaga ega bo‘lishimni bilish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Universitet tashkil etadigan haqi to‘lanadigan amaliyot Shveysariyadagi B.H.M.S. universitetini tanlashimda  muhim omil bo‘ldi. Vizaga kelsak, “omadim keldi”. Aynan shu yili Shveysariyaga talabalik vizasini olish tartibi o‘zgartirildi va Moskvaga uchishimga to‘g‘ri keldi. Education Standard menga har tomonlama yordam berdi va jarayon cho‘zilib ketmasligi uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi, natija ijobiy bo‘ldi. Xorijda ta'lim olish bo‘yicha sifatli maslahat olishni istagan barcha tanishlarimga aynan shu kompaniyaga murojaat qilishni tavsiya etaman.

Abduraxmon Ortiqho‘jayev, 21 yosh, Bachelor in Hospitality and Hotel Management.

Education Standard

Turiba University, Riga, Latviya | «Turizmda boshqaruv» bakalavriati

Education Standard kompaniyasi haqida yaxshi tanishlarimdan eshitdim, ularning o‘g‘li xorijda o‘qiydi. Birinchi maslahatdayoq hamma masalalar tez hal bo‘layotgani juda yoqdi - menga bir zumda o‘qishga kirish uchun zarur hujjatlar ro‘yxatini va qachon o‘qish uchun Rigaga uchishim mumkinligini ma'lum qilishdi. Keyinchalik ishlar oson va unumli bo‘ldi J Hyech bir sarsongarchiliksiz barcha hujjatlar tayyor bo‘ldi va rejalashtirilganidek, biroz moslashib olishim uchun avgustdayoq Rigada bo‘ldim, axir yaqin 4 yil ichida umrim shu shaharda o‘tadi-da. Education Standard, to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat!

Alisa Yumakayeva, 21 yosh, Bachelor in International Tourism and Hospitality Management.

Education Standard

Buckswood Boarding School, Gastings, Buyuk Britaniya| A-Level program

Men uchun Angliyadagi kollejda o‘qish keyinchalik Angliyadagi universitetga kirish uchun a'lo imkoniyat. Axir, hozirda bizga nafaqat asosiy fanlardan dars berishyapti, balki universitetga qanday kirishni, qabul komissiyasida intervyuga qanday tayyorgarlik ko‘rishni, qanday qilib kirish essesini to‘g‘ri yozishni va boshqa narsalarni ham o‘rgatishyapti. Mening intilishlarimni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun ota-onamga minnatdorman.

Education Standardga esa Angliyadagi kollejni tanlashni maslahat berib men uchun shuncha imkoniyatlar ochib bergani; o‘qishga kirish men o‘ylaganchalik qiyin bo‘lmagani; doim aloqada bo‘lgani  uchun alohida RAHMAT aytmoqchiman. Sizga omad va yaxshi talabalar tilayman!

Ismoil Mustafokulov, 17 yosh, A-level dasturi, Buckswood Boarding School, Hastings, UK.

Education Standard

Queen Ethelburga’s College, Buyuk Britaniya | GCSE dasturi

Hozir men ajoyib elita maktabda o‘qiyman, bu yerda qoidalar juda qat'iy va ko‘p uy ishi beriladi. Education Standard kompaniyasi menga juda yoqadi va, albatta, shu kollejga kirishimni tashkil etishda yordam berganlari uchun katta rahmat aytaman.  Men va mening oilam bu kompaniya bilan ko‘p yillardan beri ishlaymiz. 2012 yilda Education Standard tashkil etgan guruh tarkibida Amerikaga borgan edim, u yerda ingliz tilini o‘rgandim, 2013 yilda esa yana yozgi ta'tilda  Yevropaga bordim. Juda qiziqarli va maroqli safar bo‘lgan edi, natijada ota-onam maktabni Angliyada tamomlashim kerak, degan qarorga kelishdi. Barcha hujjatlar, men o‘tgan intervyu, juda yuqori saviyada tashkil etildi, vizani esa ortiqcha muammolarsiz va juda tez oldik. Agar do‘stlarimdan kimdir xorijda tahsil olishni istasa, ularga doim professionallarga murojaat qilishni tavsiya etaman, shunda ko‘ngillari xotirjam bo‘ladi, o‘zga mamlakatda o‘qishdek muhim qarorni qat'iyat bilan qabul qilasiz.

Aleksandra Kildyusheva, 16 yosh, GCSE dastur o‘quvchisi, Queen Ethelburga’s College, York, Buyuk Britaniya

Education Standard

“Vellingtonda Ingliz tilini o‘rganamiz ” yozgi jadal dasturi 2016, Buyuk Britaniya,

Salom! Menga barcha  ingliz tilida gapiradigan mamlakatga sayohat qilish va ingliz tilini o‘rganish yoqadi. U yerda men yangi so‘zlarni oson eslab qolaman va ingliz tilida gapirishga aslo qo‘rqmayman., hatto xato qilsam ham, gapiraveraman! Do‘stlarim ko‘payib bormoqda, ekskursiyalarda ko‘plab qiziqarli narsalarni bilib olyapman va onam aytganlaridek: “Mustaqil bo‘lyapman”.  Education Standard kompaniyasini anchadan beri bilaman, ofislari juda chiroyli, ko‘p ishlashni yaxshi ko‘rishadi, buni men aniq bilaman, chunki mening onam o‘sha yerda ishlaydi! Shunday kompaniya borligiga rahmat va men doim YOZni kutib yashayman!!!!

Timur Dalabayev, 12 yosh, 6-sinf o‘quvchisi.

Education Standard

Bellerbys College, Brayton, Buyuk Britaniya | A-Level Program, Medicine

«Education Standard»  kompaniyasi bilan eski qadrdonlarmiz :) 2014 yilda Education Standard tashkil etgan guruh tarkibida birinchi bor Angliyada bo‘lgan edim. Bu 4 haftalik ingliz tilini o‘rganish kursi edi. O‘sha paytdan beri xorijda tahsil olish fikri mega tinchlik bermas edi. Ammo u yerda kollejlar juda ko‘p! To‘g‘ri va o‘zimga eng mosini tanlashimda menga  «Education Standard» yordam berdi. Oilamiz bilan birga taklif etilgan variantlarni, u yoki bu kolejning ustun tomonlarini ko‘rib chiqdik. Kelajakda men yoki Angliyada, yoki AQSHda oliy ma'lumot olishni va doktor bo‘lishni rejalashtiryapman.   «Education Standard» mega bir qiziqarli faktni ma'oum qildi - xorijiy talabalar inglizzabon mamlakatlarda tibbiyot dasturi bo‘yicha ta'lim olishlari uchun kollejdagi o‘rta ma'lumotni ham ingliz tilida olgan bo‘lishlari kerak ekan. Shuning uchun hozirda A-Level dasturida kelajakda OO‘YUga kirish uchun bilishim zarur bo‘lgan fanlarni o‘qimoqdaman. «Education Standard», shuningdek, barcha hujjatlarni rasmiylashtirish va Angliyaga viza olishda ham yaqindan yordam berdi.

Nadejda Kim, 17 yosh, A-Level programma, Bellerbys College, Brayton, Buyuk Britaniya.

Education Standard

EU Business School, Barselona, Ispaniya | «Biznesda boshqaruv» bakalavriati

Bugun Ispaniyada o‘qir ekanman, men xorijda o‘qishim uchun o‘z vaqtida «Education Standard» qilgan ishlarni chuqur minnatdorchilik bilan eslayman. Birinchi bor xorijda o‘qish fikri kelganda, an'anaga ko‘ra faqat Angliya bilan AQSHning oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni o‘ylagandik. Vaqti kelib Ispaniyada ingliz tilida o‘qishim mumkinligi hayolimga ham kelmagan edi. Barselona - bu orzudagi shahar, EU Business School kampusi esa - zamonaviy san'at asari, o‘qituvchilar - o‘z kasbining mohir ustalari. Professional ko‘mak uchun, men uchun yangi va cheksiz imkoniyatlar ochganlari uchun kompaniyaning barcha xodimlariga tashakkur aytaman.

 P.S.: Ota-onam  «Education Standard» yordamida yonimga mehmonga borishga muvaffaqt bo‘lishdi.

Ruslan Raxmatullin, 20 yosh, Bachelor in Business Administration.

Education Standard

Turiba University, Latviya | «Strategik menejment» magistraturasi

Shu yili men «Xalqaro turizm va mehmonxona ishi» dasturi bo‘yicha Turibada bakalavriatni tugatdim.  Magistraturaga kira olamangmi yoki Latviyaga viza ololamanmi, shu haqida ko‘p tashvishlangandim. Education Standard o‘z vazifasini a'lo darajada bajardi, hozirda men «Turizmda strategik menejment» dasturi bo‘yicha Magistratura talabasiman J O‘z tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, xorijda ta'lim olayotganda, uyda qolgan yaqinlaringizning qo‘llab-quvvatlashi juda muhim. Shu yillar davomida Education Standard xodimlari men uchun yaqin kishilarga aylandilar, ular doim aloqada, doim yordam berishga tayyorlar, keragida quloq tutadilar, keragida - tanbeh beradilar;D  Qadrdonlarim, shuncha yillardan beri oldimda bo‘lganingiz uchun RAHMAT SIZGA!

Anastasiya Bogdanova, 23 yosh, Master in Tourism Strategic Management.

Education Standard

Turiba University, Riga, Latviya | «Ijtimoiy munosabatlar» magistraturasi

O‘zbekistonda bakalavriatning 4-bosqichida o‘qib yurganimda, o‘qishni davom ettirishga va Yevropa universitetida magistraturaga kirishga qaror qildim. Universitetni tanlashda menga Education Standard yordam berdi. Kompaniyada mening universitet va dastur borasidagi barcha talablarimga, ayrim shaxsiy iltimoslarimga individual yondashganliklari meni quvontirdi. Kompaniya taklif etgan universitetlardan birini tanlaganimdan hursandman - bu Turiba International Business School. O‘zim tanlagan «Ijtimoiy munosabatlar» dasturidagi sifatli ta'limdan tashqari, bu menga sayohat qilish va qiziqarli insonlar bilan tanishish imkonini berdi. Bu insonlarning ba'zilari bilan bizni hali ham do‘stlik rishtalari, sarguzashtlarimiz haqidagi yorqin xotiralar bog‘lab turibdi.

Kamila Shodiyeva, 22 yosh. Master in Public Relations, Turiba International Business School, Riga, Latviya.

Education Standard

Yonsei University, Seul, Koreya | «Biznes va menejment» magistraturasi

Xorijda o‘qishni men bitta so‘z bilan bog‘layman - ORZU. Education Standard meni orzu bilan uchrashtirdi va uni ro‘yobga chiqarishga yordamlashdi! Toshkent WUIT universitetida biznes bo‘yicha bakalavriatni tamomlaganimdan so‘ng, kompaniyada menga Singapur, Koreya va AQSHdagi TOP-5dan o‘rin olgan universitetlarni taklif qilishdi. Ularning hammasi sifat va reyting bo‘yicha mening barcha talablarimga javob beradigan magistratura dasturini taklif etar edi.  Koreyadagi Yonsei University men uchun ustuvor edi. Natijada barcha 5 universitetdan taklif (Offer Letters) oldim. Education Standard taklifdan tortib viza olishgacha bo‘lgan butun yo‘lni men bilan birga bosib o‘tdi, biz motivatsiya xatlari, rezyume va tavsiyalar ustida birga ishladik. Men uchun qilganlaringizning barchasi uchun rahmat. Men baxtliman! Koreyada ko‘rishamiz!

Sabina Abdullayeva, 23 yosh, Master of Strategic Business and Management.

Education Standard

Turiba University, Riga, Latviya | «Biznesda boshqaruv» bakalavriati

3 yil oldin Education Standard kompaniyasi haqida  AQSHdagi universitetlardan biriga o‘qishga kirgan do‘stimdan eshitdim. Education Standard xodimlari o‘qishga kirish jarayoniga va elchixonada intervyuga tayyorlanishga butun vujudlari bilan,  jiddiy va mas'uliyatli yondashishlarini ko‘rdim. Biroz vaqt o‘tib o‘zim o‘qishga kirishga tayyorlana boshladim, qayerga murojaat qilishimga esa hech qanday shubha qolmagan edi.  Do‘stim hozir AQSHda o‘qimoqda, men esa Rigada, yaqinda diplomimizni olamiz. Chet elda ta'lim olishimga qaror qilganimda meni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun ota-onamga cheksiz minnatdorman. Oxir-oqibat, hammamiz yutuqqa erishdik - men mustaqilman, o‘z byudjetimni yuritishni, ovqat pishirishni o‘rgandim va, eng asosiysi, mas'uliyatliroq bo‘ldim, menga ishonch bildirgan ota-onam esa hozirda men bilan faxrlanishadi, hayotda har qanday murakkab vaziyatni yengib o‘tishimni bilishadi.

Shohruh Qurbonov, 23 yosh, Bachelor in Business Administration, Turiba International Business University.

Education Standard

Coventry University, Buyuk Britaniya | «Global biznesda boshqaruv» dasturi

Ota-onam ishbilarmon kishilar va oilamizda sifatli ta'limga investitsiya eng ishonchli dividend olib kelishi haqida juda ko‘p gapirilar edi. Shuning uchun nufuzli universitetda o‘qishimni va o‘qishni tugatib, O‘zbekistondagi oilaviy biznesimizni boshqarishimni doim bilar edim. Universitet tanlash payti kelganda, amakivachcham menga «Education Standard» kompaniyasini tavsiya etdi, u ushbu kompaniya orqali o‘qishga kirgan edi. Qaysi mamlakatda o‘qishim tayin edi, bu - Angliya. Kompaniyada bir necha universitetga hujjat topshirishni tavsiya qilishdi. Natija har qancha so‘zdan afzal - hozir men Coventry University 2-kursi talabasiman.  Dunyoning biznes-poytaxtida o‘qiyman va yashayman. O‘qish oson emas, ammo har kuni yangi narsalarni o‘rganishga harakat qilaman, bilimga chanqoqman. Ota-onamning umidlarini juda oson oqlashim mumkin. Axir, ular men uchun juda ko‘p narsa qilishyapti va buning uchun ularga cheksiz minnatdorman! «Education Standard» men bilan doim aloqani ushlab turadi, masofaga qaramay, ularning qo‘llab-quvvatlashi menga kuch bag‘ishlaydi.

Abdulla Rixsiboyev, 20 yosh, Bachelor in Global Business Management, Coventry University, London, UK.

Education Standard

Turiba University, Riga, Latviya | «Turizmda boshqaruv» bakalavriati

Birinchi bor Education Standard kompaniyasi bilan 2014 yilda tanishdim, o‘shanda ota-onam bolalar guruhi tarkibida meni yozgi ta'til dasturi doirasida AQSHga yuborishga qaror qilishgan edi. Bu safar menga nafaqat o‘sha paytlar juda uzoq tuyulgan AQSH haqida ko‘p nasalarni bilib olishga, balki ingliz tilida dadilroq so‘zlashishni o‘rganishga yordam berdi. Bu narsa esa ta'lim olishni ingliz tilida, xorijda davom ettirishga qaror qilishimda hal qiluvchi omil bo‘ldi. Endi Education Standard to‘liq hajmda maslahat xizmatlarini ko‘rsatdi. Men uzoq vaqt qaysi mamlakatda, qaysi universitetda o‘qishni istashimni bila olmadim. Biz kompaniyada ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazdik, maslahatlashuvlarda menga ham, ota-onamga ham har bir universitet haqida batafsil ma'lumot berildi. Natijada men Rigadagi Turiba universitetini tanladim. U TedQual akkreditatsiyasiga ega, shuningdek, yozda haqi to‘lanadigan amaliyot tashkil etiladi.

Oybek Abdualiyev, 18 yosh, Bachelor in International Tourism and Hospitality Management.

Education Standard

Hult International Business School, Boston, AQSH | «Moliya» magistraturasi

Men vaqt o‘tishi bilangina moliya sohasi mutaxassisi sifatida malakamni oshirishga qaror qildim. Bu qanchalik zarurligini chuqur tushunib yetganimdan keyin bir necha universitetga hujjat topshirdim. Albatta, universitetlar taqdim etadigan moliyalashtirish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga qaror qildim. Natijada, 5 ta grant yutdim. Education Standard bilan azaldan tanishmiz va hujjatlar bilan bog‘liq ko‘plab rasmiyatchiliklarni ular o‘z zimmasiga olishdi. Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, xorijiy oliy o‘quv yurtiga kirar ekansiz, o‘z iqtidoringizga tayanishingizning o‘zi kam, Education Standard kompaniyasiga murojaat qilsangiz, ular siz uchun nafaqat ko‘nglingiz tortgan, balki sizning moliyaviy imkoniyatlaringizga mos keladigan ta'lim turini tanlab beradilar. Agar muayyan yutuqlarga erishgan bo‘lsangiz, kompaniyada qaysi OO‘YUda to‘liq grant yutishingiz mumkinligini aytib beradilar. Men tutgan yo‘lni siz ham sinab ko‘ring va hayotingizda yangi taassurotlar va sinovlar paydo bo‘ladi, ular sizni boyroq va kuchliroq qiladi!

Arman Kenjemuratov, 26 yosh, Master of Finance dasturi, Hult International Business School, Boston, USA.

Education Standard

Hult International Business School, AQSH | «Biznesda boshqaruv» bakalavriati

Biznesni bakalavriatda o‘rganishimni doim aniq bilganman, ammo qayerdaligini bilmasdim - AQSHmi yoki Avstraliya. Education Standard kompaniyasi bilan bir necha universitetga hujjat topshirdik, shulardan uchtasiga meni qabul qilishdi. O‘z kuchimga ishonch hosil qilgach, uchchala universitetga qisman stipendiya (scholarship) olish uchun ariza topshirdim. Taklif etilgan stipendiya aynan San-Fransisko shahridagi  HULT universitetini tanlashimda hal qiluvchi omil bo‘ldi. Endi to‘g‘ri tanlaganimga ishonchim komil. Menga universitet, professorlar juda yoqdi, shahar esa juda muhtasham! Ota-onamga esa HULT menga 4 yillik o‘qish davomida 50 foiz stipendiya to‘lashi juda yoqdi. Education Standard jamoasiga o‘z ishlarini sifatli bajarishlari uchun katta tashakkur.

Anna Yuxanova, 19 yosh, Bachelor of Business Administration, Hult International Business School, San-Fransisko, AQSH.

Education Standard

Hult International Business School, Boston, AQSH | MIB

Hammaga salom! Xorijda o‘qish tajribam bilan almashmoqchiman. 2016 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tamomlaganimdan keyin Magistraturada o‘qish to‘g‘risida o‘ylanib qoldim. Men o‘zim Samarqanddanman. Bir necha oy davomida xorijda o‘qishni tashkil etadigan bir necha kompaniyaga borganimdan keyin,  “Education Standard” kompaniyasini tanladim. Ularni tanlaganimning sababi shuki, ular o‘qishga kirish masalasining hamma jihatlarini biladilar va bozorda 13 yildan beri ishladilar. Boshqa kompaniyalarning esa bunday ustunligi yo‘q. Education Standard tufayli xorijda o‘qib kelgan talabalar bilan suhbatlashdim va uzil-kesil AQSHda o‘qishga qaror qildim. Men uchun viza olish o‘ta murakkab kechdi, ammo Education Standard ko‘rsatgan professional yordam tufayli hammasi yaxshi yakun topdi! Hozir HULT, Boston universitetida o‘qimoqdaman. Orzularim ro‘yobga oshdi. Barcha do‘stlarimga va, agar xorijda o‘qish haqida o‘ylayotgan bo‘lsingiz, Sizga ham Education Standard bilan malahalashishni tavsiya etaman.

Alisher Norov, 22 yosh, Master of International Business in Finance dasturi.

Education Standard

Monash University, Avstraliya | «Bank ishi va Moliya» bakalavriati

Xorijiy oliy o‘quv yurtini tanlash men uchun haqiqiy sinov bo‘ldi! Behisob o‘quv maskanlari, mamlakatlar, mashhur universitetlar. Qanday tanlash mumkin? Juda ko‘p o‘ylab, oxiri Education Standardga murojaat qildim. Men ko‘proq Kanada va Avstraliya universitetlariga kirishni mo‘ljallardim, chunki dunyo reytinglarida bu mamlakatlarda ta'lim eng yaxshilardan sanaladi. Lekin, men sovuqqa chidamlimasman, shuning uchun Avstraliyani tanladim. Sidneymi yoki Melburnmi? Monashmi yoki Makvayermi? Ana shu masalada Education Standard menga yordamga keldi. Har bir universitetning ustunliklarini chamalab ko‘rib, Monash universitetini tanladim. So‘ng Avstraliyaga viza olishga gal keldi. Tayyorgarlik jarayoni uzoq va murakkab kechdi, uzoq kutilgan to‘rt yillik vizani 6 kundan keyin oldim. Monash universitetida bir yil o‘qidim, endi to‘liq ishonch bilan reyinglarda yuqori o‘rinda turadigan, nufuzli universitetlarni tanlashni barchaga tavsiya etaman!

Muxitdin Sayfullayev, 23 yosh, Bachelor in Banking and Finance, Monash University, Melburn.

Education Standard

Macquarie University, Sidney, Avstraliya | «Kriminalistika» bakalavriati

Hammaga Sidneydan salom!!! Chuqur hurmat bilan qadrdon do‘stlarim - Education Standard jamoasiga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman.  Menga katta omad kulib boqdi - 2014 yilda Education Standard tashkil etgan Yevropadagi yozgi dasturda ishtirok etdim va shu kuni universitet tanlashda va xorijda o‘qishga kirish uchun maslahatlar kerak bo‘lganda aynan shu jamoaga murojaat qilishimni tushundim. Endi esa, mana 2 yildirki, Makvayer Universitetida,  «Kriminalistika» dasturida tahsil olayapman. Macquarie Universityning bu dasturida men yagona o‘zbekistonlikman! Men faxr bilan mamlakatimni namoyish etaman, o‘z guruhdoshlarimga vatanim  haqida gapirib beraman. Agar kimgadir mening maslahatim kerak bo‘lsa, yoki Avstraliya haqida yoxud Universitet haqida shaxsan mendan so‘rab bilmoqchi bo‘lsangiz, men bilan bog‘lanish uchun ma'lumotlarni Education Standard kompaniyasidan olishingiz mumkin. Murojaat qiling, men barcha savollaringizga bajonidil javob beraman!

Svetlana Kim, 20 yosh, Bachelor in Criminology, Macquarie University, Sidney, Avstraliya.

Education Standard