Ҳамкорларимиз

Хорижда таълим олиш бўйича агентлиги “Education Standard" энг зўр хорижий таълим даргоҳлари билан ҳамкорлик қилади.

ICEF

Education Standard kompaniyasi ICEF xalqaro akkreditatsiyasiga ega, bu firmamizning yuqori maqomga egaligidan dalolat.  Kompaniyamiz har yili ICEF xalqaro konferensiyalarida ishtirok etadi, shu tariqa o‘zining yuqori saviyasini, shu bilan birga Mijozlarimizga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini ta'minlab keladi. Education Standard kompaniyasi har yili barcha ICEF Xalqaro konferensiyalarida qatnashib keladi, bu xorijda ta'lim olish borasidagi oxirgi yangiliklardan va so‘nggi trendlardan xabardor bo‘lib turishimizga imkon beradi. ICEF Xalqaro konferensiyalari har yili Kanada, Germaniya, AQSH, Avstraliya, BAA va Rossiyada bo‘lib o‘tadi. Ko‘plab ko‘rgazma stendlari va xorijda ta'lim olish bo‘yicha o‘tkaziladigan seminarlar xalqaro ta'lim bozorining bugungi kundagi holati haqida qo‘shimcha ma'lumot beradi. ICEF Xalqaro konferensiyalari xorijda ta'lim olish va xalqaro ta'lim almashinuvi bo‘yicha professional maslahatchilar uchun yetakchi dunyo konferensiyasi hisoblanadi. Xalqaro ta'lim muassasalari sinchkovlik bilan tanlab olingan agentliklar - xorijda ta'lim olish bo‘yicha ekspertlar bilan oldindan uchrashuv o‘tkazadilar. Shu kunga qadar biz quyidagi ICEF seminar va vorkshoplarida ishtirok etdik: ICEF Miami (Amerika, 2011 va 2015); ICEF Brisben (Avstraliya, 2013); ICEF Sydney (Avstraliya, 2014); ICEF Moscow (Rossiya, 2016); ICEF Toronto (Kanada, 2016).

American Chambers of Commerce in Uzbekistan

American Chambers of Commerce (AmCham) O‘zbekistonda AQSHning biznes-jamoatchiligi tomonidan 1997 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda unga nafaqat AQSH va O‘zbekistonning, balki Yevropa va Osiyo mamlakatlarining ilg‘or biznes-kompaniyalari ham a'zo bo‘lgan. AmCham kompaniyasining ko‘p yillik hamkori bo‘lgan Education Standard kompaniyasi dunyoning turli mamlakatlarida tashkil etiladigan ta'lim sohasidagi tadbirlarga boradi, konferensiya va anjumanlarda ishtirok etadi, xorijiy kompaniyalar bilan tajriba almashadi. Bundan tashqari, turli dunyo mamlakatlarining maktab va universitetlari vakillari bilan eng yuqori saviyada seminar va vorkshoplar tashkil etishga kompaniyamizga yaqindan ko‘maklashadi. Natijada qadrli Mijozlarimiz uchun servis sifati kundan-kunga yaxshilanib bormoqda. 

World Educate Business Association

Education Standard kompaniyasi WEBA (World Educate Business Association) assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan seminar, konferensiya va vorkshoplarda ishtirok etadi. Assotsiatsiya biz uchun barcha inglizzabon davlatlardagi ta'lim muassasalari: maktab, kollej, pansion-maktab (bording-maktab), universitetlar, til o‘rganish maktablari, biznes-maktablarning, menejment maktablari, turizm maktablarining eshiklarini ochdi. Bu eski hamkorlarimiz bilan aloqalarni mustahkamlash va yangilari bilan shartnomalar tuzish imkonini beradi. WEBA doimiy ishtirokchisi sifatida xorijiy maktab va universitetlarga tashrif buyuramiz, nafaqat o‘qituvchilar, balki qabul komissiyasining a'zolari bilan ham tanishamiz. Bu bizga ta'lim muassasalarining potensial talabalarga qo‘yadigan asosiy talablarini tushunish, demak, talaba o‘qishga kirishi jarayonini ishonch bilan olib borish va Mijozlarimizga yuqori sifatli servis ko‘rsatilishini kafolatlash imkonini beradi.

Study Travel (Alphe Conferences)

Education Standard kompaniyasi butun dunyo: Ispaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Yaponiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda Study Travel kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan Alphe Conferences vorkshoplarida ishtirok etadi. Ta'lim bozori juda katta va turli tuman. Mijozlarimizning ehtiyojlarini aniq bilgan, xorijda o‘qiganda hujjatlarni rasmiylashtirish masalasining nozik tomonlarini tushungan holda,  biz yuqori sifatli xalqaro ta'lim muassasalari bilan shartnomalar tuzamiz. Ta'lim muassasalari vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilishdan ishonchliroq nima bor?  Alphe Conferences barcha ishtirokchilar o‘zini yuqori malakali maktab va oliy o‘quv yurtlari sifatida namoyon etishini kafolatlaydi. Shunday qilib, biz Qadrli Mijozlarimizga eng ishonchli va keng ko‘lamli ma'lumotlarni taqdim etamiz. 

School Connections

School Connections kompaniyasi o‘zining nomini to‘liq oqlaydi - u butun dunyo bo‘ylab agentliklar va xalqaro maktablarni birlashtiradi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish imkonini beradi, bundan hamma yutadi. School Connections kompaniyasi nafaqat tashkilot, bu - g‘oya va uning foydaliligini nafaqat maktablar, balki butun dunyo bo‘ylab potensial talabalar e'tirof etadilar. School Connections bir yilda bir necha marta vorkshop o‘tkazadi. Har bir vorkshop muayyan mavzuga, masalan AQSH bordinglari (pansion-maktablar)ga bag‘ishlanadi. Xalqaro maktablarning qabul komissiyalari vakillari bilan muloqot vaqtida biz yangi hamkorlik shartnomalari imzolaymiz, shu tariqa o‘rta ma'lumot sohasida ta'lim muassasalari bazasini doimo kengaytirgan holda; o‘qishga kirish uchun mezonlar va talablar haqida aniq ma'lumot olamiz; xalqaro talabalar uchun stipendiya va grantlar olish imkoniyatlari haqida aniq ma'lumot olamiz. School Connections vorkshoplarida muntazam ishtirok etish bizning servisni yangi sifat bosqichiga ko‘taradi.

Study World

Londonda Study World tomonidan tashkil etiladigan seminarlarda ishtirok etish Education Standard kompaniyasiga Buyuk Britaniyada o‘qish masalasida ilg‘orlar safida bo‘lish, Buyuk Britaniyaning eng yaxshi bording-maktablari va universitetlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik shartnomalari tuzish imkonini beradi.  Angliya maktablari va oliy o‘quv yurtlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot natijasida ta'lim muassasasini tanlash va o‘qishga kirish jarayoni tezlashadi. Shuningdek, mazkur tashkilotga a'zo bo‘lishimiz bizga potensial talaba va ota-onalar uchun Angliyaning ta'lim muassasasida uchrashuv tashkil etish, shuningdek Hurmatli Mijozlarimiz o‘zlarini qiziqtiradigan barcha ma'lumotlarni “birinchi qo‘l”dan olishlari uchun  ta'lim muassasasi ma'muriyati bilan telefon / Skype orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat uyuushtirish imkonini beradi. Shu tariqa biz ta'lim muassasalari ma'lumotlar bazasini kengaytiramiz, bu esa Mijozlarimizga ulkan imkoniyatlar yaratadi. 

ITAC

Education Standard kompaniyasining xorijda ta'lim olish bo‘yicha ko‘rsatayotgan xizmatlari sifati ICEF kompaniyasi tomonidan tekshirilgan va u ICEF akkreditatsiyalangan agenti maqomini olgan. Kompaniyamiz #ITAC 597 va #ITAC 600 raqamlari ostida «ICEF Agent» begisidan rasmiy foydalanish huquqini olgan va akkreditatsiyalangan agentlar ma'lumotlar bazasiga kiritilgan. Ushbu ICEF sifat belgisi xorijda ta'lim va bilim olish yo‘lini tanlagan Mijozlarimiz orasida agentligimizning obro‘sini yanada ko‘tarish imkonini beradi. ICEF konferensiyalari chog‘ida hamkorlarimiz bilan uchrashuvlar, xorijdagi ta'lim muassasalariga safarlar uyushtiriladi  - bularning barchasi bizning kasb mahoratimizni oshiradi, Mijozlarimizga taklif qilishimiz mumkin bo‘lgan o‘quv dasturlari ro‘yxati va assortimentini kengaytiradi. ICEF konferensiyalari natijalari bo‘yicha biz sizga quyidagi ta'lim yo‘nalishlarini taklif qilishimiz mumkin: xorijda oliy ma'lumot olish, til o‘rganish kurslari, bolalar va kattalar uchun samarali bir yillik dasturlar, bolalar va yoshlar uchun foydali va qiziqarli ta'til dasturlari, o‘rta ma'lumot olish uchun xorijiy pansion-maktablar, moda va dizayn bo‘yicha noyob dasturlar, mehmonxona menejmenti, restoran biznesi, turizm va hokazolar bo‘yicha professional dasturlar. 

The Graduate Management Search Service

The Graduate Management Search Service yoki qisqacha GMASS - noyob izlash dasturi bo‘lib, bizning kompaniyamiz undan faol foydalanadi. Mazkur izlash tizimi GMAC kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan (darvoqye, GMAT testi muallifi va ma'muri).  Dastur bakalavriat, magistratura va MBA kursida ta'lim olish istagida bo‘lgan talabalar va GMAT testidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar haqida ma'lumot olish imkonini beradi. Bundan tashqari, GMASS dasturi ta'lim xizmatlari sohasida mijozlar bilan ishlash bo‘yicha foydali maslahatlar, so‘nggi yangiliklar va foydali resurslar ko‘rsatilgan maqolalarni e'lon qiladi, bu kompaniyamiz maslahatchilariga dunyo ta'lim bozorida iz berayotgan o‘zgarishlardan doim boxabar bo‘lish imkonini beradi.