Мақсадимиз - университетни танлашдан тортиб, хорижий таьлим муассасаларида ўқув жараёнини тасарруф этишгача бўлган турли таьлим хизматларини кўрсатиш. Биз «маориф индустрияси»нинг турли хил жихатлари хақида холис маьлумотларни таклиф етамиз ва қуйидаги саволларга жавоб берамиз:
- Хорижда ўқишга кириш учун зарур талаблар қандай?
- Киришга тайёргарлик қанча вақт олади?
- Оқилона тежаш мумкинми?
- Ўзининг аксарият ҳолларда бир-бирига зид бўлган истакларини қандай рўёбга ошириш мумкин?

O‘z kasbining ustasi bo‘lgan xodimlarimiz dunyoning eng yaxshi maktab va universitetlariga o‘qishga kirishni nazoratga oladilar!
Xizmatlarimiz quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- O‘qishga kirish strategiyasi va uni rejalashtirish, keyinchalik dasturga hujjat topshirish.
- Stipendiya va grantlarni izlash va hujjat topshirish.
- Intervyuga tayyorlash (Mock Interview).
- Viza olishda ko‘maklashish.

Ta'til dasturlari
Biz farzandlaringiz uchun individual ta'til dasturlarini tanlab beramiz, bu dasturlar xorijiy tilni bilish darajasini oshiribgina qolmay, balki unutilmas taassurotlar hadya etadi ham.

Oliy ta'lim
Biz AQSH, Kanada, Avstraliya, Angliya va Yevropaning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlariga to‘g‘ri o‘qishga kirishda yordamlashamiz.

O‘rta ta'lim
7 dan 17 yoshgacha bolalar uchun AQSH, Kanada, Avstraliya, Angliya va Yevropaning eng yaxshi maktablarinit anlash va u yerga kirishini tashkil etish. Xizmat o‘qish davrida ta'lim jarayonini tasarruf etishni o‘z ichiga oladi.

Individual maslahatlar
Biz talabalarimiz uchun shaxsiy uchrashuv chog‘ida, elektron yozishma orqali yoki masofadan turib turli maslahatlar beramiz.

Hujjatlarni tekshirish
Oliy o‘quv yurtiga kirish uchun to‘plagan hujjatlaringiz to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshiramiz. Bu muvaffaqiyatli kirishning muhim omili.

Rezyume tuzish
Bizning ekspertlarimiz xorij Oliy o‘quv yurtiga kirish uchun CV tuzishda yordam beradilar.

Tavsiyalar tayyorlash
Bizning xodimlarimiz tavsiya xatlarini tuzishda yordam beradilar. O‘zingiz tanlagan dasturga muvaffaqiyatli kirish ko‘plab hujjatlarga, shu jumladan tavsiya xatiga bog‘liq.

Motivatsiya xatini tayyorlash
Bizning ekspertlarimiz matovatsiya xatini yozish yoki tuzatishda Sizga yordam beradilar. Shuningdek, “miyaga hujum”bo‘yicha sessiya o‘tkazadilar.

Dastur va universitetlarni individual tanlash
Dunyoda ko‘plab ta'lim muassasalari bor. Bizning xodimlarimiz qisqa vaqt ichida individual ravishda dastur va universitet tanlashda yordam beradilar.

Talabalarni tasarruf etish
Bizning xodimlarimiz xorijiy maktab yoki OO‘YUda o‘qish paytida talabalarni tasarruf etadilar, zarurat bo‘lsa, oldindan kelishuvga ko‘ra, talabaning yaqinlari va qarindoshlariga uning o‘qishdagi muvaffaqiyatlari haqida ma'lum qilib boradilar.

Transferni tashkil eitsh
Zarurat bo‘lsa, xodimlarimiz aviachipta bron qiladilar, shuningdek aeroportdan o‘qish va yashash joyiga yetib borishni tashkil etadilar.

Viza olishda ko‘maklashish
Viza olishda talabalarga to‘liq ko‘maklashamiz, yig‘ish uchun hujjatlar to‘plamini taqdim etamiz, shuningdek, konsul bilan intervyudan o‘tishga tayyorlaymiz.