Bilimlarni amaliyotda charxlash g’oliblik strategiyasidir

Magdi Attalla: «Mehmonxona biznesi va turizm sohasida ta’lim olish xalqaro nufuzga erishish uchun a’lo imkoniyatdir.»

Bugungi intervyu mehmoni Shveytsariyadagi  B.H.M.S. Universiteti xalqaro bo’limining  professori va dekani Magdi Attalla bo’ladi. Janob Attalla Shveytsariya, Amerika, Angliya, Shotlandiya, Misrda ta’lim olgan; Marketing sohasida professor darajasiga ega. Ulkan ish tajribasi janob Attallaga, nazariy va amaliy jihatlarni muvofiqlashtirib, foydali va esga qoladigan darajada uchrashuv, ma’ruza, seminar va vorkshoplar o’tkazishiga imkon beradi. Janob Attalla ingliz, nemis va arab tillarini a’lo darajada biladi. Sport va san’atga qiziqadi.


Bugun esa Janob Attalla B.H.M.S. xususidagi va talabalikdan so’ng qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkinligi to’g’risida nodir axborot bilan o’rtoqlashadi.

- Salom, janob Attalla.

- Sizga va butun O’zbekistonga salom.

- B.H.M.S. – mehmonxona biznesi sohasida o’qitishning ko’p yillik tajribasiga ega biznes-maktabdir. Aytingchi, “Strategy of a Winner” (so’zma-so’z tarjimada «G’olibning strategiyasi»)  g’oyasi ta’lim konseptsiyasida qay tariqa qo’llanadi?

- B.H.M.S. ta’lim kontseptsiyasi to’rtta ustunga tayanadi, bular jahondagi etakchi oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikda sifatli akademik ta’lim berish, talabalarimizning har taraflama shaxsi rivojlanishi, stajirovka va ishga joylashishdir. Talabalarimizga nafaqat pul va tajriba orttirish, balki suhbatdan muvaffaqiyatli o’tishi va kelajakdagi karerasi uchun har tomonlama rivojlanib, fe’l-atvorini charxlashga imkon beradigan, Shveytsariyada va xorijda o’taladigan har yillik majburiy stajirovkalar bizning ulkan qadr-qimmatimiz va faxrimizdir.

- B.H.M.S. bakalavr va magistrlar uchun qo’sh diplomlar taklif qilishini ham bilamiz. Iltimos, bu haqda batafsilroq so’zlab bersangiz. 

- Ta’limimiz dunyo bo’ylab sayohat qilishni rejalashtirayotganlarga mo’ljallangan. Qay bir joyda ish beruvchi uchun Shveytsariya diplomi eng yaxshi dalil bo’lsa, boshqa joyda Britaniya yoki amerikacha diplomning qadri kattaroq bo’ladi. Bitiruvchilarimiz uchun bu xususiyat katta ahamiyat kasb etmaydi, chunki ular «qo’sh» diplomga ega bo’ladilar. Masalan, bakalavr talaba va magistrlarimiz Robert Gordon University of Aberdeen ilmiy darajasini olsalar, MBA dasturi bitiruvchilari esa City University of Seattle darajasiga ega bo’ladilar.


- B.H.M.S. da talabalar qaysi fan va ko’nikmalarni o’rganishadi?

- Marketing, sotish, buxgalteriya, menejment, biznes-kommunikatsiyalar, servis, tadqiqot usullari, e-commerce, xalqaro biznes-muhit, somele kursi, xodimlar bilan ishlash, iqtisodiyot, chet tillari kurslari. Yana uzoq sanash mumkin edi, ammo bu erdagi mantiq tushunarli bo’lsa kerak: biz talabalarimizga kelajakda kasbni tanlashga to’siq bo’lmaydigan va zamonaviy bozorda o’zlarini maksimal ravishda raqobatbardosh sezishga imkon beradigan bilimlarni beramiz. Muhimi, bilimlar nazariya bilan cheklanmaydi – talabalarimiz har yili ularni haq to’lanadigan stajirovkalar chog’ida qo’llaydilar.

- Darhaqiqat, ko’p narsani faqat amaliyotda bilib olish mumkin. U talabalar uchun qancha muddat davom etadi?

- Stajirovka akademik dasturimizning roppa-rosa 50 foizini egallaydi. Masalan, uch yillik bakalavriat dasturi talabalari 18 oy mobaynida nazariy va amaliy mashg’ulotlarga qatnashadi va 18 oy davomida stajirovka o’tashadi. Kechagi maktab o’quvchilari uchun stajirovkalar shaxs va professioanl sifatida o’sish, ko’nikma hosil qilish, o’ziga ishonch orttirish uchun eng yaxshi imkoniyatdir. Shveytsariyada ish tajribasini to’plagan mutaxassislarni butun dunyoda yuksak qadrlashlari ham muhimdir.

- B.H.M.S. qanday infrastrukturaga ega?

- Asosiy infrastrukturamiz Shveytsariyaning eng sayyohbop va  odam ko’p boradigan Lyutsern shahridir. Bizda bu erda 4 ta asosiy kampus, talabalar uchun 700 ta yashash xonasi, 30 ta sinfxona va auditoriya, 3 ta dam olish studiyasi, 2 a restoran, 2 ta o’quv va bitta ishchi oshxonasi, chet tillar laboratoriyalarimiz joylashgan. Bundan tashqari, talabalarimizning ixtiyorida Shveytsariya bo’ylab transfer, sayohat va tashriflar uchun beshta avtobus va miniven bor.


- Fikringizcha, bugungi kunda Hospitality sohasining bunchalar mashhurlashib ketishining sababi nimada?

- Mehmondo’stlik sohasi jahon iqtisodining mijoz bilan ishlashga yo’naltirilgan ko’plab boshqa sektorlari uchun «tramplin» vazifasini o’taydi. Biz mijozga moslashib ish ko’rishga va raqobatbardoshlikka o’rgatamiz, bu esa bugun jahonda ustuvor tendentsiyadir.


- Janob Attalla, talabalar Shveytsariya va B.H.M.S.ni yana qaysi sabablarga ko’ra tanlaydilar? Talabalarning ota-onalari kimlar?

- Talabalarimizning ota-onalari biznesni turli sohalarining vakillari bo’lgan tadbirkor yoki boshqaruvchilardir. Ularni birlashtirib turuvchi sifat shuki, ular muvaffaqiyatga erishgan, o’z farzandlariga esa dunyoni ko’rishni va unda o’z o’rnini topishni tilaydilar. Shveytsariyani esa, birinchidan, Evropaning qoq markazida joylashgani sababli, ikkinchidan esa, mamlakat o’zining turmush va xavfsizlik darajasi bilan mashhurligi uchun tanlashadi.  B.H.M.S.ning tosh bosishiga yana bir sabab shuki, bu farzandlari uchun kafolatlangan stajirovkalardir.

- Gapingiz asosli. Yana bir bora, ota-onalar nuqtai nazaridan, ular farzandlarining ta’limiga investitsiya qilishadi. Bu holda, masalan, bakalavriat dasturi uchun, mazkur mablag’larning o’zini qoplash davri qancha paytni tashkil qiladi? 

- Javob, bitiruvchi B.H.M.S. ni tugatganidan so’ng yashash uchun qaerda joylashib, ish boshlashiga bog’liq bo’ladi. Bizning hisob-kitoblarga ko’ra, g’arbiy Evropa mamlakatlarida investitsiyalar 2-3 yilda o’rnini qoplasa, Osiyo va Shimoliy Amerika mamlakatlarida bunga sal ko’proq vaqt sarflanadi.


- 2016 yilning bahorida ilk bora Toshkentda bo’lganingiz bizga ma’lum. Shahar sizga yoqdimi?

- Toshkent – quvvati esni oladigan darajadagi katta shahar. Juda dinamik va do’stona vaziyat. Birinchi marta bu erga kelganimda, shahar menga xush yoqib hayratlantirdi.

- Tashrif paytida siz Wyndham Hotel da to’xtab, turli tadbirlarga bordingiz. Professional nuqtai nazaringizdan, O’zbekistondagi mehmondo’stlik sohasiga qanday baho berdingiz?

- O’zbekistonda kishilar juda samimiy va shuning o’ziyoq mamlakatni servis jihatidan mehmondo’st qiladi. Mehmondo’stlik jabhasiga professional nuqtai nazarga kelsak, hali ish bisyor, chunki bu soha O’zbekistonda hali juda yangi hisoblanadi. Xodimlarni malakali treningi va mehmonlarda qoladigan taassurotni shakllantiruvchi ikir-chikirlarga ham ko’proq e’tibor qaratish lozim deb hisoblayman.


- Juda andishali javob bo’ldi. Yaqin kelajakda O’zbekistonga tashrif buyurish rejangizda bormi?

- O’zbekistonga yana qayta kelishdan xursand bo’laman, hozircha 2017 yilning aprel oyini mo’ljallab turibman.

Fursatdan foydalanib, uchrashuvga xalqaro nufuz to’g’risida fikr qilayotgan maktab bitiruvchilari va boshlang’ich tajribaga ega bakalavrlarni taklif qilmoqchi edim. Mehmonxona biznesi sohasi O’zbekiston yoshlari uchun xorijda muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo’lgan sanoqli, real yo’llardan biridir.

- Janob Attalla, bizga ajratgan vaqtingiz uchun chin yurakdan tashakkur bildiramiz. 

- Muloqotdan xursand bo’ldim. Sizga va O’zbekistonlik barcha talabalarga omad tilayman.