Hult biznes maktabi dunyo biznesi etakchilarini tayyorlaydi

Oksana Fyodorova: «Hult bitiruvchilari har qanday biznes-loyihani uddalashadi.»

Xalt xalqaro biznes-maktabi muvaffaqityali va o’z ishining ustasi bo’lgan biznesmenlarning bir necha avlodini tarbiyalab chiqargan. Hult bitiruvchilarini IBM, Google, Coca-Cola va shu singari ko’plab nomdor kompaniyalarga stajirovkaga va keyinchalik ishga qabul qilishadi.

Bugun Hult International Business School qabul komissiyasining a’zosi Oksana Fyodorova lutfan savollarimizga javob berishga rozilik berdi. Oksana Hult da 2009 yildan beri ishlaydi va maktab to’g’risida mutlaq barcha narsani biladi, chunki o’zi ham biznes-maktabning dasturlaridan birini muvaffaqiyat bilan o’qib tugatgan.

Oksana Fedorova Londondagi Queen Mary Universitetida bakalavr darajasini olgan. Bugungi kunda esa sevimli ishidan tashqari Oksana tog’larda safar qilishga va klassik baletga qiziqadi.

- Salom, Oksana! Intervyuga vaqt ajratganingiz uchun tashakkur.

- Salom! Har doim Siz bilan muloqot qilish va O’zbekistondagi abiturientlarga bizning baynalmilal biznes maktabimiz to’g’risida hikoya qilib berishdan xursandmanзнес мактабимиз тба  н ташни муваффаерди. к ишга .

- Unda boshladik. Iltimos, Hult biznes-maktabining asosiy vazifalari to’g’risida so’zlab bersangiz?

- Globallashuv atrofimizdagi butun borliqni, jumladan, mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarning oladigan ta’limi va lavozimni egallash imkoniyatlarini ham o’zgartirib yubordi. Kuzatishimcha, kandaydir yangiliklar lozimligi yaqqol sezilmoqda: g’oyalar, fikrlar, bir qo’nimda turishni istamaslik. Bugungi kunda xalqaro biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun instinktlarning o’zigina etarli emas. Mamlakatlarning chegaralari aro ko’rish qobiliyati, o’z xatolaridan saboq olish va hamkorlariga ishona bilish istagi zarur. Hult International Business School aynan shuning uchun mavjud. Aynan shunisi bilan biznes-maktabimiz boshqalaridan farq qiladi. Hult – dunyoning bo’lajak etakchilari tayyorlanadigan joy, hozirgi yoshlar esa natijalarini darhol sezib, tushunish mumkin bo’lgan ta’lim turini tanlaydi. Masalan, dastur bo’yicha ta’lim olib, yil mobaynida jahonning uchta poytaxt shahrida yashab ko’rish mumkin.

- Hult da talabalarga nimalarni o’rgatishadi?

- Biz tadbirkorlik, boshqaruv, marketing, moliya va statistika sohasidagi bo’lajak mutaxassislarni tayyorlaymiz. Talabalarimiz bilim olishni biznes-maktabda ta’lim olishdan avval boshlaydi, bitiruvdan keyin ham bu jarayon darrov yakun topmaydi. Hult ning har qanday bitiruvchisi butun umri mobaynida yilda bir marta kampuslardan biriga kelib, o’zini qiziqtirgan fanni mutlaqo bepul o’rganishi mumkin! Bu nafaqat o’z bilimlarini yangilash yoki to’ldirish, sobiq sinfdoshlari bilan uchrashish, balki yangi kishilar bilan tanishishga ham imkon beradi. Bundan tashqari, biz talabalarga o’zlarining shaxsiy sifatlarini, masalan, turli mamlakatlardan kelgan kishilar bilan samarali ishlash, mohir notiq bo’lib, kishilar oldida nutq so’zlashni rivojlantirishga ko’mak beramiz. Ko’pchilik talabalarimiz 3-4 ta tilda so’zlasha oladilar, biz shuningdek, yangi tilni o’rganishni istaganlarni ham qo’llab-quvvatlaymiz, misol uchun, ayrim kampuslarimizda arab va xitoy tillarining bepul kurslarini taklif qilamiz.

- Bizga ma’lumki, lavozimdagi o’qituvchilardan tashqari biznes-maktab mehmon ma’ruzachilarni ham taklif etadi. Ta’limdagi ushbu amaliyot to’g’risida batafsilroq aytib bersangiz. 

- Biz doimiy o’qituvchilarimiz tarkibi, shuningdek, taklif etilgan ma’ruzachilar bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Talabalarimizning 80 foizi o’qituvchilarining sifatiga eng a’lo bahoni berishadi. Talabalar turli industriyalarning ko’zga ko’ringan vakillarini tinglash va ularga savollar berish imkoniyatini doim yuqori qadrlashadi. Taklif qilgan ma’ruzachilarimizning ayrimlarini sanab o’tsam: Stiv Forbs, Forbes Media asoschisi; Bill Klinton – AQSHning 42-Prezidenti; Djimmi Veyls, Wikipedia asoschisi; Muhammad Yunus – Tinchlik sohasida Nobel mukofotining Laureati; Muxtor Kent, Coca-Cola raisi va CEOsi, shuningdek, Pol Polman, Unilever CEOsi. Bu ayrim misollar, xolos.

- Rostdan ham, mashhur tabirkorlar! 

- Ha. Yana bir muhim jihati shuki, bunday ma’ruzalar talabalarimizni juda ruhlantiradi.

- Oksana, Hult qay tariqa talabalarga bitirganlaridan so’ng muvaffaqiyatga erishishlariga yordam beradi, shu sirni oshkor qilsangiz?

- Ilgari aytib o’tganimdek, biz maxsus yaratilgan Career Fast Track Program dasturi vositasida talabalarimizga hali ular o’qishni boshlamaslaridan yordam berishni boshlaymiz, mehnat bozorining jahon trendlari bilan tanishishdan tortib xalqaro kompaniyalar uchun rezyumelar yozish ko’nikmalarigacha. Ta’lim mobaynida har bir talabamiz Karera Markazi bilan yakkama-yakka ishlaydi, Markaz ularga kompaniyalar bilan intervyuda o’zini ta’lim paytida orttirgan ishonch bilan tutishga, ish izlaganda ijtimoiy tarmoqlardan to’g’ri foydalanishga, o’z brendini qay tariqa yaratish va turli Karera Kunlarida hamda biz tashkil qiladigan boshqa tadbirlarda uni qanday olg’a surish mumkinligini tushunishga ko’maklashadi. Bitiruvchilarimizning 88 foizi bitiruvdan so’ng uch oyning ichida obro’li kompaniyalarda ishga joylashishlari bilan g’ururlanamiz. Shuni ham ta’kidlash muhimki, xalqaro (AQSHdan bo’lmagan) talabalarning 66 foizi aynan Amerikada ishga joylashadilar, bu esa, shubhasiz, Karera Markazlarimiz tomonidan olib borilayotgan miqyosli ishning natijasi hamda OPT (Optional Practical Training) beradigan imkoniyatdir. AQSHda qiziqarli immigratsiya toifasi mavjud, u amerika oliy o’quv yurtlarining bitiruvchilariga kompaniyada ishlab yoki o’z biznesini yaratgan holda yana 12 oy qolishga imkon beradi.

- Hult bitiruvchilari qaysi kompaniyalarga joylashadilar?

- Oldngi o’rindagi ish beruvchilarimiz sirasiga Google, Deloitte, HSBC, JP Morgan Chase, PwC, Microsoft, Porsche, P&G, L’Oreal, Gucci, LVMH, Bloomberg, EY va KPMG singari gigantlar kiradi. Bitiruvchilar o’rtasida eng ommaviylashgan industriyalar qatoriga konsalting, davlat va notijorat muassasalaridagi ish, shuningdek, neft-gaz sohasi va sog’likni saqlash sohalaridir. Magistratura bitiruvchilarimizning eng muvaffaqiyatli 10 tasi o’rtacha $163000 to’lanadigan kontraktlarga ega bo’ladilar, avvalgi ish tajribasiga ega bo’lmagan boshqa bitiruvchilarimizning o’rtacha ish haqi esa $55000 ni tashkil qiladi.

- Xalt, shuningdek, ta’lim davrida kampuslar o’rtasidagi almashuv (rotatsiya) singari qiziqarli imkoniyatni ham taklif etadi. Talabalar uchun bu dastur qanday ishlaydi?

- Kampuslar o’rtasidagi rotatsiya bir yillik dasturni Xaltning kampuslari mavjud 3 ta turli shaharda o’tash imkoniyatidir. Dastlabki 8 oyda talabalar asosiy korpusda ta’lim oladilar, qolgan 4 oyda qaerga borishni esa o’zlari hal qilishlari mumkin.

Masalan, xalqaro biznes bo’yicha Bostonda dasturni boshlab, keyinchalik San-Frantsisko yoki Nyu-Yorkka borish, so’nggi modulni yozda o’tab, bitiruvni Londonda yakunlash mumkin. Biz rotatsiya o’tashni bejiz taklif etmaymiz – unda ulkan foyda bor va u dunyoni ko’rish va uning turli burchaklarida foydali aloqalarga ega bo’lishgina emas. Shuningdek bu, talabalarga turli biznes-amaliyotlarni tushunib etish, ularni taqqoslash va xulosa qilish imkonini beradi. Tan oling, Angliyalik sherik bilan ish yuritish Arab Amirliklaridagi sherik bilash ishlashdan tubdan farq qiladi, albatta.

- Oksana, 2016 yilning bahorida O’zbekistonda bo’lgandingiz. Taassurotlar qanday bo’ldi?

- O’tgan yil bahorda men, darhaqiqat, yana bir bora Toshkentda bo’lish baxtiga erishdim. Bu meni yurtingizga ikkinchi safarim edi. Bejiz emas, chunki ilk bora bo’lganimdayoq bu er ko’nglimni zabt etdi. Mahalliy aholining bemisl ochiqko’ngilligi va mehmondustligi, men egan eng shirin palovdan tortib, shahar me’morchiligi elementlari va hukm surayotgan muhitgacha, barchasi meni lol qoldirdi. Safar asnosida biznes-elitaning mahalliy vakillari, shuningdek, o’zining xalqaro karerasini qurishni endi boshlayotgan kishilar bilan ko’plab uchrashuvlarda bo’ldim. Ularning barchasi meni ingliz tilini mukammal bilishi, biznesni qurishga zamonaviy yondashuvi bilan hayratlantirishdi. O’zbekistonga o’sha tashrifdan so’ng men bu haqda barcha hamkasblarim va yaqinlarimga betinim hikoya qildim. Ko’pchilik evropalik do’stlarim ham endi go’zal O’zbekistonga kelishni orzu qilib qolishdi :)

- Bu holda yaqin paytda yana O’zbekistonga kelish niyatingiz bormi?

- Yurtingizga jon deb kelishga tayyorman, faqat buning uchun taqvimimda vaqt topish zarur, bu esa oson ish emas :) Hozirgi paytda Professorlarimizdan birining ishtirokida diyoringizda o’ta qiziqarli ma’ruza o’tkazish to’g’risida o’ylyapman. Bunday tadbir mahalliy yoshlar uchun foydadan holi bo’lmaydi va Hult nima ekanligini yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

- Darhaqiqat, bu juda qiziq bo’ladi! Sabrsizlik bilan kutib qolamiz. Yakunda bo’lajak talabalarga ikki og’iz murojaatingizni tinglasak.

- Men barcha talabalarga o’z orzusi ortidan borishlarini tilab qolmoqchiman, chunki faqat o’zingni qoniqtiradigan ish bilan shug’ullanib, muvaffaqiyatga erishish mumkin. Orzu qilishdan va orzuyingiz sari harakatlanishdan aslo qo’rqmang. Kuchli jihatlaringizni yaxshi bilib oling va ularni o’z vaqtida ko’rsata bilishni uddalang. Har birimizda boshqalarda bo’lmagan qandaydir betakror hislat bor. Hult da biz buni competitive advantage (so’zma-so’z tarjimada «raqobatbardosh ustunlik») deb ataymiz. Shu sababli barchaga o’zining competitive advantage anglashni va undan foydalanishda qo’rqmaslikni tilayman. Men barchaga mavaffaqiyat va favqulodda xalqaro karerani tilab qolaman!

- Oksana, bunday foydali axborot uchun sizga minnatdorchilik izhor qilamiz. Ishingizga muvaffaqiyat, Xalt biznes-maktabiga esa munosib talabalarni tilaymiz.

- Raxmat! Siz bilan muloqot qilishdan doimo xursandman!