SAT – Amerikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga kirish chiptasi (bileti)

Amerika ta’lim tizimida sinov (test) o’tkazish deyarli yuz yildan buyon amaliyotda tatbiq etib kelinadi.

Test o’tkazish, test o’tkazish va yana bir marta test o’tkazish

Test o’tkazish to’g’risidagi masala Amerika ta’lim modelining eng qaltis joylaridan biri hisoblanadi, bu barcha madaniy va iqtisodiy omillarni hisobga oladigan va nafaqat rasmiy “muvaffaqiyatlar”ni, balki umuman ta’lim berish salohiyatini ham xolis (ob’ektiv) baholay oladigan testlarni ishlab chiqish imkoniyati yo’qligi to’g’risidagi fikr-mulohazalar bilan asoslanadi. Test o’tkazishning universal usulini izlab topish asosini tashkil qiladigan ta’lim siyosatining mohiyati “ezgu, biroq jahannamga yo’l ochadigan kaltabin intilishlar” sifatida belgilandi. Qayd etib o’tamizki, bunday keskin tavsif beadab amerikanofob va hatto “amerikacha orzu” bilan butunlay xayrlashmagan abituriyent-luzer tomonidan ifodalangan edi. Keltirilgan fikrlar – Kolumbiya universiteti Jurnalistika fakultetining faxriy dekani, professor, «Nyu-Yorker» haftalik nashri o’z muxbiri Nikolas Lemann “The Big Test: The Secret History of the American Meritocracy” XX asr ijtimoiy islohotlari mavzusidagi o’zining hujjatli tadqiqotlari (1999) natijasida kelgan asosiy xulosa hisoblanadi.


Amerika ta’lim tizimida test o’tkazish deyarli yuz yildan buyon amaliyotda tatbiq etib kelinadi. So’nggi 15 yil mobaynida testlar, xuddi shunday bunday bilimlarni baholash tizimiga ishonchsizlik kayfiyatidagi tanqidchilar soni ham tobora ko’payib bormoqda.

Zamonaviy amerikalik maktab o’quvchilari, shu jumladan birinchi sinf o’quvchilari dastlabki, an’anaviy tushuncha bo’yicha ta’lim uchun ajratilgan vaqtning katta qismini turli xil test tekshiruvlariga tayyorgarlik uchun sarflaydilar. Ta’lim sifatini oshirish vositasi sifatida o’ylangan test o’tkazish asta-sekin “majburan qabul qilingan g’oya”ga aylanib bormoqda.

“Testomaniya” raqiblari orasida bunday bilimlarni baholash tizimi bekor qilinishi uchun kurashuvchi pedagoglar quyidagi dalil-isbotlarni keltiradilar:

  • deyarli barcha maktablarda o’qituvchilar test tekshiruvlarini nazarda tutadigan fanlarga afzallik berishga majburlar, bunda boshqa fanlar e’tiborsiz qoldiriladi;
  • pedagoglar “umumiy” test o’tkazish sharoitlarida o’quvchilarni fanga haqiqiy qiziqtirish imkoniyatlaridan deyarli mahrum bo’ladilar;
  • o’rta ta’lim muassasalarining mablag’ bilan ta’minlanishi va yakuniy attestatsiyasi test o’tkazish natijalariga bevosita bog’liqligi turli xil hiyla-nayranglarga olib keladi (masalan, umumiy ko’rsatkichlarni “buzmaslik” uchun testdan o’tmagan o’quvchilar dasturiy hisobotga kiritilmaydi).

Aslini olganda, Amerika maktab ta’limi o’quvchilarni testlarni muvaffaqiyatli topshirishga tayyorlash uchun “poligon”ni o’z ichiga oladi va o’quv jarayonining bevosita ishtirokchilari (o’qituvchilar va turli ta’lim tashkilotlari) tizimni qancha tanqid qilishmasin, ularni eshitishga, asosiysi esa – quloq solishga hech kim shoshilmaydi.

Biroq 12 yillik ta’lim (K-12 tizim deb nomlanadi) doirasida o’tkaziladigan test tekshiruvlari o’quvchilar va ular ota-onalari tashvishlarining yagona manbai emas. Oliy ta’lim yo’lidagi asosiy to’siq – o’rta maktab bitiruvchilarining intellektual qobiliyatlarini tekshirish yuzasidan standartlashtirilgan umumfederal test – SAT (Scholastic Aptitude Test – «akademik baholash testi») nihoyatda kuchli ruhiy keskinlikni yuzaga keltiradi.

Yaqinda ota-onasi bilan Nyu-Yorkning nufuzliroq rayoniga ko’chib o’tgan o’quvchilardan biri SAT topshirishga tayyorgarlik ko’rayotgan amerikalik maktab o’quvchilarining chidashga majbur ruhiy (psixologik) zo’riqishlari oqibatlarini batafsil tavsiflab berdi. Xususan, Maykl Spend o’z tengdoshlari – Garvard universitetining bo’lg’usi talabalari Prinston va Yel to’g’risida shunday deydi: “Shubhasiz, sog’liq bilan bog’liq muammoni namoyon qiladigan jismoniy madorsizlik darrov ko’zga tashlanadi. Ularning xatti-harakatlarida qandaydir so’zsiz itoatkorlik va robotlarga o’xshash nimadir bor edi. Kreativlikka kelsak, u aniq minusda edi”.

Qayd etish kerakki, SAT imtihonidan norozi bo’lganlar soni u paydo bo’lgan va ta’lim muassasalariga tatbiq qilingan paytdan boshlab ko’p edi.


Biroz o’tmishga nazar tashlaymiz

XX asrning 40-yillari o’rtalariga qadar AQShda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun yagona umummilliy test mavjud emas edi. Amerika oliy ta’lim tizimining ikki qutbliligi shtatlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotga, uning qarama-qarshiliklari va ijtimoiy tabaqalanishiga muvofiq edi:

  • yuqori tabaqa – Sharqiy sohilning sara xususiy kollejlari;
  • quyi tabaqa – kam byudjetli davlat kollejlarining ko’p sonli “hamjamiyati”.

1934 yilga kelib, Garvard universitetida “jentelmenlar klubi” muhiti to’liq shakllandi, bu o’shanda Garvard prezidenti lavozimini egallab turgan Jeyms Konentga juda ham yoqmas edi. O’sha vaqtdayoq O’rta G’arbdan kelgan qobiliyatli va muvaffaqiyatli talabalar uchun stipendiyalar to’g’risida qaror qabul qilingan edi. Jeyms Konent “eng-eng” qobiliyatli va muvaffaqiyatli talabalarni tanlab olish uchun IQ metodikasi asosini tashkil etgan “O’qishga qobiliyat yuzasidan test” (“Scholastic Aptitude Test” – “SAT”)dan foydalanishga qaror qildi.

Dastlab test 1901 yilda psixolog Karl Brigem tomonidan ishlab chiqilgan. O’sha davrdayoq Universitet kengashi (College Board) – maktablardan universitetlargacha turli darajadagi 5000 tadan ortiq ta’lim muassasalarini birlashtiruvchi tashkilot tashkil qilingan edi. College Board asosiy faoliyat turi – ta’lim dasturlari uchun standartlashtirilgan testlarni boshqarishdan iborat. Universitet kengashi SAT testini ishlab chiqish va uning tadqiqotlari bilan shug’ullanadi.

SAT testini Garvard universiteti ta’lim tizimiga tatbiq qilish – bu Konentning amerikalik “tabiiy elita”ni shakllantirishga soddalik bilan urinishidan iborat. Professor Amerika Respublikasiga rahbarlik qiladigan “yangi platonlar”ni tarbiyalashga muvaffaq bo’laman, deb o’ylagan.

Tez orada boshqa universitetlar Garvard tajribasidan faol foydalana boshlaganlar – shunday qilib SAT AQShning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida o’quvchilarni baholashning asosiy “vositasi”ga aylandi.


SAT testi – kollejgami yoki universitetgami?!

Kollej yoki universitetda ta’lim olishni davom ettirish istagidagi amerikalik maktab o’quvchilari umumfederal akademik baholash testini topshirishga tayyorgarlik ko’radilar, ushbu test natijalari bo’yicha AQSh oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadilar (shuningdek, asosiy maktab fanlari bo’yicha o’rtacha baholash ballari ham hisobga olinadi). Odatda, SAT-sinovi 11-sinfda, kamroq 12-sinfda o’tkaziladi.

Maktab o’quvchilari kirish imtihonlarigacha taxminan 5-6 oy oldin oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi to’g’risida yozma javob oladilar. Aniqrog’i javob xatlari oladilar: odatda, abituriyent bir necha ta’lim muassasalariga arizalar yuboradi va shu tufayli bir vaqtning o’zida SAT-test o’tkazish natijalari qayd etilgan bir necha xatlar keladi. Bitiruvchi bir necha oliy ta’lim muassasalaridan birini tanlash huquqiga ega.

SAT-test o’tkazish tuzilishi amerikalik abituriyent uchun qandaydir yangilik hisoblanmaydi. Bizga ma’lumki, AQSh maktablarida o’quvchilar birinchi sinfdan boshlab ko’plab yozma testlar topshiradilar. Og’zaki imtihonlar deyarli amaliyotda tatbiq qilinmaydi. Umuman olganda, amerikalik birinchi “haqiqiy” og’zaki imtihonni Ish beruvchiga suhbatlashish jarayonida topshiradi.

SAT atrofida ortiqcha bo’rttirib yuborilgan “vasvasa” ushbu tizimning amerikaliklar hayotida qanchalik muhim ahamiyatga egaligi to’g’risida dalolat beradi: eng yaxshi maktablarning o’quv dasturlariga SAT topshirishga mo’ljallangan maxsus fanlar kiritilmoqda, SAT-tayyorgarlikka ixtisoslashtirilgan butun tarmoq jadal rivojlanib bormoqda (yillik daromad – 2 milliard dollar), o’z navbatida, ota-onalar esa farzandlarini amerikalik uchun eng jiddiy sinovlardan biriga tayyorlash yo’lida ulkan mablag’larni sarflashga shaydirlar.

Boshqa mamlakatlardan kelgan abituriyentlar ham istisno emas. Agar Siz AQShning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan birini nima qilib bo’lsada “zabt” etishga qaror qilgan bo’lsangiz – SAT-sinovini chetlab o’tishning imkoniyati yo’q.   

Amerika jamoatchiligi tomonidan barcha g’azablanishlarga qaramay (amerikalikka esa, ma’lumki, osh berma-non berma, tanqid qilish va norozilik bildirish bo’lsa, bas), hech kim ushbu vaziyatni foydasiz nuqtadan siljitishga muvaffaq bo’layotgani yo’q, SAT esa yuz yildan ko’proq davr mobaynida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda va rivojlanib kelmoqda. College Board uzluksiz faol faoliyati vaqti-vaqti bilan o’zgartirishlar kiritadi, biroq ular unchalik jiddiy emas, testning umumiy tamoyillari va tuzilishi deyarli o’zgarmay kelmoqda.



SAT tuzilishi

SAT testining ikki shakli mavjud:

umumiy intellektual daraja va salohiyatlar (mantiqiy va matematik fikrlash malakalari, shuningdek so’z (lug’aviy) boyligi va uni qo’llash mahorati)ni aniqlash – SAT1;

 fan bo’yicha test – SAT2.

Fan bo’yicha test majburiy hisoblanmaydi, SAT2 testini o’tkazish AQShning faqat ayrim universitetlari va kollejlarida abituriyentga talablar ro’yxatiga kiritilgan. Agar oliy ta’lim muassasalari talablari tizimi ushbu test topshirilishini nazarda tutsa, u SAT1 testidan alohida, katta vaqt oralig’i bilan topshiriladi.

Til bilish darajasini hamda so’zlar va ayrim jumlalardan yagona yozma nutq oqimida foydalanish mahoratini baholash maqsadida esse yozish – majburiy shart hisoblanadi. Abituriyent hayotida eng yodida qolgan voqea-hodisalardan birini tasvirlab berishi kerak. Bundan tashqari, abituriyent o’zini-o’zi to’g’ri tanishtirishi, dunyoqarashini va hayotdagi o’rnini bayon qilishi, kelgusidagi o’z rejalari to’g’risida hikoya qilib berishi kerak.

Tahliliy life-history sifatida o’ylangan esse kamdan-kam holatlarda talablarga javob beradi. Ko’proq abituriyentlar muallifning o’z shaxsi, uning qadriyatlari va oliy maqsadlari to’g’risida hech qanday tasavvur bermaydigan biror-bir ahamiyatsiz voqeani faqat yuzaki tavsiflaydilar xolos. Shu tufayli oliy ta’lim muassasalariga qabul to’g’risida qaror qabul qilishda ushbu topshiriq uchun olingan ballar hal qiluvchi rol o’ynamaydi. Birinchi navbatda, imtihon o’tkazish komissiyasi AQShning ko’plab universitetlari va kollejlari tomonidan o’qishga kiruvchilarni yagona baholash mezonlari sifatida baholanadigan bevosita SAT testi natijalariga e’tibor qaratadi.

SAT1 testi ham, SAT2 testi ham yozma savol-javob – multiple-choice questions shaklida topshiriladi. 

SAT1 testi davomiyligi – 3 soat + 1 soat esse uchun ajratiladi. 2016 yilgi so’nggi test quyidagilarni o’z ichiga olgan:

2 ta lingvistik sektsiya (matn + yozma til tahlili);

 2 ta matematik sektsiya (kalkulyatorsiz va kalkulyatorli);

 esse yozish.

Savollar soni quyidagi tarzda taqsimlanadi:

  • 52 – matn tahlili;
  • 44 – yozma til;
  • 20 – kalkulyatorsiz matematika;
  • 38 – kalkulyatorli matematika.


MDH mamlakatlaridan kelgan abituriyentlarda ko’proq matematik sektsiyani hal qilishda quyidagi muammolar yuzaga keladi:

  • SAT testini topshirish uchun Sizning yoshingiz ahamiyati yo’q;
  • Imtihonlar yiliga yetti marta o’tkaziladi;
  • Urinishlar soni cheklanmagan;
  • SAT-test markazlari dunyoning ko’pchilik markazlarida mavjud.

Internetda SAT to’g’risida ma’lumotlar ko’p, biroq ko’pincha bularning hammasi “tanishimning tanishi aytishicha” darajasidagi hech narsa bilan tasdiqlanmagan mish-mish gaplardan iborat. “Cho’pchaklar”ga ishonmaslik, “qarshi” bo’lgan shaxslar tomondan test yuzasidan bildirilgan keskin fikrlarga e’tibor bermaslik, har qanday turdagi “cho’chituvchilarga” jiddiy quloq solmaslik kerak. Hech kim oson bo’ladi deb aytmaydi – albatta, ter to’kishga to’g’ri keladi. Mehnatsiz... ushbu mashhur maqolning oxiri barchaga ma’lum.

Jiddiy tayyorgarlik va puxta o’ylangan strategiya Sizga yuqori ballni ta’minlaydi. Imtihondagi muvaffaqiyat esa, birinchi navbatda, AQShning nufuzli oliy ta’lim muassasalari eshiklari kalitlari bilan taqdirlaydi, bevosita “zo’rlar” dunyosiga yo’l ochadi, cheksiz imkoniyatlarni in’om etadi.