Hal qilib bo’lmaydigan ikkilanishmi (dilemmami)? Alohida-alohida o’qitish afzalliklari

Alohida-alohida yoki birgalikda o’qitish? Umuman, alohida-alohida o’qitiladigan pansionni yaqin yillarda bola uchun ehtimoliy “boshpana” sifatida ko’rib chiqish kerakmi?

Alohida-alohida yoki birgalikda o’qitish? Umuman, alohida-alohida o’qitiladigan pansionni yaqin yillarda bola uchun ehtimoliy “boshpana” sifatida ko’rib chiqish kerakmi? Voyaga yetmagan farzandini chet elga o’qishga jo’natish qarori, odatda, darrov qabul qilinmaydi. U uzoq va azobli o’ylanishlardan o’tadi, shundan so’ng, nihoyat, barcha “ha” va “yo’q” chamalab ko’rilib, shubhasiz afzalliklar baholanib, Siz ushbu masalani ijobiy hal qilasiz: albatta maktab-pansion!
Britaniyadagi uzoq yillik internat, Shveysariyada ko’proq tog’ etagidagi nufuzli sanatoriyni eslatuvchi pansion, Kanadaning nisbatan arzon narxli eksklyuziv xususiy maktabi yoki Amerika megapolisi markazidagi ta’lim muassasasi – mazkur holatda buning jiddiy ahamiyati yo’q. Qay birini tanlamang – muqarrar ravishda jiddiy dilemmaga duch kelasiz:
• alohida-alohida yoki birgalikda o’qitish?
• umuman, alohida-alohida o’qitiladigan pansionni yaqin yillarda bola uchun ehtimoliy “boshpana” sifatida ko’rib chiqish kerakmi?

Ta’lim tizimi Yevropa, Amerika va Kanada xususiy pansionlarining amalda asoschisi hisoblangan Birlashgan Qirollikda hozirgacha an’anaviy Britaniya separate edusationi afzal ko’riladi. Garchi yaqindan beri Britaniyada biz uchun odatiy birgalikda o’qitish shakli tomonga ayrim “siljishlar” sezilayotganligini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.


Qiz bolalar va o’g’il bolalar uchun umumiy o’rta ta’lim muassasalari ochilmoqda, ko’pgina maktablar joint edusationga o’tkazilmoqda, o’ziga xos “brilliant model” (Diamond Model) tobora ko’proq ommaviylashib bormoqda, ushbu modelning mohiyati quyidagilardan iborat:
• 11 yoshgacha bolalar birgalikda o’qitiladi;
• 16 yoshgacha o’smirlik davrida bolalar alohida-alohida o’qitiladi;
• yuqori sinflarda 16-18 yoshdagi talabalar oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko’rgan holda yana birgalikda o’qitiladi.

Shunday bo’lsada, alohida-alohida o’qitish formatining unumdorligi – juda ulkan. Buni ko’p sonli reytinglar tasdiqlaydi. Genderli pedagogika esa hozirda dunyo miqyosida kengayib bormoqda.

Masalan, Shvesiyada “eski qadrdon” maktablar tiklanmoqda. 1962 yilgacha bu yerda alohida-alohida o’qitish shakli amaliyotda tatbiq qilib kelingan – kichik yoshdagi xonimlar mohiyatan o’g’il bolalar kabi qobiliyatli emas deb hisoblanardi va shu tufayli ular uchun yengillashtirilgan ta’lim dasturi nazarda tutilgan edi. Feministik “portlash” ushbu noto’g’ri tushunchani yakson qildi: o’qish birgalikda olib boriladigan, dasturlar umumiy bo’ldi, “kaltabin” qiz bolalar esa jismoniy tarbiyadan tashqari deyarli barcha fanlar bo’yicha o’g’il bolalardan qobiliyatliroq bo’lib chiqdilar. Yaqinda Shvesiya ta’lim vaziri Yan Borklund genderli maktablarni tashkil etish imkoniyatini tadqiq qilishni taklif etdi. Uni ko’plab jamoat tashkilotlari qo’llab-quvvatladi va hozirda vazir taklifi taalluqli instansiyaga yo’naltirilgan.

Genderli pedagogika bugungi kunda AQShda ham dolzarb. Ta’lim departamenti vakili Margaret Spellings yaqinda maktablarda separate education tashkil qilinishini maksimal soddalashtirishga qaratilgan yangi algoritmlar joriy etilishi to’g’risida e’lon qildi. “Genderli ta’lim – o’quvchilar ehtiyojlarini yanada to’liqroq qondirish imkoniyati”, - deb ta’kidladi xonim Spellings.

Genderli ta’lim milliy assosiasiyasi direktori Leonard Saksning fikricha, AQSh ta’lim sohasida joriy qilingan ushbu yangilik alohida-alohida o’qitishni amaliyotda tatbiq qiladigan maktablarning jadal ko’payishiga va rivojlanishiga olib keladi. Bugungi kunning o’zida Amerika separate – schools soni jiddiy ravishda ko’paydi.

Rossiya ushbu muammoga idrok qilish, puxtalik va joy-joyiga qo’yish bilan yondashdi. Bu yerda ta’lim sohasidagi tajribalardan oldin maktab o’quvchilarini zamonaviy gender bo’yicha ajratish fidoyisi tibbiyot fanlari doktori V.F. Bazarnoy rahbarligi ostida uzoq vaqtli ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Aynan uning tomonidan alohida-alohida o’qitish foydasiga quyidagi asosiy tezis-dalillar shakllantirilgan.


1. AXBOROTNI QABUL QILISH DARAJASI

“Turli jins – turli miya”, - olimning bunday fikri ortiqcha qat’iydek tuyulishi mumkin, biroq o’g’il bola va qiz bola o’quvchilarda axborotni ishlashni va mustahkamlash jarayonlari bir-biridan farq qilishi bugungi kunda hech kimda shubha uyg’otmaydi. O’g’il bolalar, eng avvalo, ma’no izlashga yo’naltirilgan bo’lib, uni “ushlab olib” ular zudlik bilan harakat qilishga tayyor bo’ladilar. Qiz bolalarga esa, aksincha, ma’noni “uqib olish” uchun ko’proq vaqt talab qilinadi.
Materialni “takrorlash” va “mustahkamlash” an’anaviy usullari o’g’il bolalar uchun emas, ularning miyasi bunga ehtiyoj sezmaydi va avtomatik ravishda “uzilib qoladi”. Shu tufayli matnlarni, ba’zan, ma’nosiga tushunmagan holda osonlik bilan yodlab olgan ko’klarga ko’tarib maqtalgan “qiroatxonlar” ko’proq qiz bolalar orasida uchraydi. O’g’il bolalarga xos tahliliy aql xususiyati ularga, odatda, qo’ldan kelmaydigan ma’nosiz “tushunmasdan yodlash”gacha “tubanlashish”ga yo’l qo’ymaydi.

2. FE’L-ATVORLAR: MASKULIN VA FEMINLI

Bolalardagi gender farqlar juda erta o’zini namoyon qiladi. Eng avvalo, bu fe’l-atvor “manzarasi”da “o’qiladi”.  
O’g’il bolalar fe’l-atvorlari uchun xos bo’lgan o’ta faollik, jo’shqinlik, pala-partishlik ularni sipo, og’ir-bosiq, saranjom-sarishta va qunt-sabotli qiz bolalardan jiddiy ravishda farqlaydi. Shubhasiz, o’g’il bolalar bilan tarbiyaviy ishlar qiz bolalarga pedagogik yondashuvlardan farq qilishi kerak.    

 O’g’il bolalar qandaydir bir narsaga 20-25 daqiqadan ortiq e’tibor saqlay olmaydilar – faol dam olishlari, jismoniy (va ruhiy) yengillashishlari kerak. Buning o’rniga, o’g’il bolalarga avval boshdan yot bo’lgan “femin” turidagi fe’l-atvor majburan yuklanadi. Ulardan og’ir-vazminlikni, qunt-sabotlilikni, batartib fe’l-atvorni talab qiladilar, buning natijasida maktabdan ko’ngli sovitiladi xolos. Buning barchasi juda ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin: bolalar shifokorlari 85% holatlarda aynan o’g’il bolalarda ruhiy muammolarni tashxislaydilar.

Maktab o’quvchilarining bunday zaifliklarini mutaxassislar sinfdosh qiz bolalar va ayol pedagoglar tomonidan ta’sir bilan izohlaydilar. O’g’il bola ayol fe’l-atvorini qabul qilib, “feminizasiyalanadi”. Buning oqibati esa – jur’atsizlik, qo’rqoqlik, mas’uliyatsizlik va infantillik yuzaga keladi.
Alohida-alohida o’qitishda ushbu barcha muammolarni “chetlab o’tish”ga erishiladi.


3. RIVOJLANISH SUR’ATLARI

O’g’il bola va qiz bola o’quvchilarning rivojlanish xususiyatlari va sur’atlarida ham jiddiy farqlar mavjud: qiz bolalar tezroq rivojlanadilar. Alohida-alohida o’qitish formatida qiz bolalar qismi muayyan bosqichda sezilarli ortda qolayotgan o’g’il bolalarga qaramasdan oldinga tabiiy sur’atda “harakatlanadi”.
Aralash maktablarda va sinflarda o’g’il bolalarda norasolik kompleksi rivojlanishi, u o’qishni umuman rad qilishi mumkin. Ayni paytda, diskretlik va teng imkoniyatlar sharoitlarida o’smirda o’zini rivojlantirish va takomillashtirish uchun jiddiy intilishlar paydo bo’ladi. Natijada – yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichlariga erishiladi.

4. XUROFOTLAR VA TAXLITLAR (STEREOTIPLAR)GA – YO’Q!

Jamiyatda juda tez-tez uchraydigan keng yoyilgan gender stereotiplari aralash turdagi maktablarda ustunlik qilishda davom etmoqda. Pedagoglar o’quvchilarga oliy ta’lim muassasalarini va kasblarni tanlash masalalarida qoloq qarashlarni majburan uqtirmoqdalar. Misol uchun Anyani programmachilik ixtisosi ko’proq Vanyaga mos kelishini, o’z navbatida, unga go’yo bichish va tikish erkaklar mashg’uloti emasligini uqtiradilar. Natijada, dunyo buyuk dizaynerlarni yo’qotmoqda.
Talabalarning alohida-alohida o’qitishga afzallik beriladigan pansionlarni tanlash erkinligi hech bir jihatdan cheklanmagan. Ushbu turdagi maktablarda hurlik muhiti hukmron bo’lib, o’g’il bola yoki qiz bola o’quvchining har qanday qaroriga teng qiziqish va tushunish bilan munosabatda bo’ladilar. Xarrogeyt kichik xonimlar uchun maktab bitiruvchilari statistikaga ko’ra ko’proq aniq fanlar va tibbiyot fanini o’rganishni tanlaydilar hamda dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga muvaffaqiyatli kiradilar, bundan ularning alma materi juda faxrlanadi.

Faqat ayol jinsiga xos o’z fazilatlarini maksimal rivojlantirish uchun qiz bolaga his-tuyg’uli aloqalar va ochiqlik hammadan yuqori qadrlanadigan o’qitish muhiti zarur. Qiz bolalar tabiatini kelajakka ishonch, sabr-chidamlilik va muomalalilik kabi kuchli tomonlar ajratib turadi. Yoppasiga “asossiz tenglashtiriladigan” aralash maktabda ushbu fazilatlar “yo’qolib qolishi” mumkin.

O’g’il bolalarda boshqacha ustunliklar. Ularga sog’lom raqobatchilik sharoitlarida yetakchilik maqomiga intilish xos bo’lib, xavf, tavakkalchilik bilan bog’liq vaziyatlardan qo’rqmaydilar va omadni sinab ko’rish imkoniyatini boy bermaydilar. O’g’il bolalar va o’smirlarda taslimchilik kayfiyati nafrat uyg’otadi, kattalar va tengdoshlar bilan munosabatlarda ular dangallik va murosasizlikni afzal biladilar. Maktablardagi ta’lim dasturlari va metodikalari “erkak” psixotipi xususiyatlariga mo’ljallangan.


Separate schools – zohidlik (asketik) turmush tarzini nazarda tutadigan qandaydir monastirlar deb o’ylamaslik kerak. O’g’il bola va qiz bola o’quvchilarning o’zaro muloqotlari nafaqat cheklanmaydi, balki rag’batlantiriladi. Britaniyaning “oilalar bilan do’stlashish” an’anasiga, masalan, bir necha asrlardan buyon amal qilib kelinadi. O’g’il bolalar uchun maktablar qiz bolalar uchun maktablar bilan birgalikda tadbirlar o’tkazadi, hamkorlikda dam olishni tashkillashtiradi: maktab spektakllarini qo’yish, konsertlar o’tkazish, safarlar va bilim orttirish ekskursiyalariga chiqish tadbirlarini amalga oshiradilar. Qo’shma maktablar o’quvchilari bilan munosabatlar ham taqiqlanmaydi.

Oddiy maktab o’qish kunlariga to’xtaladigan bo’lsak, alohida-alohida o’qitishda o’smir o’zi uchun birinchi marta qarama-qarshi jinsni kashf qiladigan balog’atga o’tish davri muammolari bilan bog’liq qayg’urishlar va muammolar mavjud emasligi o’smirga butun diqqat-e’tiborini o’qishga jalb etish va o’z kelajagi to’g’risida o’ylab ko’rish imkonini beradi. Hech nima, asosiysi, hech kim e’tiborini chalg’itmaydi!

Zamonaviy pedagogik g’oya alohida-alohida o’qitishning quyidagicha “plyus” holatlarini qayd etadi:
• yanada yuqori o’zlashtiruvchanlik;
• komplekslarsiz va o’zaro bo’ysundirishsiz uyg’un rivojlanish;
• ehtimoliy nizoli vaziyatlar paydo bo’lish xavfining kamayishi;
• o’quvchilarning ruhiy-jismoniy holatlari yaxshilanishi.

Tabiiyki, har qanday ijtimoiy ahamiyatga ega an’analar kabi alohida-alohida o’qitish shakliga ham qarshi tomonlar mavjud.

Biroq qayd etiladigan “minuslar” sezilarli darajada kamroq va ular juda shubhali, bunday maktablar va sinflar amaliyotining muntazam kengayib borishi, uning o’quvchilar orasida ham, ota-onalar orasida ham, pedagoglar orasida ham o’sib borayotgan mashhurligi esa “qarshi” qo’shimchali barcha asoslarning puchligidan dalolat beradi.