Nyu Xeyvendagi 360° View: Yale University

Ko‘p asrlik tarixga ega eng ko‘hna va noyob universitetlardan biri.

Taqdir taqozosi bilan turli mamlakatlarda bo‘lishimga to‘g‘ri kelgan. Dunyo bo‘yicha sayohat qilar ekansiz, “taassurotlar” qutisiga eng yorqin rasmlarni saqlab qo‘yish istagi tug‘iladi. Baxt izlash yo‘lida orttirgan eng qimmatli narsamiz - bilim va xotiralar. So‘ng sarson-sargardonlik yillarida hayotimizning bu sahifalarini qayta-qayta varaqlaymiz: birinchi o‘qigan kitobimiz, birinchi muhabbatimiz, farzandimizning birinchi so‘zi va birinchi qadamlari. Yillar o‘tadi, qarabsizki maktab o‘quvchilari birinchi sinfga chiqadi, bitiruv kechasi va eng yorqin talabalik yillari. Ko‘plab muhim hodisalarni tinimsiz sanash mumkin, ular qanchalik ko‘p bo‘lsa, hayotimiz shunchalik qiziqarli kechadi.

Mana, hozir ham yelkamga osilgan professional kamera bilan Yangi Angliyaning eng ko‘hna shaharlaridan biri  Nyu-Xeyven ko‘chalari bo‘ylab sayr qilmoqdaman. Shahar AQSHning Konnektikut shtatida, Nyu- Yorkdan shimoli-sharq tomonga 120 km narida joylashgan.

Станция Yale University в New Haven, мы добрались на поезде от Penn StattionYale University, New Haven stansiyasi, u yerga borish uchun Penn Stationda poyezdga o‘tirdik

O‘zim bilmagan holda qadimiy shaharchadan sershovqin talabalar shahriga tushib qoldim. Bu yerda hayot qaynaydi va ulug‘vorlik haqidagi bolalar orzusi kattalar hayoti va bilimlar og‘ushida haqiqatga aylanadi. Bu yerda yoshlar zamonaviy texnologiyalar va ajdodlar tajribasiga asoslanib butun dunyodan to‘plangan eng ilg‘or inson resurslari: eng yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va universitet kutubxonalari ichida kattalikda ikkinchi hisoblanadigan noyob kutubxonadan  foydalanish imkoniyatiga egalar.

Yel universiteti, darhaqiqat, Amerikaning eng nufuzli xususiy universitetlaridan biri hisoblanadi, uning diplomi butun dunyoda o‘tadi va tasdiqlash talab etilmaydi.  Garvard va Prinston bilan birgalikda “Katta uchlik”ni tashkil etadi. Universitet hududida Amerikaning 50 shtatidan va dunyoning 110 mamlakatidan kelgan qariyb 11 ming talaba va xorijiy fuqaro ta'lim oladi va yashaydi. Universitetning asosiy hududi 70 gektar maydonni egallagan, shuningdek 243 gektar yerda sport inshootlari va o‘rmonu-bog‘lar barpo etilgan bo‘lib, ular butun Nyu-Xeyven shahri bo‘ylab yoyilgan.

Tarixiy ildizlar va ulkan orzular

Qachonlardir  mahoratli g‘isht teruvchining qo‘li bilan terilgan tekis g‘ishtni qo‘lim bilan silab, o‘sha uzoq o‘tmish muhitiga sho‘ng‘ir ekanman, aynan shu onda qalbim talabalar ruhi bilan tutashadi, ma'rifat davriga qaytadi, xuddi vaqt mashinasida 18 asr boshlariga  tushib qolgandek bo‘laman.

1700 yilda ko‘pchiligi Garvard kolleji bitiruvchisi bo‘lgan puritanlar ruhoniylari Garvard universitetida olgan bilimlaridan  ko‘ngillari qolib, boshqa universitetga asos solishga qaror qiladilar va ushbu muborak zaminga ko‘chib keladilar. Butun bilim va aql-idroklarini ishga solib, o‘rta asrlardagi Yevropa universitetlarining eng ilg‘or tamoyillariga asoslangan ta'lim tizimini yaratadilar. Keyichalik bu bilim dargohi AQSHda oliy ta'lim rivojlanishiga mislsiz hissa qo‘shdi. U davrda Amerikaning ta'lim tizimida talabalarning universitet hududida yashashi ko‘zda tutilmagan bo‘lib, bu g‘oya Oksford va Kembridj universitetlari hayotga tatbiq etgan o‘sha davr Angliyasiga hos ideallarni aks ettirar edi. Yangi kollej tashkil etish g‘oyasi bilan ilhomlangan puritan ruhoniylari Garvardda yo‘l qo‘yilgan barcha xatolarni inobatga olib, 1701 yilda rasmiy ruxsat oldilar va Kollegial Maktab tashkil etish ishlarini boshlab yubordilar. Yel universitetining birinchi nomi aynan shunday edi.

Bu ajoyib shahar ko‘chalarida nimaga nazar tashlamang, hammasi ko‘hna tarixga ega. Masalan, universitet savdogar va saxovatpesha Ilayxu Yel nomiga atalgan. U o‘z vaqtida universitetga 560 funt sterling hadya qilgan va universitet kutubxonasini 417 ta noyob kitob bilan to‘ldirgan. Tez orada Nyu-Xeyven shahrining yuragi hisoblanadigan kollegial cherkov va ushbu organizmning miyasi - Konnektikut Xoll qad ko‘targan.  U Yelning eng qadimiy binolaridan biri hisoblanadi. Amerikaning beshta sobiq prezidenti  - Vilyam Govard Taft, Ford Jerald Rudolf, Jorj Bush katta va  Jorj Bush katta, Bill Klinton, shuningdek ko‘plab taniqli kishilar Yel universitetida o‘qigan. Ular safida AQSH va xorijiy mamlakatlarning davlat arboblarini, olim-u ishbilarmonlarini, madaniyat va san'at arboblarini ko‘rish mumkin.

O‘z davrining mashhur me'morlari tomonidan yaratilgan shahar obidalarini tomosha qilar ekansiz, ushbu ulkan loyihaning ko‘lamini tasavvur etasiz. Shahar turli uslublarda shakllangan: bu yerda ingliz mustamlaka usuli, Viktoriya davrining  gotikasi, mavrlar usuli-yu o‘ta zamonaviy usulda qurilgan bino va inshootlarni ko‘rish mumkin. Binolarning mahobati va go‘zalligi hayratga soladi, oq-kul rang va sariq-qizil g‘ishtdan qurilgan saroy minoralari va arklaridan tarkib topgan muhtasham binolar paypaslagichlarini har tomonga cho‘zib olgan sakkizoyoqni eslatadi. Temir panjara darvozalar, mehr bilan parvarish qilingan maysazorlar va hovlilar betakror butunlik hosil qiladi. Ularning ichida talabalar uchun o‘quv va yashash xonalari, dam olish xonalari, sport zallari o‘rin olganini tasavvur qilish qiyin. Bu binolarni talabalar yashaydigan bino deb atashga til bormaydi - bular betakror badiiy yaxlitlikni tashkil etgan me'moriy yodgorliklar. Yevropaning boshqa shaharlaridagi kabi bu shahar qiyofasida ham dastlabki uslub, haykallar saqlab qolingan. Shahar ko‘chalari bo‘ylab sayr qilar ekansiz, hozir qayerda ekanligingizni tushunishga urinasiz - Syurixdami, Londondami yoki Polshadami.

Miya uchun oziqa

Bilishimcha, Konnektikutda eng mazali pitssa pishiriladigan restoran aynan Yelda joylashgan. O‘sha qadim zamonlarda, bu zaminga birinchi italyan nonvoylari va restoratorlari ko‘chib kelganda, hozirgi restoran egalarining ajdodlari o‘z pitsseriyalarini ochganlar va Neapoli retsepti bo‘yicha pitssa pishirganlar. Avloddan avlodga o‘tib keladigan ingichka pitssa xamirining siri hech kimga oshkor etilmaydi, pitssa ichiga mijozlarning ko‘ngli tusagan narsa solinadi, dengiz mahsulotlaridan tortib, klassik tomat va ko‘katlargacha. Men chorrahagacha cho‘zilgan uzun navbatni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishga qaror qildim. Mashhur restoranda stol egallash uchun navbatda soatlab turasiz, keyin stolga o‘tirgach, eng mazali pitssani yana bir soat kutasiz. Ishtaham va qiziqishimni jilovlay olmadim-da, bu pitssani tatib ko‘rdim. Darhaqiqat, juda mazali pitssa, bunaqasini faqat Neapolida topish mumkin.

Madaniyat va ma'rifat kuniYosh talabalarning ochiq chehralariga ko‘z tashlar ekanman, meni bir fikr hayolimni egallaydi - bunday mo‘jizali joyda o‘qish yaratganning sahovati. Atrofdagi hamma narsa maftun qiladi, betakror ranglar, chunki aynan noyabrda Amerika manzaralari o‘zgacha chiroy kasb etadi, ko‘zni quvnatadi, sayr yanada ko‘proq zavq bag‘ishlaydi. Yam-yashil maysazorga har xil sariq tusdagi, jigar rang tomirli to‘q qizil barglar to‘kilgan.  Silliq tosh yotqizilgan yo‘l bo‘ylab ketar edim, oyoqlarim ostida barglar nimalarnidir shivirlaydi, qarshimda osiyolik yosh qizlar kelishyapti. Shamol meni jun paltoga o‘ranib olishga majbur qildi, ular esa mavsumga qaramay yozgi ko‘ylaklar, djinsi kurtka va slansalarda edi. Shamol sochlarini biroz to‘zg‘itgan bu chiroyli yosh qizlar qo‘llari bilan ishora qilib, ingliz tilida nimalarnidir muhokama qilishardi.

Shu kuni men soya-salqin hiyobonlarda sayr qilayotgan, bolg‘alangan temir va mustahkam tilla rang emandan yasalgan skameykalarda dam olayotgan ko‘plab ko‘rkam yosh chehralarni ko‘rdim. Ularning har birini o‘zimning eski fotoapparatimda suratga olishni istardim. Istaklarimni jilovlay olmay Yel badiiy galereyasiga bordim. Bu yerda dunyodagi eng qimmat rassom -Pablo Pikassoning asarlari tomoshaga qo‘yilgan, Yevropa va Amerika rassomchilik san'ati durdonalari va boy zamonaviy san'at asarlari kolleksiyasi namoyish etilgan.

Qandaydir bir ichki kuch meni katoliklar sobori - Troitsa soboriga borib boganini sezmay qolibman. Bu Nyu-Xeyvendagi eng ko‘hna sobor, yanglishmasam 17 asrga mansub, tosh zinalardan ko‘tarilib, kafedral zalga kirdim, ichkarida organ musiqasi yangrar edi. Skameykaga o‘tirdim, musiqaga quloq tutdim, go‘zal vitrajlarni tomosha qilib o‘tirib, kuzgi quyosh nurlari shisha orqali o‘tayotganiga guvoh bo‘ldim, shu payt menga bir fikr keldi: - Qanday ajib his, qalbingizda dunyoviy va diniy o‘ylar uyg‘anlashib ketsa, kundalik hayot tashvishlaridan charchaganda, kelib tin olish, kuch olish mumkin bo‘lgan makon bor bo‘lsa.

Yosh yo‘lboshchilar va porloq kelajak

Bir necha soat ko‘chada sayr qilib, butkul sovuq qotganimdan so‘ng, kafega kirib, oshirma keks bilan qaynoq kahva ichishga qaror qildim. Bu yerda mutlaqo o‘zgacha muhitga tushib qoldim: shinamgina kafeda talabalar boshqa ho‘rrandalarga ahamiyat bermay o‘z planshetlaridan bosh ko‘tarmas, matematik mashqlarni bajarishash va ilmiy ma'ruzalar yozishardi. O‘z stolimda o‘tirib, deraza orqali yo‘lovchilarga tikilardim, ba'zida kahva ichayotgan yosh talabalarga ko‘z tashlardim va ularning yoshligiga, maqsadga intiluvchanligiga havas bilan qarardim. Ular juda yosh, balki ba'zilari aynan Yel universitetida o‘z baxtini, haqiqiy muhabbatini uchratar. Ularni buyuk kelajak kutmoqda. Boshqacha bo‘lishi ham mumkinmas, axir ular ushbu go‘zallik, bilim va ajdodlar tafakkuriga yo‘g‘rilgan betakror makonda kattalar hayotiga birinchi qadamlarini qo‘ymoqdalar, bu yerda ular yulduzli osmonga tikilish,qanot qoqib uchishlari va o‘z yo‘llarini davom ettirishlari mumkin.