360° View: Queens University, Kingston shahri, Kanada

Kingstondagi Queens University haqida bilmoqchi bo‘lganlaringizning hammasi.

"It’s just me, myself and…Queens!"

«O‘rgan, o‘yla va harakat qil» - Kuins Universitetining shiorini aynan shunday talqin qilish mumkin. Talabalarni stipendiya bilan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy javobgarlik va tadqiqot ishlari borasida Kanadaning eng mashhur universiteti bo‘lgan Queens University o‘z talabalariga  biznes va astrofizikadan tortib, nozik san'at va tibbiyotgacha bo‘lgan turli  fan sohalarini o‘rganish uchun bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif etadi. Universitet, shuningdek, o‘zining klinik biotibbiyot, kompyuter texnologiyalari va injiniiring, ijtimoiy fanlar va ayniqsa, biznes maktablari erishgan ko‘plab yutuqlar bilan tanilgan; bu yer butun dunyodan kelgan  25000 dan ortiq olimlar, san'at arboblari, tadqiqotchilar, professor va talabalar faoliyat yuritadigan dargoh va ularni bir narsa birlashtiradi: ular kelajakni aniq tasavvur qiladilar va ungi erishish yo‘lida ishlaydilar.

Kuins bitiruvchilari - bu taniqli biznesmenlar, siyosat arboblari va Nobel mukofoti laureatlari. Bundan tashqari, shinamlik, iliq muhit va ham talabalar o‘rtasidagi, ham o‘qituvchilar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar bu Universitetni o‘quvchilar orasida taniqlilik borasida birinchi o‘ringa ko‘targan. Qiziqib qoldingizmi? Unda o‘qishda davom eting. Bu yerda Kingstondagi Queens University  haqida bilmoqchi bo‘lganlaringizning hammasi bor.


Queens University haqida

Avvalo, Kuins - bu yarim asrlik an'analar, akademik ustunlik va tadqiqotchilik faoliyati, shunga qaramay zamonaviy qulaylik va i ilg‘or ta'lim dasturlari uyg‘unligi. Kuinsdagi kishilar - o‘z ishining haqiqiy ustalari va ular uchun eng asosiysi - o‘z bilimlarini zamonning eng dolzarb muammolari yechimini topishga yo‘naltirish va dunyoni yaxshi tarafga o‘zgartirish. Buning uchun universitetda barcha sharoit yaratilgan; universitet kampusi hududi kichkina bo‘lishiga qaramay, u yerda eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 6 ta kutubxona, bir necha kasb kolleji, maktab va ilmiy-texnikaviy laboratoriya, shuningdek ajoyib muzey va madaniyat markazlari, aynan butun Kanadaga mashhur Agnes Ezerington San'at markazi va Izabel Baders Kuins Teatr markazi joylashgan. Shunday qilib, Universitet har qanday fakultet talabasining akademik va ijodiy talablariga to‘liq javob beradi.


Fakultetlar

Queens - doiim takomillashtirib boriladigan ta'lum dasturlariga ega ko‘p tarmoqli universitet bo‘lib, asosan, olingan bilimlarni amalda qo‘llashga va o‘z tadqiqotlari olib borishga yo‘naltirilgan. Universitet ko‘plab maktablarda bilim olishni taklif etadi - bular tijorat, san'at, amaliy fanlar, huquq, injeneriya va texnologiyalar, ijtimoiy fanlar, tibbiyot, ammo bularning ichida eng unumli  va taniqlilari - bu:

  • Kompyuter fanlari va injiniiring;
  • Globallashuv hodisasini o‘rganish;
  • Klinik biotibbiyot;
  • Ekologiya va muqobil quvvat manbalarini o‘rganish;
  • Ijtimoiy muammolarni o‘rganish;
  • Biznes fakultetlari va maktablari.

YUqorida sanab o‘tilgan fakultet va maktablar - Universitetning faxri, chunki u yerda o‘qitish jarayoni Kanadadagi eng samarali ta'lum dasturlari asosida yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, Kuinsni Kanadaning eng istiqbolli tibbiyot universitetlari ichida to‘rtinchi o‘ringa olib chiqqan biotibbiyot fakulteti yoki Queens Project on International Developmentga asoslangan ijtimoiy muammolar fakulteti, nafaqat Kanada, balki Gayana, Gana, Boliviya, Peru, Hindiston va Nikaraguaning jamiyat qurilishi markazlari bilan hamkorlik qiladigan talabalar tashkiloti va, albatta, talabalari o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish yo‘lida eng zo‘r professorlar, texnologiyalar borasida dunyoda erishilgan eng ilg‘or yutuqlar bilan ishlash  imkoniyatiga ega bo‘lgan kompyuter fanlari va injiniiring fakulteti.

Kuins bizes maktabi - bu dunyodiga eng birinchi biznes maktabidir. Uchta toj, ya'ni AACSB, EQUIS va Association of MBAs nufuzli xalqaro akkreditatsiyalari sohibi. Bu maktab Kanadaning eng innovatsion maktabi (u haqiqatan ham rasmiy reytinglarda birinchi qatorlarda turadi) va o‘z talabalariga akademik ustunlik va o‘qish davomida tajriba orttirish imkonini taklif etadi. Bu yerda MBA va Executive MBA, global menejment bo‘yicha magisterlik dasturlari, Rahbarlarni rivojlantirish markazining ochiq va korporativ dasturlari bor. Xullas, agar biznes sohasida oliy darajali ta'lim olishni istasangiz, buning uchun Kanadada Kuinsdan yaxshi bilim dargohi topa olmaysiz.

Bundan tashqari, kuinsda bo‘lajak ekologlar uchun juda qiziqarli dasturlar tashkil etilgan: bular 21-asrning eng dolzarb ekologik muammolari va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilinadigan Earth Centre va 2010 yilda Universitet rektori tomonidan tasdiqlangan va Delfi Grup bilan hamkorlikda ishlaydigan Climate Action Plan. Bu dageni, ekologiya muammolari bilan qiziqadigan talabalar professinal ekologlar bilan ishlash, asosan, sanoat chiqindilarini tabiatga arib chitashlash va iqlim o‘zgarishini nazorat qilishga qaratilgan yangi mexanizmlar va loyihalarni rejalashtirish va yaratish imkoniyatiga egalar. Eng qiziqarli yangilik - bu Vermicomposting. Bu talabalar hamjamiyati bo‘lib, u yerda organik moddalarni chiritish uchun chivinning qizil lichinkalaridan foydalanishni o‘rganiladi.


Kampus va talabalar hayoti

Kuins kampusi - kichkina hudud bo‘lib, shunga qaramay u yerda barcha zarur infratuzilma: supermarketlar, kafe, klinik markazlar, sport majmualari va talabalar uchun 17 ta yotoqxona bor. Kuinsda turli talabalar hamjamiyatlarini tashkil etish olqishlanadi; u yerda ijtimoiy tenglik, volonterlik faoliyati va ekologiya harakatlariga katta ahamiyat beriladi.

Kuinsa talabalari - bu dunyoning 110 dan ortiq davlatlaridan kelgan ochiqko‘ngil va do‘stsevar yoshlar. Uninversitet, shuningdek, sportchilarning salohiyatini to‘liq ochish uchun ko‘plab imkoniyatlar (30 dan ortiq sport seksiyalari, hato kamondan otish seksiyasi ham bor), basseyn, fitnes (yoga, raqs) va sport zallarini taklif etadi. Universitetda talabalarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bor, istaganlar unga a'zo bo‘lishi va ishlashi mumkin, shuningdek o‘z radio va mediasi bor.

Universitet qirg‘oq hududida, Kanadaning ommaviylikda uchinchi shahri hisoblanadigan  Kingstaundan 15 daqiqalik masofada joylashgan, xullas, zarurat bo‘lsa shaharga borib kelish mumkin.

Xorijiy talabalar uchun o‘qishga kirish shartlari va o‘qish haqi

Kuinsda bakalavr dasturi bo‘yicha o‘qish xorijiy talabalar uchun tanlangan fakultetga qarab CAD$ 20,000 - $29,000 ni tashkil etadi. Magistratura dasturlari arzonroq - CAD$ 7,500 - $13,000.

O‘qishga kirish uchun talablar:

  • Eng kamida IELTS Band Score yoki TOEFL 88;
  • O‘rta ma'lumot haqida attestat;
  • Motivatsiya xati;
  • Tanlangan fakultetga qarab qo‘shimcha talablar.

Nima uchun aynan Queens?

Ta'limga amaliy va moslashuvchan yondashuv, a'lo darajadagi dasturlar va kasb maktablari, haqiqatan bilim berishga intiladigan professorlar tarkibi, talabalar o‘z qiziqishlari va xobbilarini rivojlantirishlari uchun yuzlab imkoniyatlar - bu Sizga Queens University taklif etishi mumkin bo‘lganlarning bir qismi, xolos. Darvoqye, milliarder muhandis, PayPal, Tesla Motors va Space X kompaniyalari asoschisi Ilona Maske yoki  eng taniqli huquq o‘qituvchilaridan biri, Kanadaning amaldagi general-gubernatori Devid Lloyd-Jonston haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak? Har yili Kuinsda o‘qish istagini bildiradigan yuzlab talabalar singari, ular ham qachonlardir zarur bilimlarga ega bo‘lish va harakat qilishni boshlashni orzu qilganlar. Bugun ular o‘z orzularini ro‘yobga chiqardilar va o‘zlari istagandek, ommadan ajralib chiqa olgan va ulkan yutuqlarga erishgan inson bo‘lib yetishdilar. Dunyoni o‘zgartiradigan insonlardan biri bo‘lishni istaysizmi? U holda Kuins Universiteti - aynan siz orzu qilgan bilim dargohi!