Masafadan turib o‘qish. An'analar bilan baxslashib

Masofadan onlayn o‘qish endi-endi ommalashib bormoqda va tobora keng tarqalmoqda. Uning ustunliklari nimada?


Axborot texnologiyalari an'anaviy oliy ta'lim bilan baxslashmoqda. Eng taniqli masofadan o‘qish sayti bo‘lgan COURSERA 6 milliondan ko‘p foydalanuvchilarga ega i yuzlab turli kurslarni taklif etadi. Tinglovchilar o‘qituvchilar bilan, masalan, skayp orqali muloqot qilishlari, imtihon topshirishlari va sertifikat olishlari mumkin. Mashg‘ulotlarni Singapurdan tortib Kaliforniyagacha bo‘lgan yetakchi universitetlarning mustaqil ekspertlari va professorlari olib boradilar.

Bugungi kunda masofadan o‘qishning ikkita strategiyasi bor:

  • tinglovchi ro‘yxatdan o‘tadi, o‘qish haqini to‘laydi va shundan keyingina kurslarda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi;
  • kurslarda istagan kishi bepul o‘qishi mumkin, imtihon topshirish va sertifikat olish uchun esa to‘lash kerak.

Amerika universitetlari ikkinchi yo‘lni tanlaganlar va o‘zlariga ishonchlari kuchli. Yevropa universitetlari esa konservativ yo‘ldan ketdilar va orqada qolmoqdalar.


Onlay-ta'limning bunday jadal rivojlanishi talaba uchun raqobatni kuchaytirmoqda. Endi tanlash imkoniyati bor: o‘rtacha OO‘YUda yashash va o‘qish uchun to‘lash yoki uyda qolib xuddi shu pullarni oliy toifali universitetda o‘qishga investitsiya qilish.

Ammo masofadan o‘qish pragmatik bilim olish bilan cheklanib qoladi, klassik universitet  ta'limi esa - bu doim o‘qituvchilarning talabalar bilan, talabalarning bir-birlari bilan bevosita muloqoti, kampus muhiti, akademik ruh, start olish imkoniyatlari.

Ijodiy fanlar bilan qanday yo‘l tutish ham tushunarsizligicha qolmoqda, axir bunda o‘qituvchi-o‘quvchi aloqasi ta'lim jarayonining majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi.  Akterlik mahoratini sirtdan egallash mumkinmi? Aytgancha, onlayn “o‘qish”ni boshlab bergan iqtisodiy fanlarni aniq shaklga keltirish qiyin, chunki bu yerda gumanitar jihat ustunlik qiladi. Qanaqasiga aylantirmang, iqtisod - bu inson va moliya haqidagi fan.

Umuman olganda - masofadan o‘qish unchalik yangi hodisa emas. O‘n yillar davomida mamlakatimizda, hozirda yo‘q bo‘lib ketgan mamlakatimizda, sirtdan o‘qish usuli bo‘lgan. Ammo hech kimda hech qanaqa savol tug‘ilmagan. Internet-formatdagi masofadan qish esa o‘ziga xos “evolyutsiya” yo‘lini bosib o‘tdi. Hammasi 90-yillarda, umumjahon tarmog‘i makonida onlayn o‘qish kurslari paydo bo‘lganda boshlandi. Onlayn ta'lim loyihalarining keyingi bosqichi nisbatan yaqinda boshlandi. Muayyan sana ham bor - 2001 yil yanvar. Shu yili ommaviy onlayn ta'lim kurslari - MOOKlar paydo bo‘ldi.

Birinchi bo‘lib Stenford boshladi, keyinchalik unga sekin-sekin boshqa yetakchi oliy o‘quv yurtlari qo‘shildi. Ta'lim tizimidagi revolyutsiyani MOOK paydo bo‘lishi bilan bog‘laydilar.

Birinchidan, oldinlari ko‘pchilikning hamyoni ko‘tarmagan elita ta'lim endi deyarli bepul bo‘ldi va endi dunyoning deyarli istalgan nuqtasida ta'lim olish mumkin. Kurslarni muvaffaqiyat bilan tamomlayapganlar (vijdonan bo‘lishi uchun aytish lozimki, bundaylar ko‘p emas) qonuniy sertifikatlar olmoqdalar. Balki bu Stenford yoki Garvard diplomiga mutlaqo teng emasdir, ammo onlayn-tinglovchi olgan sertifikatga oqqa qora qilib haqiqatan ham xuddi o‘sha Garvard va Stenfordning taniqli professorlarining kurslarini tinglagani yozib qo‘yilgan.

Ikkinchidan, muhim jihati shundaki, onlayn kurslarning yangi dizayni paydo bo‘lmoqda. Bu endi auditoriyada yozib olingan ikki soatlik leksiyalar emas, balki batafsil sharh berilgan qisqa videoroliklar. Rolik, odatda, 7-12 daqiqa davom etadi va unda ko‘pi bilan ikkita g‘oya muhokama qilinadi. Aytish lozimki, bunday format zamon talablariga mutlaqo javob beradi. YAqinda olimlar zamonaviy yoshlar fiziologik jihatdan o‘z diqqatlarini muayyan narsaga 10 daqiqadan ko‘p qaratib tura olmasliklarini isbotladilar.  Agar 2000 yilda bu ko‘rsatkich 25 daqiqa bo‘lgan bo‘lsa, 2015 yilda u 10 daqiqagacha qisqarishga ulgurdi.

Shunday ekan, hammamiz borgan sari masofadan o‘qishga o‘tib olamiz, degan fikr to‘g‘rimi, va bu nimalarga olib keladi?

COURSERA platformasida auditoriya har 6 oyda ikki martaga oshmoqda. Ammo, hozircha faqat onlayn-ta'lim parallel ta'lim bo‘lib qolmoqda va oliy o‘quv yurtlarida talablar kamayishiga olib kelmayapti, deb ishonch bilan aytish mumkin. Hozir u ko‘proq mustaqil ta'limga yaqin, ammo an'anaviy akademik kurslarning o‘rnini onlayn kurslar bilan to‘liq to‘ldirish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu, avvalambor, AQSHga taalluqli.

Qanchondir masofadan elita ta'lim olish mumkin bo‘lishi amri mahol. Tasavvur qiling, eng zo‘r professor leksiyani onlayn o‘qidi. Ammo, na mashhurlik, na obro‘ va na originallik skayp-suratni tirik insonga aylantira olmaydi. Rivojlangan madaniyatlarning ko‘pchiligi  ko‘p kontekstli, oddiy qilib aytganda asosiy bilimlar auditoriyadagi leksiyalar orqali emas, balki o‘qituvchi bilan o‘quvchining koridor, oshxonadagi bafurja suhbati davomida, seminarlardagi baxs-munozaralar chog‘ida orttiriladi.

Eng mohir kasb egalari bilan bevosita muloqotsiz “yuqori” professional”ni tarbiyalab bo‘lmaydi!

Masalan, MDUda an'anaviy leksiyalar o‘rniga talabalar bilan uchrashuvga bozor yetakchilarini taklif qilish amaliyoti qo‘llanmoqda, ular u yoki bu soha qanday ishlashi to‘g‘risida so‘zlab bermoqdalar. Professorlar bu tendensiyani yoqlamoqda - faqat amaliyotchigina jonli muloqot chog‘ida talabalarga jarayonlarning mohiyatini ochib bera oladi. Ular bo‘lmasa, kim?

Nima demaylik, ta'lim sohasidagi onlayn-yangilikning yaqqol ustunliklarini ham aytib o‘tishimiz adolatdan bo‘ladi.

 Masofadan turib o‘qish - bu tashqaridan majburan tiqishtirilgan tizim emas, balki insonning ongli, aniq maqsadga yo‘naltirilgan tanlovi. Bu narsa “ish berishi” uchun inson aniq rag‘batga ega bo‘lishi kerak: “men ko‘p pul to‘lamasdan Garvard diplomini olishni juda istayman”, “men butun kelajagim uchun hayot dasturini o‘zim tuzaman” va, nihoyat, “o‘zimga investitsiya qilish uchun javobgarlikni butunlay o‘z zimmamga olaman”.

Tarixda ko‘plab jarayonlarni ko‘rish mumkinki, ularni yaxshi/yomon, ijtimoiy balo/manfaat nuqtai nazaridan baholab bo‘lmaydi, ammo hamma o‘zi uchun qaror qilishi kerak - ishtirok etamanmi yoki etmaymanmi. Ishtirok etmasligimiz mumkin emas - jadal rivojlanayotgan ilmiy-texnikaviy taraqqiyot bunga yo‘l qo‘ymaydi. Faqat 15-20 yildan keyin, hozirgi “raqamli” avlod uzil-kesil shakllangandagina baholashimiz mumkin.