Nima uchun TedQual akkreditatsiyasi sayyohlik dasturlari uchun o‘ta muhim?

2013 yil noyabr oyida Turiba universiteti UNWTO.TedQual akkreditatsiyasini oldi. Buning ustunligi nimada?

TedQual - ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimi bo‘lib, sayyohlik sohasida ta'lim tizimi rivojlanishiga, malakali kadrlar tayyorlashga va bu sohadagi ilmiy-tadqiqot dasturlarini takomillashtirishga ko‘maklashadi. Bu maqsadda UNWTO.TedQual tomonidan sayyohlik sohasida ta'limning asosiy sifat standartlari ifodalangan. UNWTO.TedQual, birinchi navbatda, beshta ichki va tashqi omilni hisobga oladi: 

  • tadqiqotlar rejasining kogerentligi;
  • infratuzilma va pedagogik qo‘llab-quvvatlash;
  • siyosat va ma'muriy boshqaruvni qo‘llab-quvvatlash vositalari va mexanizmlari;
  • o‘qituvchilarni tanlab olishning shaffof mexanizmlari va ular kasb borasida rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarning borligi;
  • ta'lim dasturlarining sayyohlik sektori ehtiyojlariga mosligi masalasining dolzarbligi.

UNWTO.TedQual sertifikatiga kim talabgor bo‘lishi mumkin?

UNWTO.TedQual sertifikatiga hech bo‘lmaganda bitta doimiy sayyohlik dasturi bo‘yicha ishlaydigan istalgan ta'lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi talabgor bo‘lishi mumkin.

UNWTO.TedQual sertifikatini qanday olish mumkin?

1-qadam. Ma'lumot olishga so‘rov yuborish

Faoliyati sayyohlik sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘z standartlari TedQual sifat standartlariga mosligi tasdiqlanishidan manfaatdor bo‘lgan ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari UNWTO.Themis jamg‘armasining elektron manziliga yozma talabnoma yuboradilar. Talabnomani olganidan so‘ng, jamg‘arma sertifikatlashtirish tizimi haqida ma'lumot va dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish shaklini yuboradi.

2-qadam. Dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish

TedQual sertifikatlashtirish tizimiga rasmiy tarzda kiritilishdan manfaatdor bo‘lgan har qanday muassasa yozma talabnomaga to‘g‘ri to‘ldirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish shaklini ilova qilib yuboradi. Bunday “cho‘zilib ketgan” taomil boshlang‘ich bosqichdayoq ikkala taraf o‘rtasidagi har qanday ziddiyatlarni aniqlash imkonini beradi. Bunday ziddiyatlarning borligi sertifikatlash taomili o‘tkazilganidan so‘ng UNWTO.Themis qabul qiladigan qarorga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Jamg‘arma yetti kun ichida iltimosni ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

3-qadam. Ro‘yxatdan o‘tish badali

Agar talabnoma qabul qilinsa, so‘rovni yuborgan taraf ro‘yxatdan o‘tish badalini to‘lashi lozim, bu badal summasi keyinchalik sertifikatlashtirish umumiy qiymatidan chiqarish tashlanadi.  So‘ng  UNWTO.Themis tomonidan UNWTO.TedQual jamoasida ishlaydigan mustaqil ekspert tayinlanadi, shu ekspert tegishli ilmiy-ta'lim muassasasida auditorlik tekshiruvini o‘tkazadi.

4-qadam. Audit

Tekshiruv o‘tkazishning barcha shartlari kelishilgandan so‘ng, muassasa zarur summani o‘tkazadi (ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘langan badalni chiqarib tashlagan holda), jamg‘arma, o‘z navbatida, unga auditorlik tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha batafsil reja, shuningdek misol tariqasida o‘z tajribasida yuz bergan muayyan holat tavsifini yuboradi.

Barcha ma'lumotlarni olganidan so‘ng, muassasa:

  • zudlik bilan ishni boshlash;
  • tekshiruvga yaxshiroq tayyorgarlik uchun jarayonni ko‘pi bilan 60 kunga to‘xtatib turish;
  • tekshiruv boshlangunicha jarayonni bekor qilish haqida qaror qabul qilishi kerak.

Agar o‘quv muassasasi auditni bekor qilishi haqida UNWTO.Themis jamg‘armasini belgilangan sanadan 3 hafta oldin yozma ravishda ogohlantirsa, to‘langan summa qaytariladi. Jamg‘arma ma'muriy va bank xarajatlarini qoplash uchun summaning faqat 25 foizini ushlab qoladi.

5-qadam. Sertifikatlashtirish

Audit o‘tkazganidan so‘ng, ekspert UNWTO.Themis jamg‘armasiga hisobot yuboradi, u, o‘z navbatida, hisobotni TedQual sertifikatlashtirish bo‘yicha komitetiga baholash uchun yuboradi. Ijobiy baho ta'lim dasturi UNWTO.TedQual sifat belgisini olishini kafolatlaydi, natija salbiy bo‘lsa, 6 oy davomida takror tekshiruv o‘tkazilishi mumkin, bunda uning qiymati dastlabki tekshiruv qiymatidan ikki marta kam bo‘ladi. Sertifikatlashtirish natijasidan qat'i nazar UNWTO.Themis tegishli tavsiyalar berilgan auditdan keyingi hisobotni yuboradi.

UNWTO.TedQual sertifikati qanday ustunliklar beradi?

TedQual sertifikatining noyobligi shundaki, u YUNVTO tomonidan berilgan yagona xalqaro sifat sertifikati hisoblanadi. Bu auditorlik tekshiruvidan muvaffaqiyat bilan o‘tgan ta'lim muassasasiga rasmiy blanklar, reklama materiallari va boshqa hujjatlarda UNWTO.TedQual logotipidan foydalanish imkonini beradi, bu esa institut va uning dasturlari xalqaro miqyosda tanilishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, institut UNWTO.TedQual yaxlit tizimi sektorlaridan biri maqomini oladi va quyidagi dasturlarga kiritiladi:

UNWTO.TedQual Almashish dasturida

  • talaba va o‘qituvchilar uchun UNWTO.TedQual va UNWTO.Themis muassasalarida stajirovka o‘tish;
  • «Sayyohlik va rivojlanish sohasida xalqaro hamkorlik» universitet kursi uchun stipendiya olish;
  • hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish;
  • UNWTO.TedQual nashrlarida (jurnal va h.k.) muharrir / muallif sifatida ishtirok etish (jurnal i t.d.);
  • Har yili o‘tkaziladigan UNWTO.TedQual Worldwide tadbirida ishtirok etish; UNWTO.TedQual  tarmog‘i a'zolari ishtirokida konferensiya va boshqa tadbirlar o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarda YUNVTO ko‘magini olish imkoniyatlari ko‘zda tutilgan. 

UNWTO.TedQual Ustoslik dasturi

  • kamroq rivojlangan mamlakatlarda  ta'lim dasturlarini yaratish va yaxshilash bo‘yicha loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish.

Shuningdek, sayyohlik ta'limi bilan bog‘liq har qanday tashabbuslarda BMTga a'zo davlatlar tomonidan ko‘mak va UNWTO ma'lumotlar bazasiga kiritilish.

2013 yilda Turiba  universiteti auditorlik tekshiruvidan muvaffaqiyat bilan o‘tdi. Baholovchi auditor vazifasini professor Jordj Abbelod bajardi. Tekshiruv tugaganidan so‘ng, professor hujjatlar puxta tayyorlanganini, infratuzilma yaxshi tashkil etilganini, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro murosa va tushunish muhiti hukm surishini alohida ta'kidlab o‘tdi. Natijada xalqaro sayyohlik fakultetida ishlab chiqilgan ikkita dastur eng uzoq - to‘pt yil muddatga xalqaro akkreditatsiya sertifikatini oldi, bular:

  • “Sayyohlik va me?monxona so?asi korxonalarini bosh?arish ” ( bakalavrlar uchun)
  • “Sayyohlikni strategik boshqarish ” (sayyohlar uchun)

TedQual akkreditatsiyasi har qanday oliy o‘quv yurtiga nafaqat nufuz yoki tijorat muvaffaqiyati uchungina kerak, deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Xususan, TedQual sertifikati Turiba Universitetiga sayyohlik industriyasiga ixtisoslashgan dunyoning yetakchi ta'lim muassasalari tarkibiga kiruvchi ta'lim hamjamiyatiga a'zo bo‘lish imkonini beradi.