Erasmus Plus stipendiyasi - real imkoniyat

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Globallashuv tendensiyalari ijtimoiy hayotning barcha sohalariga ta'sir qildi. Iqtisodiyot, siyosat, din... Albatta, eng ahamiyatli bo‘lgan  ta'lim segmenti ham bundan istisno emas, aksincha, u birinchilar qatorida bo‘ldi, deyish mumkin. Hyech kim bir onda dunyo fuqarosiga aylanib qolmaydi, dunyo miqyosidagi eng muhim jarayonlarga shaxsan aloqadorligini tushunib yetish maktab partasidan boshlanadi va oliy ta'lim darg‘ohini tark etganda oxirigacha shakllanadi. Aniqroq aytsak, bugungi kunda ozmi-ko‘pmi ongli fikr yuritadigan inson turli mental madaniyatlar yaqinlashishi, integratsiyalashishi jarayoni - qonuniy va muqarrar jarayon ekanini juda yaxshi tushunadi. Sanoat, iqtisodiyot, madaniyat sektori internatsionallashishi sekin-asta shunga olib keldiki, bugungi dunyoda faqat yirik ko‘lamli kategoriyalar bilan fikrlaydigan, tor milliy yoki sun'iy yaratilgan shartli geografik cheklovlarga bardosh qilmaydigan individgagina ehtiyoj bor. “Dunyo” mehnat birjasi esa har qanday yangi sharoitlarga tezda va ortiqcha aziyatsiz moslashish imkonini beradigan bilim, ko‘nikma va faziyalatlarga ega professional mutaxassislarni talab qilmoqda. O‘zga madaniyat muhitiga moslashishga na til to‘siqlari, na ta'lim standartlari xalaqit bermasligi kerak. Homo sapiensning  postindustrial rivojlanish bosqichi boshidanoq dunyo mehnat bozorida raqobatga bardoshli va talabgir mutaxassis - bu tor shaxsiy, “mahalliy”  manfaatlardan kelib chiqadigan tor mutaxassis emas,  balki qadriyatlari tizimi butun Yer sharini qamrab oladigan xalqaro globalist ekanini belgilab berdi.  

Turgan gapki, bunday vaziyatda xalqaro ta'lim dolzarb ahamiyat kasb etadi. Gap bu yerda rezyumeni bezab turadigan nufuzli diplom yoki xorijda amaliyot o‘tgani to‘g‘risidagi yozuvda emas. Yangi zamon yangi insonni, o‘zgacha maqsad va ehtiyojlarga ega insonni talab etmoqda, o‘z talabalariga xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taklif etadigan ta'lim dasturiga ega oliy o‘quv yurtlari esa zamonaviy talabalar uchun ustuvor bo‘lib bormoqda. Ta'lim tizimiga bunday yondashuvlar, ko‘pincha, almashish dasturlari orqali amalga oshiriladi va ular ichida eng nufuzli bo‘lgan talabalar almashish dasturi -  bu ERSAMUS MUNDUS.

Tarixga nazar

«Erazmuslar» tarixi 1987 yilda, YEI mamlakatlari uchun mo‘ljallangan talabalar almashish notijorat dasturi - ERASMUS (u paytda hali «mundus» so‘zi yo‘q edi) start olganda boshlangan. Yangi dastur Yevropa yoshlarini o‘qishga, oliy ta'limning barcha ustun tomonlarini tushunib yetishga, maktab o‘quvchilari va talabalarni o‘ziga baho berish chegarasini yanada yuqoriga ko‘tarishga rag‘batlantirishni o‘z oldiga maqsad qilgan, g‘urur va salohiyatni faollashtirishga da'vat etar edi. Dastur o‘qituvchilarga keng imkoniyatlar ochib berdi, endi ular chet el oliy o‘quv yurtlarida pedagogik faoliyat yuritishlari mumkin bo‘ldi, abituriyentlarga chet el oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishlarida yordam berdi, amaliyotchilar uchun Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlarga safar tashkil etdi. Butun Yevropa mintaqasini qamrab olgan bu dasturning moddiy ta'minotini Yevropa Ittifoqi va mahalliy universitetlar o‘z zimmalariga oldilar. Xalqaro talabalar ularning chet elda yashash bilan bog‘liq xarajatlarini qoplaydigan stipendiya olish imkoniyatiga ega edilar. Aytish lozimki, ERASMUS faoliyati prinsiplarini dasturning nomidan ham bilib olish mumkin. Bu nom 16-asr Shimoliy Uyg‘onish davrini va o‘sha davrning «fikrlar hukmdori», Niderlandiya gumanisti Erazm Rotterdamskiyni eslatadi. Uni insoniyat tarixidagi birinchi globalist deb atash mumkin - faylasuf butun Yevropani aylanib chiqqan, ko‘plab Yevropa universitetlarida o‘qigan va dars bergan, yangi bilimlar olgan va boshqa mamlakatlarning madaniy tajribasini o‘zlashtirgan.

ERASMUS dasturi bilan birga ERASMUS MUNDUS dasturi ham rivojlanib borgan. Bu strategik jihatdan ERASMUS dasturidan farq qilmaydigan yangi xalqaro ta'lim dasturi bo‘lib, faqat u Yevropa globallashuv jarayonini mantiqiy yakunga yetkazishga intilgan holda, o‘z faoliyati geografiyasini sezilarli darajada kengaytirgan edi («mundus» - lot. «dunyo», «jahon»). Sekin-asta ERASMUS MUNDUS dasturi dunyoning yarmini, shu jumladan O‘zbekistonni ham qamrab oldi. Aytish lozimki, O‘zbekiston hududida dastur 2007 yildan 2014 yilgacha juda unumli faoliyat olib bordi. Pul oqimlari Yevropa Ittifoqi byudjeti tomonidan ta'minlandi, afsuski 2014 yilgi moliyaviy inqiroz dasturga yakun yasadi va xalqaro ta'lim maydonida navbatdagi, uchinchi «erazmus» - ERASMUS PLUS paydo bo‘ldi.

Nima uchun plyus?

ERASMUS PLUS - bu yangi integratsiyalashgan ta'lim dasturi bo‘lib, o‘sha davrda Yevropa Ittifoqi doirasida mavjud bo‘lgan barcha xalqaro dasturlarni o‘zida mujassam etgan. Uning faoliyati ta'lim sohasi va sportda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan edi. ERASMUS PLUS - bu yetti ta'lim dasturiga nisbatan integral bo‘lib xizmat qilgan ko‘p vazifali dastur. Ta'lim dasturlari quyidagilardir:

  • oliy ta'lim sohasidagi uchta xalqaro dastur: Erazmus Mundus, Tempus, Alfa;
  • kattalar uchun to‘rtta kasb ta'limi dasturi: Leonardo, Gryundtvig, Komenius va 2014 yilgacha amalda bo‘lgan Erazmus dasturi.


Yetakchi Yevropa ta'lim dasturlarining 25 yildan ortiq tajribasiga tayangan holda, ERASMUS PLUS ularning chegarasini kengaytirishga intiladi; u o‘tmish yutuqlari va muvaffaqiyatlarini hisobga oladi, oldingilarning tajribasini konstruktiv tarzda o‘zining ta'lim tizimi bilan birlashtiradi. Shuning uchun ERASMUS PLUS dasturi faoliyati shunchalik ko‘p qirrali va segmentlashgan. Ushbu brend ostida quyidagi ta'lim strategiyalari amalga oshiriladi:

  • ERASMUS PLUS: COMENIUS - umumiy o‘rta ta'lim segmenti.
  • ERASMUS PLUS: ERASMUS - oliy ta'lim segmenti.
  • ERASMUS PLUS: ERASMUS MUNDUS - birgalikdagi magisterlik darajalari segmenti.
  • ERASMUS PLUS: LEONARDO - kasb ta'limi va kadrlar tayyorlash segmenti.
  • ERASMUS PLUS: GRUNDTVIG - kattalarni o‘qitish segmenti.
  • ERASMUS PLUS: YOUTH IN ACTION - yoshlarni noformal va norasmiy o‘qitish segmenti;
  • ERASMUS PLUS: JEAN MONNET - YEIda integratsiya jarayonlarini tadqiq qilish.
  • ERASMUS PLUS: SPORTS - sport segmenti.

ERASMUS MUNDUS xaritani qayta tuzib, o‘z ma'rifiy intensiyalarining geografik chegarasini kengaytirgan bo‘lsa, ERASMUS PLUS yosh senzini dolzarblashtirdi (kattalar uchun ta'lim) va ijtimoiy chegaralarni kengaytirdi.

Ijtimoiy sohadagi o‘zgarishlar, iqtisodiy inqiroz, iste'dodlar uchun raqobat kurashi, yuqori darajali ishsizlik - bu omillarning hammasi yangi yondashuvni belgilab berdi:

  • ta'lim dasturlari bilan siyosat o‘rtasidagi aloqalar,
  • YEI uchun amaliy foydaga yo‘naltirilganlik,
  • Oddiy oqilona tuzilma,
  • yoshlar,
  • sport va h.z.

Ta'lim masalalari bo‘yicha Yevrokomissiyaning rasmiy vakili Dennis Ebbot yangi dastur kelajagi haqida chuqur ishonch bilan gapiradi, u yangi ERASMUS PLUS dasturi o‘zini eng yaxshi tomondan ko‘rsatishiga, oldingi dasturga qaraganda keng ko‘lamliroq va barkamolroq bo‘lishiga umuman shubha qilmaydi.   ERASMUS va ERASMUS MUNDUS doirasidagi oldingi dasturlar, birinchi navbatda, universitetlar o‘rtasida xalqaro akademik almashinuvga qaratilgan edi, PLUS dasturi kengroq - bu talabalar uchun volonterlik ishi va turli malaka oshirish kurslari, yosh ishchilar uchun professional ta'lim. “Butun umr o‘qiymiz” dasturi yoshligida turli sabablarga ko‘ra o‘qishini oxiriga yetkazolmagan kattalar uchun o‘qishni davom ettirishning turli variantlarini taklif etadi. Oldin mavjud bo‘lgan deyarli barcha ta'lim dasturlarini birlashtirib, ERASMUS PLUS dasturini ishlab chiquvchilar oldingi dasturlarning tajribasi va barcha muvaffaqiyatli yechimlarini jamladilar va to‘qini puchidan ajratib, optimal ta'lim dasturini yaratdilar. Bu dasturni keng ko‘lamli ta'lim loyihasi, deb atasak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Asosiy yo‘nalishlar

Yangi dastur bir necha marta muhokama qilingan turli-tuman Yevropa ta'lim dasturlarini (Yevropa-2020, YET-2020, YES - yoshlar strategiyasi va h.k.) amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shishga intiladi, ammo asosiy yo‘nalishlar ham bor.

K1: Xalqaro akademik mobillik,

talabalarning uzoq/qisqa muddatli safarlarini yoki pedagoglarning xorijga o‘qish, o‘qituvchilik faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek malaka oshirish uchun borishlarini ko‘zda tutadi.

K2: Hamkorlik va eng yaxshi amaliyotni professional o‘zaro almashish.

OO‘YU tizimida innovatsiyalar rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida oliy o‘quv yurtlari va yetakchi steykxolderlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish; natijaga yo‘naltirilgan loyihalarda, ya'ni nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan sohalarda bilimlarni ommalashtirishning eng yangi usullarini izlash.

K3: Ta'lim sohasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash.

JAN MONNE

Albatta, JAN MONNE strategik manfaatlari doirasiga Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining mintaqaning boshqa mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlari ham kiradi. JAN MONNE loyihasi faqat oliy o‘quv yurtlariga (universitet daradasida)  yo‘naltirilgan va beshta qit'aning 68 mamlakatini qamrab olgan. 1989 yilda JAN MONNE nomli YEVROPA ITTIFOQI GRANT DASTURI ta'sis etilgan, dastur 2013 yilgacha faoliyat yuritgan, 2014 yilda esa o‘zgartirilgan ko‘rinishda ERASMUS PLUS bilan birlashtirilgan. Grant olish uchun loyihalarni saralab olish dunyo davlatlari o‘qituvchilari va universitetlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 


Ozgina matematika

  • umumiy byudjet - 14,7 mlrd yevro, bu ERASMUS MUNDUS byudjetidan 40 foizga ko‘p.
  • YES-grantlari va 125 000 chet el ta'lim muassasalarida qariyb 4 million kishini o‘qitish .
  •  byudjetni taqsimlash:

mobillik - 63%

innovatsiyalar va yetakchi tajriba almashish - kamida 28%

siyosiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash - 4,2%

  • 800.000 pedagog o‘qitishing yangi uslublarini xorijda o‘zlashtirdi.
  • Hamkorlar bilan birgalikda o‘tkazilgan 600 ta sport tadbiri, shu jumladan notijorat tadbirlari.

JAN MONNE loyihasi yordamida:

  • Butun dunyoda o‘qituvchilar uchun 600 ta qisqa muddatli kurs
  • 100 dan ortiq MALAKA OSHIRISH markazlari


Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang

ERASMUS PLUS - ERASMUS PLUS bu xorijda, dunyoning eng obro‘li ilmiy maktablari yaratilgan va yaratilayotgan, eng nufuzli oliy o‘quv yurtlarida bilim olish imkoniyati. Siz o‘zingizning individual “ta'lim yo‘nalishingiz”ni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz, sifatli ta'lim olish imkoniyati ehtimolli beqiys darajada ortadi.

Pedagog va ilmiy xodimlar o‘zlarining xorijdagi hamkasblari bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa natijasiz qolmaydi, albatta o‘z mevasini beradi.

ERASMUS PLUS dasturi orqali oliy o‘quv yurtlari xalqaro amaliy va unumli raqobat maydonidan o‘rin egallaydilar, bu esa ularni takomillashash yo‘lidan yetaklaydi, albatta.

Talabalar mobilligi xalqaro dasturlarining afzalligi shundaki, u odatiy xorijiy stajirovkalardan mutlaqo farq qiladi: talabalarning ta'lim safari cheklangan bo‘lsa-da, ammo uzoq muddatli - bir o‘quv yiligacha davom etadi. Xorij yashab o‘qir ekan, talaba nafaqat tor ixtisosli alohida fanlarni o‘rganadi , tili borasidagi bilimlarini takomillashtiradi, balki A dan Ya gacha to‘liq kurs (bir yillik yoki semestrga mo‘ljallangan) dasturini o‘zlashtiradi. Talaba qaytgach, orttirgan bilimlari albatta hisobga olinadi.

Applikantlarga qo‘yiladigan talablar.

  • da'vogar hech bo‘lmaganda bakalavriatning ikkita kursini tamomlagan bo‘lishi kerak;
  • akademik qarzlari bo‘lgan talaba hujjat topshirishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • inliz tilini yoki tanlangan oliy o‘quv yurtining ishchi tilini bilish darajasi V2dan past bo‘lmasligi kerak.