International Baccalaureate nima? Nimaga, kimga, nima uchun...

IB Diploma malakasi nimaligini va uning bo‘lajak talaba uchun qanchalik muhimligini tushunib olamiz.

Qanday boshlangan?

60-yillarning oxirida, Shveysariyada, ekspertlardan tarkib topgan xalqaro guruh yangi ta'lim dasturini tasdiqlaydi, uning negizida universallik konsepti yotar edi: yangi International Baccalaureate (IB)  loyihasi o‘sha paytda dunyoda ahamiyatli bo‘lgan barcha ta'lim dasturlarini “qamrab olishi”, har bir dasturning boshqalariga ekvivalentligini tan olgan holda, ularni “tenglashtirishi” ko‘zda tutilgan edi. Dastur juda tez ommalashib ketdi, oldiniga xususiy maktablar tomonidan tan olingan bo‘lsa, keyinchalik “byudjetchilar” ham IBga ehtiyoj seza boshladilar. Sekin-asta IB diplomini Yevropa, Kanada va AQSHning barcha nufuzli oliy o‘quv yurtlari tan oldi. Bugungi kunda IB DIPLOMA borligi o‘z egasiga hech qanday suhbatdan o‘tmasdan dunyoning istalgan oliy o‘quv yurtiga kirish imkoniyatini beradi (biroq, ayrim oliy o‘quv yurtlari o‘qishga kirayotganlardan ma'lum o‘tish ballini bo‘lishinito‘plashni talab etadilar).

IB Diploma nima o‘zi?

Bugungi kunda Ibning uchta varianti bor:

  • Primary Years Program - boshlang‘ich sinflar uchun;
  • Middle Years Program - o‘rta maktab uchun;
  • Diploma Program -IB tashrif qog‘ozi.

Bilim olishni xorijda davom ettirishni istagan abituriyentlarni faqat oxirgi variant qiziqtirishi mumkin.

O‘qish davomiyligi - ikki yil. O‘qitish tili - o‘quvchi uchta ishchi tildan birini tanlaydi:

  • english;
  • française;
  • español.

Filologik fanlar (til va adabiyot) til egasining tilida o‘qitilishi mumkin.

IB tuzilmasi - bu oltita ixtisoslashgan fanlar guruhi (talaba har biridan bittasini tanlab oladi) + barcha nazariy-amaliy kurslar uchun uchta majburiy fan. Dasturda ikki darajada o‘qish ko‘zda tutilgan: 3 ta fanni talaba standart darajada (standard level)  va 3 ta fanni yuqori (higher level) darajada o‘qiydi.

 подразумевает два уровня обучения: 3 предмета студент изучает на стандартном уровне (standard level) и 3 – на повышенном (higher level).


Fanlar guruhlari

  • studies in language and literature: badiiy so‘z san'ati, til va so‘z san'ati, shuningdek “teatr va adabiyot” fanlararo kursi;.
  • language acquisition: talaba yoki oldin o‘rgangan xorijiy tilni o‘rganishda davom etadi, yoki boshqasini tanlaydi va til o‘rganishni noldan boshlaydi; bundan tashqari, o‘lik tillar - qadimiy yunon va lotin tilidan birini tanlash taklif etiladi;
  • individuals and societies: ijtimoiy va gumanitar fanlar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ekologiya, tadbirkorlik ishi, falsafa tarixi va h.k.);
  • experimental sciences: tabiiy-ilmiy fanlar, shuningdek fizika, informatika, dizayn asoslari va  «sport va salomatlik» maxsus kursi;
  • mathematics: turli murakkablikdagi matematika kurslari;
  • the arts: musiqa va raqs tarixi, me'moriy meros, teatr nazariyasi va tarixi,  kinematograf va tasviriy san'at.

Bundan tashqari, o‘qish jarayonida har bir talaba quyidagi ish turlarini bajarishi kerak (“dasturning markaziy elementi” deb ataladi):

  • “bilish nazariyasi” kursini eshitish. Bu kurs, ko‘pincha, muhokama shaklida o‘tadi. Bu nafaqat MDH o‘rta maktablari uchun mutlaqo yangi fan, u balki Yevropa va AQSHning bironta umumta'lim maktab dasturlarida ham uchramaydi. Munozara shaklida o‘tadigan darslar talabalarga “bilish” konseptini turli jihatlardan o‘rganish imkonini beradi: bilim olish, uning turlari, tatbiq etilishi va h.k. Kurs tanqidiy fikrlashga o‘rgatadi va hayotning barcha jabhalarini qamrab oladi Kurs yakuniy esse bilan tugaydi. Talaba esseni o‘qituvchining rahbarligida yozadi.
  • Yana bir esseni talabalar kurs boshida o‘zlari tanlagan bir yoki bir necha fanga mos keladigan mavzuda yozadilar. Bu topshiriq tanqidiy fikrlash va akademik yozuv ko‘nikmalari rivojlanishiga yordam beradi.
  • “Ijod, faollik, xizmat qilish” degan nom ostida birlashtirilgan o‘qishdan tashqari faoliyat turlari.

Baholash tizimi

Talabaning bilim va amaliyo ko‘nikmalari yetti balli shkala bo‘yicha baholanadi. Oliy baho - 7 ball. Har bir fan uchun o‘quvchi alohida yakuniy baho oladi, bu baho uchta tarkibiy qismdan tarkib topadi: ikki yillik kurs davomidagi ish, yakuniy ish va yakuniy imtihon. Fanlar bo‘yicha yakuniy ballarga markaziy elementlar (bilish nazariyasi, yakuniy esse, sinfdan tashqari tadbirlar) uchun 3 ballgacha qo‘shiladi. Shunday qilib - o‘qish yakuni bo‘yicha talaba olishi mumkin bo‘lgan eng yuqori baho 42+3.

IB diplomini olish uchun kamida 24 ball to‘plash kerak, bunda talaba bironta fandan 3 balldan past baho olmagan bo‘lishi lozim.

Kirish:

  • yosh - kamida 16;
  • ingliz tilida suhbat (6.5 - IELTS. 550 - TOEFL).

Suhbat natijalariga ko‘ra, komissiya, agar applikantning bilimlarini yetarli emas deb topsa, pre-IBE tayyorlov kursini taklif etishi mumkin.

International Baccalaureate va boshqa ta'lim dasturlari

Yana kamida ikkita jihat borki, ular IB dasturini boshqa barcha milliy ta'lim tizimlaridan ajratib turadi.

Birinchidan, bilish nazariyasi bo‘yicha majburiy falsafiy kurs. Bu kurs “o‘qishni o‘qitadi” va mustaqil bilim olish uchun zarur poydevor qurib beradi.

Ikkinchidan, “Ijod, faollik, xizmat qilish” majburiy kursi. Bunda ijodiy salohiyatni istalgan tarzda ro‘yobga chiqarish (maktab archasini tashkil etishdan boshlab 350 betlik roman yozishgacha), jismoniy faollik (sport, raqs) va jamiyatga foyda keltiradigan har qanday faoliyat tushuniladi.

Sobiq sovet ta'lim dasturlaridan IB dasturi o‘rganilayotgan fanga munosabati bilan farq qiladi,

Agar, masalan, biz adabiyotni bosqichma-bosqich, xronologik tartibda, tarixiy rivojlanishiga muvofiq deyarli barcha nom va matnlarni qamrab olgan holda o‘rganishga odatlangan bo‘lsak, IB qiyosiy yondashuvni qo‘llaydi. Natijada INTERNATIONAL BACCALAUREATE tizimi doirasida kam sonli asarlar, ammo chuqurroq va puxtaroq o‘rganiladi.

Tarix blokida ham xuddi shunday. Bizning o‘quvchilarimiz tarixiy jarayonlarni sana va nomlar bo‘yicha o‘rganishga odatlanishgan - qancha ko‘p sanani “yod olsang”, materialni shuncha yaxshi “o‘zlashtirasan”. IB-dastur e'tiborni eng yorqin va muhim tarixiy voqyealarga qaratadi va maktab o‘quvchisida tarixiy materialni tahlil qilish ko‘nikmasini hosil qilishni maqsad qiladi.

IB dasturida matematika fani ko‘proq bo‘limlarni o‘z ichiga oladi, topshiriqlar esa, odatda, bizlarnikidan osonroq, ammo yechiladigan misollarning yetarlicha murakkab emasligi o‘rni mavzular kengligi bilan to‘ldiriladi: IB talabalari ikki yil ichida ehtimollik nazariyasi asoslarini, matematik statistikani, oliy matematikani o‘zlashtiradilar.

Tabiiy fanlarni o‘rganish markazida tajriba yotadi, dasturning ko‘pchilik fanlari (siyosatshunoslik. antropologiya, biznes, menejment va h.k.), esa MDH maktablarida umuman o‘rganilmaydi.

Nima uchun International Baccalaureate Diploma?

IB - bu A-LEVEL universitetdan oldingi tayyorlov dasturiga muqobil dastur. IB DIPLOMA olish ham yetakchi universitetlarning istalganiga kirishni kafolatlaydi, biroq  A-LEVEL ko‘proq ingliz tilida o‘qishga yo‘naltirilgan, IB esa butun dunyoning ta'lim muassasalarini qamrab olgan. 

Dasturni tanlaganda oldingizga qanday maqsad qo‘yganingizni va o‘qishdan qanday natija kutayotganingizni hisobga olish kerak.

A-LEVEL tor mutaxassislikka yo‘naltirilgan va o‘smirdan juda yosh paytida kasb tanlashni talab etiladi, ko‘pchilik esa bunga hali tayyor bo‘lmaydi. Albatta, hammasini ota-onalar hal qilishi mumkin, ko‘pincha shunday bo‘ladi ham, ammo o‘qiydigan, ishlaydigan va shu kasb bilan yashaydigan bola ekanini unutmaslik kerak.

IB dasturi bo‘yicha ta'lim olish ko‘plab bilim sohalarini o‘z ichiga olgan. Dasturning maqsadi - barkamol shaxsni rivojlantirish, o‘smirni nufuzli o‘quv muassasasida o‘qishga va umuman kattalar hayotiga har tomonlama tayyorlash. Albatta, IB ta'lim dasturi murakkabroq.  Ushbu rag‘batlantiruvchi kursni ko‘lam borasida hech bir ta'lim dasturi bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Statistikaga ko‘ra, har yili kursni tamomlagandan keyin o‘quvchilarning 30 foizi lozim darajada imtihon topshirolmaydi va diplm ololmaydi. Ammo, aytadilarku, mashqda qiyin, jangda oson, deb va eng nufuzli universitetlar doimo IB dasturi bo‘yicha har tomonlama bilim olgan talabani afzal ko‘radilar.

Agar imkon qadar tezroq xorijiy oliy o‘quv yurtini tamomlaganingiz haqida diplom olishni va xizmatda tez va katta muvaffaqiyatlarga erishishni istasangiz, u holda turgan gapki Sizga A-LEVEL dasturi kerak. Ammo maqsadlaringiz o‘zgacha bo‘lib, nufuz va imidjmeykerlik bilan cheklanishni istamasangiz Siz uchun eng to‘g‘ri tanlov - bu INTERNATIONAL BACCALAURETE DIPLOMA.