Shveytsariya atalmish «olmos». 1-qism. Oligarxlar, soliqlar va banklar haqida

Shveytsariya - multimillionerlar va multimilliarderlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda.

Sobiq Sovet imperiyasi davlatlarida so‘nggi o‘n yilliklar ichida London - bu biznes-elita poytaxti, degan fikr shakllandi, ammo bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Shabhasiz, badavlat kishilar Albion poytaxtini xush ko‘radilar (u yerdan qo‘nim topgan ko‘plab ruslar tufayli xorijiy matbuot unga Londongrad deb nom qo‘yib olgan). Ammo so‘nggi yillarda yashash, ishlash va muhtasham ko‘chmas mulk sotib olish uchun xaritadagi italyan etigining davomi bo‘lgan Shveytsariyaga borishga intilmoqdalar. Oligarxlar aynan shu “Alp respublikasi”ga mehr qo‘yganlar. Shveytsariyaliklarning kundalik  nutqida, hatto, “rus biznesmenlari vodiysi” degan yangi toponim paydo bo‘ldi; mahalliy xalq Sug sohiliga aynan shunday nom qo‘ygan va bu vodiyni hech bir mubolag‘asiz  rus “rublevkasi” deb atash mumkin.

Oldiniga hech kim e'tiroz bildirmadi. Rossiyalik biznesmenlar muhtasham ko‘chmas mulk - eng mashhur kurortlardagi villa, shale va kichkina besh yulduzli mehmonxonalarni ko‘tarasiga sotib olishni boshladilar, ko‘plab mablag‘larni Shveysarining ko‘chmas mulk bozoriga  tikdilar. Aytish lozim, bu maqsadda pul ayamadilar. Masalan, muhtasham ko‘chmas mulk topish bo‘yicha agentliklardan birining bekasi rus mijozlari bilan ishlashda yuzaga keladigan noqulayliklarga arz qilgan edi - doimiy xaridorlarni doim narx qoniqtirmagan. Juda arzon (!).

So‘nggi besh yil ichida xaridorlarning istaklari biroz o‘zgardi va biznes akulalari noyob binolar - qadimiy me'morchilik yodgorliklariga ko‘z tikdilar, bu Shveytsariyaliklarni g‘azablantirdi. Shveytsariyaliklar an'anaviy Yevropa qadriyatlaridan yiroq bo‘lgan ruslar binolarning tarixiy va madaniy ahamiyatini to‘liq tushunib yetmaysdan, milliy me'morchilik merosiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazishlaridan qo‘rqmoqdalar.

Shveytsariya - multimillionerlar va multimilliarderlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi va ularning ko‘pchiligi bu mo‘jizali mamlakatda yashashni afzal ko‘rgan muxojirlardir: swiss-living, uning jozibasi ularni ohangrabo kabi o‘ziga tortadi, ammo  daromad manbalari Shveytsariya konfederatsiyasidan tashqarida qolgan.


Rus millatiga mansub bu “Shveytsariyaliklar” geografik joy tanlashda original bo‘lishga, ko‘pchilikka noma'lum joylarni tanlashga intilmaydilar (ishbilarmonlik qiziqishlari esa, aksincha) - ularning aksariyati suv ko‘p joyga intiladilar va Jeneva sohilidan qo‘nim topadilar - bular multimilliarderlar Timchenko va Ribolovlev, Shefler va Dnepropetrovsk epopeyasi qahramoni - Igor Kolomoyskiy.

Shtseysariya ishbilarmonlari poytaxti - Syurix ham e'tibordan chetda qolmagan. Viktor Vekselberg yashash uchun Sug vodiysidan, Aleksandr Lebedev Lyutsernadan qo‘nim topgan, sobiq “hozirgilardan” bo‘lgan Mixail Xodorkovskiy esa o‘z oilasi bilan nemiszabon Sankt-Gallenda yashaydi.

YAqinda Shveytsariyaning BILAN  jurnali eng boy fuqarolar ro‘yxatini e'lon qildi, statistika ma'lumotlariga ko‘ra mamlakatning eng boy yuzta fuqarosidan sakkiztasi sobiq MDH davlatlaridan ko‘chib kelgan muxojirlar ekan.

Eng badavlat tadbirkorlar ichida birinchi bo‘lib Shveytsariya konfederatsiyasiga (rasmiy nomi) «Skolkovo» jamg‘armasining prezidenti, «Renova» kompaniyalar guruhi direktorlar kengashining raisi Viktor Veselberg ko‘chib ketdi. 2004 yilda u shinam Syurix kantonida joylashgan o‘zining birinchi uyini sotib oldi. Bu muhtasham uy 1984 yilda Shveytsariyaga ko‘chib o‘tgan Tina Tyornerning dang‘illama uyi bilan yonma-yon joylashgan edi. Oligarx bilan jahon yulduzining qo‘shnichilik munosabatlari qandayligi hech kimga ma'lum emas, ammo to‘liq ishonch bilan aytish mumkinki, kamtarroq yashaydigan mahalliy aholiga bu yerlarda rus milliarderining paydo bo‘lgani xush kelmadi. Syurix aholisi Viktora Veselberg uchun soliq imtiyozlari bekor qilinishini talab qildi va niyatiga yetdi. Bundan tashqari, ish shunchalikka bordiki, biznesmen o‘zining Syurixdagi “saroyidan” voz kechib, eng nufuzli kantondan Sug vodiysiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi, bu yerni esa obro‘li deb atash qiyin. Aytgancha, biznesmenning Syurixda qolgan ko‘chmas mulki 20 million yevroga baholanmoqda.


Mahalliy faollar Volga Group investitsion guruhining egasi Gennadiy Timchenkoga ham ancha-muncha tashvish orttirdilar. Bu safar ham g‘alva soliq imtiyozlari tufayli boshlandi. Endigi gal mahalliy faollar o‘z e'tiborlarini tadbirkorning Jenevadagi mashhur uch qavatli saroyiga qaratdilar. Ko‘rgan bo‘lsangiz, internetda bu villa ancha dong taratgandi.  Uning nemiszabon Syurixdagi yangi “uychasi” (narxi 8 million yevro) mashhur villachalik ko‘zga tashlanmaydi.

Shveytsariyada Rossiyalik biznesmenlarga birmuncha xadik bilan qaraydilar va buni yashirmaydilar ham. Sababi - rus tadbirkorlarining maqtanchoqligi, xo‘jako‘rsinga qilinadigan behuda sarf-xarajatlari, kremlcha kayfiyatlari va sershovqin hayot tarzi (Shveytsariyaliklar uchun sokinlik juda muhim). Ammo, ijtimoiy faol oddiy Shveytsariyaliklar bilan oddiy sobiq sovet “rotshildlari” o‘rtasidagi mojarolarning haqiqiy sababi - Shveytsariya soliq solish tizimi.

Soliq siyosati - oligarxlar uchun Shveytsariyada yashashning eng jozibali jihatidir. Soliq qonunchiligiga ko‘ra, soliqlar "xarajatga qarab" hisoblanadi, bunda mulkdorning daromadi va kapitalining raqamli ekvivalentidagi nollar soni hisobga olinmaydi. Rossiyalik magnatlarning xarajatlarini esa (uy ijarasi, xodimlar, tibbiy xizmat, dam va h.k.) ularning kapitali bilan solishtirib ham bo‘lmaydi - kulgili darajada kam. Natijada mantiqqa zid vaziyat yuzaga keladi: ko‘proq daromadga ega bo‘lganlar davlat g‘aznasiga juda kam pul to‘laydi. Rossiyalik tadbirkorlarning manfaatiga xizmat qiladigan bunday moliyaviy siyosat mahalliy aholining asosli e'tirozlariga sabab bo‘ladi, albatta.


Nimaga Shveytsariya soatlarini “aqlli” soat deb ataydilar, chunki ular ishonchli; nima uchun Shveytsariya bank tizimi butun dunyoda oliy toifali hisoblanadi - chunki bu eng ishonchli bank tizimi. Shveytsariya banki - ishonchli bank. Bu endi shunchaki aksioma emas, balki “siyqasi chiqqan”, hammaga ma'lum shtamp. Konfederatsiyaning moliya tuzilmasiga bunday baland ishonchning sababini Shveytsariya bank tizimining qadim tarixidan izlash kerak.

Qizig‘i shundaki, dunyoning eng yirik moliya markazlaridan bo‘lgan, milliy valyutasi asrlar davomida barqarorligini yo‘qotmagan Shveytsariya bank ishining pionerlaridan emas. Banklar vatani - Venetsiya (u payt davlat-shahar) bo‘lgan, keyinchalik bu moliyaviy tuzilmaning faoliyati Avstriya, Italiya tomon kengayib, butun Yevropani qamrab olgan. Faqat XIX asrning o‘rtalariga kelib, Shveytsariya hududida ildiz otib, rivojlana boshlagan.

Birinchi bank - Banque Cantonale Vaodoise - 1845 yilda paydo bo‘ldi. Bugun u mamlakatning eng yetakchi banklar TOP-5 taligidan o‘rin olgan va biroz keyin, 1870 yilda tashkil topgan bank - ZurcherKantonal bankidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Vaqt o‘tib, barcha kantonlarning banklari ulkan tizim - Shveytsariya Bank Korporatsiyasiga birlashdilar. XX asr oxiriga kelib korporatsiya nufuzli xolding tarkibiga kirib, hozirda butun dunyoga barcha turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatmoqda.

Shveytsariya banklari hech qachon kasotga uchramaydi va moliyaviy tang ahvolga tushganini e'lon qilmaydi. Bunday barqarorlik va ishonchlilikning siri shundaki, ular tanlagan yo‘l avval boshidan “hamkasblari”ning moliyaviy strategiyasidan tubdan farq qilgan.  Bugun ham Konfederatsiya banklari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni standart xizmat deb atash qiyin: moliyaviy siyosat asosida omonatchilarni jalb qilish va garov evaziga kredit berish yotmaydi, bu universal banklarning ishi. Albatta, Shveytsariya banklariga ko‘plab mablag‘lar kelib tushadi, ammo omonatchilarga katta foizlar va'da qilinmaydi, balki ishonchli boshqaruv amaliyotidan foydalaniladi, ya'ni trast operatsiyalari o‘tkazish (masalan, mablag‘larni qaltislik istisno qilinadigan loyihalarga yoki qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarga yo‘naltirish) uchun umumiy summadan juda kam foiz (qariyb 0,75%) olinadi. Bunda bitimdan kelgan barcha daromad bevosita hisob egasiga kelib tushadi. Past foizlarning o‘rni tizimda aylanadigan katta mablag‘lar hisobiga to‘ldiriladi. Mablag‘lar esa haqiqatda ko‘p - kamida 2 trln. AQSH dollarini tashkil etadi.

Bundan tashqari, butun Shveytsariya bank tizimining poydevorini tashkil etadigan kamida uchta asosiy va rad qilib bo‘lmaydigan ustunlik tashkil etadi:

  • Shveytsariya banklari amaldagi soliq solish tizimiga bog‘liq emas, va bank operatsiyalaridan olingan barcha daromad omonatchilarga “sof” ko‘rinishda kelib tushadi;
  • ovoza qilinmaydigan qoida - hech qanday vaziyatda omonat va omonatchi haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilmaslik - bank siri;
  • axborot himoyalanganligi (axborotning mukammal megabit AT kodlari nazarda tutilmoqda).

Soliq tizimining moslashuvchanligi va banklarga bo‘lgan mutlaq ishonch - Rossiyalik tadbirkorlar yoppasiga Alp tog‘lariga ko‘chib o‘tishining yagona sababi emas. Boz ustiga “Shveytsariya vasvasasi” badavlat va muvaffaqiyatli tadbirkorlarning faqatgina aqli va qalbini ishg‘ol qilmagan. Oddiy fuqarolar ham Shveytsariyaga ko‘chib ketishga intilmoqdalar: niyatlar har xil, maqsad bir. Foydali qazilmalarga boy bo‘lmagan ushbu unicum patriae uzoq yillar davomida reyting jadvallarining yuqori pog‘onalarini egallab kelishining siri nimada? Albatta, har yili ommaviy axborot vositalarida har oy/har yili ko‘plab va tinmay chop etiladigan ko‘rsatkichlar emas, balki millionlab kishilar ongida bu mamlakat bilan bog‘liq hamma narsaning ommalashib borayotgani nazarda tutilyapti. Qulay iqtim sharoiti, musafo havo, go‘zal tabiat manzaralari va feruza rang ko‘llar to‘g‘risida betinim gapirish mumkin, ammo xalqlarning “ommaviy” ko‘chishiga faqatgina shular sabab bo‘lmasa kerak. Shveytsariyaga o‘qish uchun borishadi, ishlash uchun borishadi, butun umrga qolish uchun borishadi, sayyoh uchun borishadi - Shveytsariyaga SIFAT tilab borishadi!

“Sifatli” so‘zining o‘zi allaqachon “Shveytsariya” so‘zining sinonomiga aylangan. Shveytsariya pishlog‘i, Shveytsariya soati, Shveytsariya banki, Shveytsariya shokoladi ... SHVEYTSARIYA HAYOT SIFATI!

Hayot sifati indeksiga ko‘ra, Shveytsariya... Davomini o‘qish ->