Maktab o‘quvchisi uchun universitetga tez yo‘l

Farzandingizning universitet sari yo‘lida 1 yil vaqt tejash imkoniyati haqida bilib oling

Uzoq va chuqur o‘ylagandan so‘ng, oilaviy majlisda barcha «pro» va «sontra»larni taroziga qo‘ygandan keyin, o‘qishni xorijiy oliy o‘quv yurtida davom ettirish to‘g‘risida yagona to‘g‘ri qarorni qabul qilasiz. O‘qiganda ham Britaniya imperiyasining eng nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qishni istaysiz.

Barakalla! Bu to‘g‘ri tanlov! Qirolllik universiteti Sizga akademik yutuqlar, o‘ta innovatsion jihozlar va chuqur ehtiromda bo‘lgan an'anaar uyg‘unligini taklif etadi. Muhojirlar uchun esa bu juda qulay maskan. Buning yorqin dalili sifatida aytib o‘tamiz - Britaniya ko‘p yillardan beri xalqaro talabalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinlardan birini egallab keladi. Shu bilan birga, bu yerda o‘qish barcha-barcha uchun pulli, YEIga a'zo bo‘lmagan davlatlar fuqarolari uchun esa ancha qimmat. 

Birinchi qaraganda, qo‘yiladigan talablar ham “qo‘rqinchli” emas:

  • til bilish (tabiiy hol);
  • attestat (yetarlicha yuqori umumiy ball bilan).

Tilni nisbatan yaxshi bilganizgiz yaxshi, ammo o‘rta maktabni bitirganlik haqidagi guvohnomangiz qabul komissiyasini quvontirmaydi. Birinchi jiddiy hujjatingiz bor, ammo u yordam bermaydi.

Sobiq sovet respublikalarida olingan guvohnoma Britaniya guvohnomasiga eksvivalent sifatida qabul qilinmaydi - bu sizga bog‘liq bo‘lmagan ilojsiz vaziyat. Aytish lozimki, chiqitga chiqarilgan ikkinchi nav attestatlar ro‘yxatiga Xitoy, Hindiston, Pokiston va Saudiya Arabistonida berilgan attestatlar ham kiritilgan. Britaniya oliy o‘quv yurtlariga kirgan baxtli talabalar safiga qo‘shila olmasligingiz sababi bitta - bu attestatingiz. Chunki Britaniya maktablarida naqd 13 yil o‘qiladi, bizda esa 12 yil (9 yil umumiy ta'lim maktabi va 3 yil - kasb tayyorgarligi va to‘liq o‘rta ma'lumotning so‘nggi bosqichi). Britaniya universitetining 1 kursiga kirish uchun ba'zida bizning oliy o‘quv yurtimizda 1 yil o‘qish yetarli (oldin 2 yil edi). Ammo, bir yil bo‘lsa ham bizning oliy o‘quv yurtlarimizda o‘qish sizning rejangizda yo‘q edi. Axir, oxirgi bir necha oy davomida Siz hayolan mashhur professorlarning leksiyalarini tinglayotgan, Britaniya kutubxonalarida qolib ketayotgan edingiz...

Undan keyin, bizning oliy o‘quv yurtimizdan Britaniya o‘quv yurtiga o‘tkazish... Buning iloji bormikan?

Ammo, umidsizlanishga shoshilmang. Hikoyamizning mavhum qahramoni chora ko‘rib qo‘yishga qaror qildi va har ehtimolga qarshi O‘zbekiston kollejlaridan birining to‘liq o‘rta ma'lumot haqidagi diplomini oldi. Nima bo‘lganda ham, bunday diplom bilan mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarining eshiklarini ochish mumkin (chiqmagan jondan umid deganlariday...). To‘g‘ri ish deb bo‘lmaydi, ammo  bu British Universityga yo‘l yopiq degani emas. Hamma narsani oldindan ko‘ra biladigan Qirollik bunday holatda ehtiyot variant taklif etadi.

Bizning hikoyamizda bunday variant - bu chet elliklar uchun maxsus ishlab chiqilgan FOUNDATON dasturi. Internet tarmog‘ida bu dastur Britaniya oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun eng kafolatlangan, qisqa va tejamli usul sifatida tanishtiriladi. Mazkur dastur bo‘yicha o‘qish atigi uchta trimestr davom etadi. Dasturni muvaffaqiyatli o‘tganlarga Britaniya oliy o‘quv yurtiga kirish kafolatlanadi. Biroq, FOUNDATION dasturini, odatda, Britaniyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari tan olmaydilar va, umuman, unga jiddiy qaramaydilar ham.

Eng maqbuli va Britaniyada universitetga kirishdan oldingi dasturlar ichida eng ommalashgani - bu A-LEVELS bo‘lib, uning klassik kursi dunyoning barcha yetakchi oliy o‘quv yurtlari tomonidan tan olingan. Odatda, o‘qish 2 yil davom etadi, ammo o‘ta maqsadga intiluvchan talabalar uchun bir yillik jadal kurs ko‘zda tutilgan. Biroq, biz bayon etgan holatda - bu yechim emas. A-LEVELda o‘z vatanida to‘liq o‘rta ma'lumot haqida attestat olib ulgurgan talabalarning o‘qishi ko‘zda tutilmagan. Shuning uchun Britaniya ta'lim tizimi taklif qilishi mumkin bo‘lgan yagona variant - bu faqat FOUNDATION.

Endi biroz hisob-kitob qilamiz. O‘zbekiston kollejining bitiruvchisi FOUNDATION dasturiga kirayotganda, odatda, 19 yosh bo‘ladi (agar boshlang‘ich maktabga 7 yoshida kirgan bo‘lsa). FOUNDATION kursi kamida bir yilga mo‘ljallangan. Shunda talaba Britaniya universiteti ostonasidan 20 yoshligida hadlab o‘tadi.

Bunday yo‘lga nima desiz? O‘ylaysizki, potensial talabaga va uning ota-onasiga bunday variant yoqmaydimi?

Vaqtni biroz “orqaga surishni” va bu kabi uncha yomon bo‘lmagan (20 yosh har qalay 50 yosh emas), ammo juda ham quvontirmaydigan finalga yo‘l qo‘ymaslik mumkinligi haqida o‘ylab ko‘raylik. Oldiniga yuqorida tilga olingan A-LEVEL dasturi haqida bir-ikki og‘iz so‘z aytib o‘tamiz.

A-LEVEL dasturining malaka standarti 1951 yilda joriy etilgan. Ikki yillik universitetga tayyorlash kursi negizida oldindanoq har bir talabaga individual yondashish prinsipi yotadi. A-LEVEL bugun ham o‘zining dastlabki ta'lim strategiyasiga amal qiladi - talabalar cheklangan ro‘yxatga kiritilgan fanlar ichidan o‘z xohishi va universitetdagi ixtisosidan kelib chiqqan holda, keragini tanlab oladilar. Ta'lim yakunida topshiriladigan imtihonlarning natijalariga ko‘ra, universitetning maxsus komissiyasi talabaning tayyorgarlik darajasini baholaydi va uning imtihonlarsiz oliy o‘quv yurtiga qabul qilinishi masalasini hal qiladi.

Talabaga tanlash uchun 45 ta fan taklif etiladi (matematika, fizika, ingliz tili va adabiyoti, buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot, siyosat, biznes, psixologiya va h.k.), talaba shulardan 3-4 tasini tanlab oladi. O‘qish ikki bosqichga mo‘ljallangan: AS (birinchi yil) va A2 (ikkinchi yil). Imtihonlarning muvaffaqiyatli topshirilishi universitet hayotiga yo‘llanma - A-LEVELS diplomi bilan “rag‘batlantiriladi”.

Oliy o‘quv yurtiga tayyorlanish jarayonini tezlashtirish imkoniyatlari bor. Universitetlarning ba'zilariga kirish uchun birinchi- AS bosqichini tamomlash yetarli. Ammo, birinchidan, bunday o‘quv yurtlari juda kam. Odatda, ular ro‘yxatning so‘ngidan o‘rin olgan autsayder-universitetlardir.

Vaqt va pul tejashni istaganlar uchun haqiqiy topilma - bu FAST TRACK  A LEVELS - klassik dasturning bir yillik tezlashtirilgan kursidir. Uning ommaviyligi quyidagilar bilan bog‘liq:

  •  imtihonda “yiqilgan” taqdirda, talabaga u nimaga qodirligini ko‘rsatish uchun yana bitta imkoniyat beriladi (keyingi yilda qayta topshirish ko‘zda tutilgan);
  • maqsadga intiluvchan, o‘z kuchiga ishonadigan ayrim talabalar maktabda yana bir yil vaqt o‘tkazishni istamasligi (bu ham maktab hisoblanadi);
  • ortiqcha bir yil har qalay pul turadi, turganda ham ancha pul.

FAST TRACK A LEVEL dasturiga kirishni istaganlarga ikki yillik tayyorlov kursini o‘tishni istaganlar bilan bir xil talab qo‘yiladi:

1.  yoshi 16+;

2.  tugallangan o‘rta ma'lumot haqida attestat. Baholar 4 dan past bo‘lmasligi kerak;

3. applikant maktabdan keyin bir (yoki ikki) yil davomida kollej yoki litseyda o‘qiganligining hujjatli dalili;

4. 5.0 natijali IELTS yoki kamida 500 natijali TOEFL sertifikati (tanlangan o‘quv muassasasiga qarab o‘zgarishi mumkin);

5. maktab o‘qituvchilaridan tavsiya xatlari.

FAST TRACK A LEVELS kursida puxta o‘ylangan o‘qitish metodikasi va kursning o‘ta jadalligi talabaga o‘qish dasturini bir yil davomida o‘tish va imtihonga tayyorlanish imkonini beradi. Yagona sharti - tanlangan fan bo‘yicha minimal bilim va ko‘nikmalar bazasiga ega bo‘lish kerak (aniq fanlarga alohida e'tibor berish lozim). Va, albatta, yuqori o‘rta balli yetuklik attestati. Medal sohiblarining nomzodlari komissiya tomonidan navbatdan tashqari ko‘rib chiqiladi va birinchi navbatda ular o‘qishga qabul qilinadi.

A-LEVELS jadal kursi dasturi 50-yillarning boshlarida qabul qilingan yetakchi konseptga muvofiq tuzilgan: har bir fanning muayyan mazmuniga yo‘naltirilganlik. Muntazam nazorat (test va boshqa shakllarda) va materialni qaytarish talabalar o‘quv materialini qay darajada o‘zlashtirganlarini baholash imkonini beradi.

O‘zining universitetga tayyorgarligini FAST TRACK A LEVEL bir yillik kursi bilan cheklashni istagan talabalar bu jiddiy qadamga tayyorligi darajasini, o‘zining intellektual salohiyatini va, nihoyat, jismoniy kuchini haqqoniy baholashlari lozim. Axir, bir yillik kurs o‘quvchidan juda katta mas'uliyat va katta kuch talab etadi.

FAST TRACK A LEVELS - universitetdan oldingi hayotning eng jiddiy bosqichilaridan birini tezda o‘tishdan manfaatdor bo‘lganlar uchun eng yaxshi yo‘l. Bundan tashqari, dastur nafaqat vaqt, balki pulni ham tejash imkonini beradi. Sizdan esa har qanday oila uchun muhim bo‘lgan ushbu  hodisaga to‘g‘ri yondashish talab etiladi, xolos.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar uchun FAST TRACK A LEVELS malakasini olish voqyealar rivojining kamida ikkita ssenariysini nazarda tutadi.

1-senariy (eng qimmat)

Maktab o‘quvchisi istagan yoshida o‘z vatanida o‘qishni to‘xtatib xususiy Britaniya maktabiga o‘qishga kirishi mumkin. Xoh yettinchi sinf bo‘lsin, xoh sakkizingi va hatto ikkinchi sinf - buning farqi yo‘q. Bunda UK ta'lim tizimida ko‘zda tutilgan har bir bosqichni qadam-baqadam o‘tib, britaniyaliklar uchun majburiy bo‘lgan GCSE imtihonini topshirib, u ortiqcha hayajonlanishlarsiz o‘qishini universitetdan oldingi dastur bo‘yicha davom ettirishi va universitetga kirish uchun zarur bo‘lgan A-LEVELS guvohnomasini olishi mumkin bo‘ladi. Bunday ta'lim marshrutining bitta salbiy tomoni - uning qimmatligi. Bir necha yil davomida Angliyada o‘qish va yashashni hammaning ham hamyoni ko‘tarmaydi. Bundan tashqari, ko‘pchilik ota-onalar o‘z farzandi bilan bunchalik erta va uzoq muddatga ayrilishga tayyor emaslar. Bola hech bo‘lmasa voyaga yetishini kutadilar.

NOTA BENE

Umumta'lim maktabining to‘qqizinchi sinfidan keyin dasturga o‘qiga kirish mumkin. Ammo, bitta nozik tomoni bor. Kollejda hech bo‘lmasa bir yil o‘qimasangiz, A-LEVEL bir yillik dasturiga kirishga da'vo qilolmaysiz. Britaniya ta'lim tizimi Sizga faqat bitta variantni taklif etadi: ikki yillik standart kurs. Albatta, bu holda Siz bir yil “yutasiz” (9+2=11), ammo 2 yil uchun haq to‘laysiz va pulda bir tiyin ham yutmaysiz.

2-senariy (eng tejamli)

Bizning kollej yoki litseyning birinchi kursini tamomlash va to‘liq o‘n yetti yoshga to‘lganda dasturga o‘qishga kirish - bu eng maqsadga muvofiq va tejamli variant. Siz “bekorga” bir yil yo‘qotmaysiz va imtihonlarni muvaffaqiyatli tamomlaganingizdan so‘ng o‘zingizni qiziqtirgan oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirasiz, bunda faqat bir yillik tayyorlov dasturi uchun haq to‘laysiz.

Aytish lozimki, ehtimoliy variantlarning bayon etilgan umumlashtirilgan sxemasi - bu FAST TRACK LEVELS dasturi yordamida Britaniya oliy o‘quv yurtiga kirishning “klassik retsept”i bo‘lib, uning o‘z nozik jihatlari bor. Biz bola boshlang‘ich maktabga kirayotgandagi yoshni (6 yoki 8 yosh bo‘lishi mumkin) yoki o‘quvchining maktab biografiyasida ta'lim muassasalarini almashtirish ehtimolini (vatanida ham, xorijda ham) hisobga olmadik. Variantlar ko‘p bo‘lishi mumkin va, afsuski, bitta maqola doirasida ularning hammasini tushuntirib o‘tishning iloji yo‘q. Shuning uchun bu masalada malakali mutaxassislar bilan maslahatlashgan ma'qul. Eng asosiysi - ertaga qoldirmaslik, chunki masala jiddiy, imkon qadar ko‘p haqqoniy ma'lumotga ega bo‘lishni, jiddiy rejalashtirishni talab etadi. O‘ta jiddiy “ta'lim loyihasi” - farzandingizning xorijiy oliy o‘quv yurtiga kirishi  ustida imkon qadar oldindan ishlashni boshlang.