Shveytsariya atalmish «olmos». 4-qism. Shveytsariya sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiyot turizmi

Shveytsariya da tibbiyot turizmi ko‘lami kengaymoqda.

<- Oldingi qismini o‘qish

So‘nggi o‘n yilliklar ichida MDH davlatlari fuqarolarining tibbiyot turizmi atalmish sayyohlik turiga bo‘lgan qiziqishi ortmoqda. Sayyohlik biznesining bu turini ortiqcha targ‘ibot qilishga xojat yo‘q. Bugun millionlab kishilar dam olish bilan birga sog‘liqni tiklash ilinjida dunyo kezmoqda. Aniqrog‘i, avval maqsad sog‘liqni tiklash, dam olish imkoniyati esa har doim ham bo‘lavermaydi. Ba'zida oxirgi pullarni davolanishga sarflashga to‘g‘ri keladi: sayyoh yo‘llanma  va klinikada yotish haqini to‘lashi kerak, professional hakimning xizmat haqi ham arzon emas. Axir, asosan, turli sabablarga ko‘ra qo‘li yengil vrachlar vatanida topilmagach, yuqori sifatli tibbiyot xizmatlaridan foydalanish uchun xorijga boradilar-da. Dam nima qilsin bu yerda?


Xorijiy hakimlarning xizmatiga turli sabablarga ko‘ra murojaat qiladilar, zarurat tug‘ilganidan keyin mijozning puli ko‘pmi, yo‘qmi, mavqyei balandmi, yo‘qmi,  baribir borishga majbur. Ammo, xorij tibbiyotiga murojaat qilishning ikkita asosiy sababini keltirish mumkin.

  • o‘z vatanida tibbiyotga va uning vakillariga ishonch yo‘qligi - chala-doktorning qo‘liga tushib qolmasligingizga kim kafolat beradi? Bunaqa vrachning bergan yordamidan keyin pushaymonga qoladi odam, agar qolsa, albatta;
  • zarur tibbiyot xizmatlari narxi ancha arzon tushadigan mamlakatlarga safar - qanchalik g‘alati eshitirlmasin, bu o‘z salomatligida tejash istagi.

Jonajon tibbiyotimizga ishonqiramaslikka kelsak, ortiqcha sharxga xojat yo‘q.  Ko‘p sonli “sayyohlar” (asosan, sharqiy Yevropa va MDH davlatlaridan) sog‘lik istab rivojlangan davlatlarga yo‘l oladilar. U yerdagi klinikalar yuqori sifatli xizmat, yangi va zamonaviy apparatura, oliy toifali mutaxassislarning xizmatlari taklif etadi. Shveytsariya  ham aynan ana shunday tibbiyot ilg‘orlari safidan o‘rin olgan.

Ikkichi sababning ham Shveytsariya ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bor. Tibbiyot turizmi yo‘nalishlari xaritasida Shveytsariya  jo‘nash joyi sifatida ham, mo‘ljallangan manzil sifatida ham qayd etilgan. Ikkinchisidan boshlaymiz - har qalay, maqola mavzusi ushbu mamlakatni “olmas” sifatida tanishtiradi. Nima uchun Shveytsariya liklar boshqa davlatlarga borishadi?


Shveytsariya da sog‘liqni saqlash jamg‘armalari juda ko‘p va ularning ishlash tartibi boshqa Yevropa davlatlaridagi tibbiy sug‘urta tashkilotlarining ishlash tartibiga o‘yshaydi. Ular o‘z qaramog‘laridagi kishilarning salomatligini juda unumli qo‘riqlaydilar. Buning orqasidan tadbirkorlik qilishga intilmaydilar ham. Biroq, ozgina “ammo” tarafi bor: jamg‘armalar fuqarolarni bepul stomatologiya xizmatlari bilan ta'minlamaydilar. Tish doktorining xizmatlari shunchalik qimmatki, tishni davolatish uchun chet elga borish arzonroq tushadi. Shveytsariya da “stomatologik turizm” juda keng tarqalgan hodisa va turli sayyohlik agentliklari o‘z mijozlarini Sharqiy Yevropa mamlakatlariga jo‘natib, buning orqasidan mo‘maygina pul ishlaydilar. Masalan, Vengriyaga borish va kelish yo‘l haqi, mehmonxonada yashash va, hatto, dantistga tashriflar orasida shopping qilinganda ham, barcha xarajatlarni jamlasa, Shveytsariya lik dantist huzurida bir marta davolanish kursiga teng bo‘ladi. Gap bunaqa katta pul ustida ketganda, mashhur Shveytsariya  sifati bilan maqtanish o‘rinsiz bo‘ladi. O‘zingiz o‘ylang, bitta plomba narxi - 250 SN, koronka esa - 2000 SN.

Shveytsariya liklar muvaffaqiyatli Gelvetsiyani tark etib, “stomatologik sayohat”ga jo‘nagan bir paytda davolanish istagida bo‘lgan ko‘plab sayyohlar aksincha mamlakatga kirib kelmoqda. Nima uchun Shveytsariya ga?


Afsuski, Shveytsariya  tibbiyoti tibbiyot xizmatlari eng oliy darajada bo‘lgan mamlakatlar reytingida oldingi o‘rinlarni egallamaydi. JSSTning 2016 yilgi reytingida esa birinchi 10 talikka ham kirgani yo‘q, hatto. Ammo reytinglarning nisbatan haqqoniyligi hech kim uchun yangilik emas. Masalan, iqtisodiyoti eng ilg‘or, ilmiy salohiyati yuksak va dunyoga ustunlik qilishga da'vogar bo‘lgan Amerika ham mana ko‘p yillardirki, eng kuchli 10 talikdan o‘rin ololmayapti. Reyting natijalariga qaramay, Shveytsariya  tibbiyoti dunyo sog‘liqni saqlash tizimida eng ilg‘orlardan deb tan olingan. Bunga hech bir shubha yo‘q. Bu mamlakat noyob tibbiy xizmat tizimini yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Tizim doirasida nafaqat mamlakat fuqarolari, balki mamlakatda uch oydan ko‘p muddat yashagan shaxslar ham  majburiy sug‘urta qilinadi. Shveytsariya  qonunlariga muvofiq xodimlarga ko‘rsatiladigan sifatli tibbiyot xizmatlari haqini ish beruvchi to‘laydi. Ishlamaydiganlarga va moliyaviy ahvoli tibbiy sug‘urta uchun to‘lash imkonini bermaydigan shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiyot xizmatlari haqini to‘lashni davlat o‘z zimmasiga oladi. Natija - o‘lim darajasi past, hayot davomiyligi ko‘rsatkichi dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri va, albatta, eng yaxshi hayot sifati ko‘rsatkichlari.

Mamlakatda mineral buloqlar atrofida tashkil etilgan turli tuman sanatoriy, profilaktoriy va reabilitatsiya markazlari to‘lib yotibdi. Shveytsariya  o‘z tibbiyotini har joyda targ‘ibot qiladi, ko‘klarga ko‘taradi, medical-community esa begonalar kirishi man etilgan qiziqishlar bo‘yicha yopiq klubni eslatadi. Begonalar - bu, birinchi navbatda, chet elliklar bo‘lib, ularning tibbiyot oliy o‘quv yurtiga kirishi yoki vrach lavozimiga ishga kirishining o‘zi haqiqatdan yiroq. Mumkin emas va gap tamom.

Shveytsariya da davolanishning asosiy afzal tomonlari

  • Tibbiyot yuqori darajada rivojlangan (davlat tomonidan tibbiyotga yo‘naltirilgan jiddiy investitsiyalar tufayli, Shveytsariya  tibbiyotida so‘nggi yillarda onkologiya kasalliklari, bosh va orqa miya operatsiyalari, qandli diabet kabi bedavo kasalliklardan forig‘ bo‘lish imkoniyati borasida katta kashfiyotlar qilindi).
  • Klinikalarning so‘ngi avlod asbob-uskunalari bilan jihozlanganligi (masalan, lazerli uskunalar o‘rnini bosgan kamtravmatik aralashuvlar uchun asboblar) odatiy skalpeldan shoshilinch hollardagina foydalanish imkonini berdi.
  • Ekspert toifasidagi innnovatsion diagnostika apparaturasi, operatsiyalarni kompyuter yordamida nazorat qilish vositalari operatsiyalarni qisqa muddatda o‘tkazish imkonini beradi.
  • Navbat yo‘qligi.
  • Davolanish maxfiyligi.

So‘nggi yillarda plastik jarrohlik, sun'iy urug‘lantirish, VIP-tug‘uruq kabi sohalarga qiziqish ortmoqda. Ammo, tibbiyotning deyarli barcha sohalarida diagnostika qilish va davolash uchun eng so‘nggi fan va texnika yutuqlaridan foydalaniladi.

 «Shveytsariya da davolanish» brendi deganda, butun dunyoda oliy darajali sifat va kafolatlangan natija tushuniladi. Shveytsariya  vrachlarining bilim darajasi, ko‘nikmalari, kompetensiyalari va o‘ta mas'uliyatliligi - bularning hammasi ko‘p jihatdan Shveytsariya  ta'lim tizimining mahsuli. Shveytsariya  ta'lim tizimida bo‘lajak vrachlar 14 yil davomida oldingi avlod vrachlarining tajribasini nazariy o‘zlashtiradilar va amalda qo‘llaydilar.

Shveytsariya  ta'lim tizimi… Davomini o‘qish ->

Shveytsariya atalmish «olmos». 1-qism. Oligarxlar, soliqlar va banklar haqida ->

Shveytsariya atalmish «olmos». 2-qism. Xavfsiz hayot uchun orzudagi joy ->

Shveytsariya atalmish «olmos». 3-qism. Turizm va mehmonxona biznesi->