King's College London


Londonda akademik dastur: muvaffaqiyatli avlod uchun unumli yoz

Londonda yozgi dastur nufuzli oliy o‘quv yurti yoki kollejga kirib o‘qishga qat'iy qaror qilgan va yozgi ta'tilini foydali o‘tkazishni istaydigan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. King’s College London kollejida yozgi chuqurlashtirilgan tayyorlov dasturi turli ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘plab akademik dasturlarni, shuningdek London va uning atrofida o‘tkaziladigan qiziqarli madaniy tadbirlarda ishtirok etishni taklif etadi.

Nima uchun mazkur dasturni tanlagan ma'qul?

Mazkur ta'til dasturi vaqtni bekor ketkazmaydiganlar va, hatto, yozgi ta'tilda ham nimanidir o‘rganishga va nimanidir o‘zlashtirishga intiladiganlar uchun tashkil etilgan. Agar farzandingiz ta'tilni foydali o‘tkazishini, shu bilan birga dam olib, ma'naviyboyishini istasangiz - ushbu dastur aynan siz uchun. Ko‘p bilim berishi va turli-tuman tadbirlar taklif etishi bilan ushbu dastur, hatto, kattalarda ham qiziqish uyg‘otishi mumkin. Guruhdagi bolalarning soni 7 kishidan oshmaydi, demak pedagoglarga har bir o‘quvchiga individual yondashadilar, uning imkoniyatlariga moslashadilar va o‘z salohiyatini imkon qadar namoyon qilishiga yordamlasha oladilar.

2017 yilgi akademik dastur haqida batafsilroq

London yozgi dasturi xorijda o‘qish va kollejga o‘qishga kirish uchun tayyorlov dasturi hisoblanadi, ingliz tilini intensiv o‘rganishga asoslanadi va vaqtni bekor ketkazishni istamaganlar uchun bir qator biznes-fanlar va umumiy ta'lim fanlarini taklif etadi. Dastur ingliz tilini «upper intermediate» darajasida biladigan 14-16 yoshli o‘quvchilarga mo‘ljallangan. O‘quv soatlarining eng kam soni haftasiga 20 soat. Dasrlar kunning birinchi yarmida o‘tkaziladi.

Dastur o‘quvchilarga bazaviy fanlar ro‘yxatini taklif etadi, har bir o‘quvchi shu ro‘yxatdan bitta fanni tanlashi mumkin, ixtisoslikni tanlash stratgiyasi ham xuddi shunday.  O‘quvchilar har hafta yangi fanlarni tanlashlari yoki oldin tanlanganini chuqurroq o‘rganishni davom ettirishlari mumin. Bir haftada bir marta talabalarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mahorat darslari taklif etiladi: Notiqlik san'ati, Vaqtni boshqarish, Madaniy va ishbilarmonlik munosabatlari ko‘nikmalari, Baxslashish qobiliyati.



BAZAVIY FANLAR:
  • Fizika va Tabiatshunoslik
  • Matematika va Oliy matematika
  • Ingliz adabiyoti
  • Psixologiya
  • Biznes asoslari
  • Biokimyo
  • IELTS topshirishga tayyorgarlik
IXTISOSLIKLAR:
  • Muhandislik san'atiga kirish
  • Buyuk Britaniya tarixi
  • Makro va Mikroiqtimodiyot
  • Falsafa
  • Tibbiyotga kirish

Sinfdan tashqari tadbirlar

Ko‘ngilochar tadbirlar va ekskursiyalar dasturi ko‘ngilochar tadbirlar bo‘yicha menejer tomonidan talabalar bilan birgalikda tuziladi. Menejer bolalarning istaklarini hisobga oladi va ularning tanlovini hurmat qiladi. Ularga oldindan bir necha variant taklif etiladi, o‘quvchilar jamoa bo‘lib o‘zlariga ma'qul variantni tanlashlari mumkin. O‘quvchilar yaxshi ko‘radigan va ommaviy joylar: West End musiqiy festivali, Bukingem saroyi, London Dungeon muzeyi, Torp bog‘i (ko‘ngilochar bog‘), Oksford, Kembrij va Brayton atrofi.




King’s College London haqida

Qirollik kollejiga 1829 yilda qirol Georg IV tomonidan asos solingan va o‘sha paytdan beri kollej ham Yevropa talabalari, ham butun dunyo talabalari o‘rtasida ommalashib ketgan. Kollej binosi Londonning qoq o‘rtasida joylashgan. Bu yerda hayot har kuni qaynaydi va har kuni turli madaniy tadbirlar o‘tkaziladi. Kollej dunyoning eng buyuk bilim maskanlaridan biri bo‘lgan London universiteti tarkibiga kiradi va har yili yuqori akademik natijalar va yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Bu yerda bolalar haqiqiy klassik Angliya muhitiga kirishlari va Yevropa ta'lim an'analarini haqiqatda his qilishlari mumkin bo‘ladi. Ta'tilning akademik dasturi Qirollik kollejining kampusi - Strand campusda o‘tadi.



Londonda yashash

O‘quvchilar qo‘shni Moonraker Point kampusida, o‘sha Qirollik kollejida yashaydilar. Kampusda bir, ikki va uch kishilik xonalar bor. Yashash kampusi zamonaviy go‘zal ko‘rinishda qurilgan, barcha zarur qulayliklarga ega va juda shinam. Dasrlar o‘tadigan asosiy kampusgacha atigi bir necha daqiqalik yo‘l. U yerga bog‘ hududi bo‘ylab piyoda borish mumkin.



Ovqatlanish

Bolalar umumiy oshxonda, kuniga uch mahal, qat'iy belgilangan paytda ovqatlanadilar. Faqat ekskursiya kunlari kollej oshpazlari har bir bola yegulikni o‘zi bilan olib ketishi uchun maxsus paket tayyorlaydilar. O‘quvchilarga turli-tuman taomlar taklif etiladi, ular ko‘ngli tusaganini tanlab olishlari mumkin bo‘ladi.

Ertalabki nonushta: Omlet, tostlar, barra meva va sabzavotlar, yormalar, sandvichlar uchun sariyog‘ va murabbo, bekon, yangi siqilgan sharbatlar, shuningdek choy, qahva va suv.

Tushlik: Issiq taomlardan istalgani, 2-3 xil salat, pishiriqlar, barra meva va sabzavotlar, ichimliklar.

Kechki nonushta: Issiq taomlardan istalgani, 2-3 xil salat, pishiriqlar, desertlar, barra meva va sabzavotlar, ichimliklar.




Ekskursiyalar

Kollej madaniy tadbirlar va mahalliy diqqatga sazovor joylarni o‘rganish uchun juda qulay joylashgan. O‘quvchilar Bukingem saroyi, mashhur Big Ben kuranti, London Dungeon muzeyi , London muzeyi, turli festivallar, shu jumladan har yili o‘tkaziladigan va dunyoga mashhur “Qirol sher” myuziklini taqdim etgan West End Musical djaz festivali, Brayton plyaji, shuningdek Kembrij va Oksford atrofidagi taniqli joylarga borishlari mumkin bo‘ladi. Bolalar eng yaxshi ko‘radigan joylardan biri Thorpe Park - attraksionlar bog‘i bo‘lib, u Yevropadagi eng katta va noyob bog‘ hisoblanadi.  Bog‘ Parij Disneylendi bilan bemalol bellasha oladi, u yerda 7 xil Amerika tepaliklari va 5 xil suv attraksionlari bor.

Dastur haqida qisqa ma'lumot

MANZIL:
King’s College London, London, Buyuk Britaniya
ISHTIROKCHILARNING YOSHI:
14 dan 16 yoshgacha
DAVOMIYLIGI:
2 haftadan 4 haftagacha davom etishi mumkin
DASTURNING QIYMATI:
Haftasiga £1460*
SHAXSIY XARAJATLAR:
Haftasiga kamida 50$
INGLIZ TILINI BILISH:
Upper intermediate**
AKADEMIK DASTURLAR:
Fanlarni o‘quvchi o‘zi tanlaydi
EKSKURSIYALAR:
West End musiqiy festivali, Bukingem saroyi, London Dungeon muzeyi, Torp bog‘i (ko‘ngilochar bog‘), Oksford, Kembrij va Brayton atroflari.
HUJJATLARNI TOPSHIRISH MUDDATI:
30.04.2017

Pul invoys (to‘lov uchun schyot) bo‘yicha maktabning hisob raqamiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

** Til bilish shaxsiy uchrashuv chog‘ida kompaniya ofisida tekshiriladi. Qo‘shimcha ravishda kollej telefon orqali intervyu o‘tkazishni so‘rashi mumkin.


2 yoki 4 haftalik dasturni tanlash imkoniyati bor.

Kelish va ketish sanasi
04.07-18.07.2017 - 2 hafta
18.07-01.08.2017 - 2 hafta
04.07-01.07.2017 - 4 hafta

 

Dastur narxiga (£1460) quyidagilar kiradi:
  • Akademik mashg‘ulotlar va treninglar London, Oksford va Birmingem bo‘ylab ekskursiyalar;
  • Kollej hududida yashash;
  • 3 mahal ovqatlanishni o‘z ichiga olgan to‘liq pansion;
  • Ekskursiyalar paytida bolalarning qo‘liga tushlik berish;
  • Kir yuvish xizmatlari va Wi-Fi;
  • Kelganda kampusgacha va ketayotganda aeroportgacha transport (faqat yakshanda kuni kelinsa);
  • Barcha ishtirokchilarga esdaliklar va sovg‘alar;
  • O‘quv materiallari;
  • Shaxsiy sug‘urta;
  • Musiqiy festivalga chipta;
  • Attraksionlar bog‘iga borish.

 

Qo‘shimcha xarajatlar:
  • Konsullik badali: $224.
  • Hujjatlarni tarjima qilish: 200 000 dan 400 000 so‘mgacha.
  • Angliyada bo‘lish davrida sog‘likni sug‘urta qilish: $21 (rasmiylashtirish vaqtigacha o‘zgarishi mumkin). 
  • Toshkent-London-Toshkent aviachiptasi: kamida 2 600 000 so‘m (sotib olish vaqtigacha o‘zgarishi mumkin).
  • Kompaniyaning safarni tashkil etish, vizalarni rasmiylashtirish va guruh yetakchisini tayinlash bo‘yicha xizmatlari: 2 000 000 so‘m *.

Muqaddam kompaniyamizning xizmatlaridan foydalangan talabalar va ularning oilalariga safarni tashkil etish bo‘yicha kompaniya xizmatlariga 50 foizlik chegirma beramiz!

Londonda yozgi ta'til dasturi - bu o‘smirlar uchun ingliz tilini va o‘zlarini qiziqtiradigan boshqa fanlarni o‘rganib, vaqtni foydali va maroqli o‘tkazish uchun betakror imkoniyat. Doimiy ekskursiyalar, madaniy tadbirlar va London bo‘ylab qiziqarli sayrlar yosh yetakchilarda unutilmas taassurotlar uyg‘otadi, o‘z kuchiga ishonch uyg‘onishida yordam beradi va mustaqil bo‘lishga o‘rtagati.

DIQQAT!!! Viza olish - uzoq muddatli jarayon va taxminan 60 kun ketishi mumkin. Shu munosabat bilan hujjatlar to‘liq paketi  2017 yil may oyigacha tayyor bo‘lishi kerak.

Нархи GBP 1,460 /
Давомийлиги
Ёши
Яшаш жойи
Интенсивлиги