2017 yilgi yozgi ta'til dasturlari

Bo‘lajak yo‘lboshchilar uchun Barselonada yozgi biznes-kurs


Bo‘lajak yo‘lboshchilar uchun Barselonada yozgi biznes-kurs

Ingliz tili bilan biznes asoslarini nafaqat Angliya, AQSH yoki Avstraliyada, balki Ispaniyada ham o‘rganish mumkin! O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan, boy tarixiy merosga ega Barselonadagi o‘ta qiziqarli yozgi dasturni e'tiboringizga havola etamiz. Kurs davomida ishtirokchilar, shuningdek, biznes va menejment asoslari bo‘yicha biznes-kursni o‘taydilar ham. Bundan tashqari, hech kimni befarq qoldirmaydigan keng ko‘lamli madaniy dastur rejalashtirilgan!

Dastur haqida qisqa ma'lumot

Ishtirokchilarning yoshi:
16 yoshdan
Davomiyligi:
3 hafta
Kurs boshlanishi:
02.07.2017
Kurs tugashi:
22.07.2017
Dasturning qiymati:
3000 yevro*
Shayxsiy xarajatlar:
Haftasiga kamida 100 yevrodan
Guruhda o‘quvchilar soni:
10 kishi
Ingliz tilini bilish:
Intermediate**
Ekskursiyalar:
Barselonaning diqqatga sazovor joylari
Hujjat topshirish muddati:
30.03.2017
Alohida talablar:
1 - ishtirokchi maktab yoki litsey/kollej o‘quvchisi, yoki universitet talabalasi bo‘lishi kerak;
2 - ingliz tilini o‘rta darajada bilishi lozim

* Pul invoys (to‘lov uchun schyot) bo‘yicha maktabning hisob raqamiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

** Til bilish kompaniya ofisidagi uchrashuvda tekshiriladi.


Dastur narxiga (3000 yevro) quyidagilar kiradi:
  • Bir haftada 20 soat dars, ingliz tilida;
  • darsliklar;
  • Barselona bo‘yicha ekskursiyalar, topas-tur (gastronomik tur), kechki ovqat paytida tabriklash marosimi, dastur tugashi marosimi;
  • Kompaniyalarga tashriflar (industrial tashriflar);
  • Rezidensiyaga joylashtirish;
  • to‘liq pansion (3-vaqt ovqat);
  • tibbiy sug‘urta;
  •  dastur o‘tgani to‘g‘risida sertifikat.


Qo‘shimcha xarajatlar:
  • Hujjatlarni tarjima qilish: 200 000 dan 400 000 so‘mgacha
  • Ispaniyaga viza olish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish badali: 60 yevro.
  • Aviachipta: 2 260 000 so‘mdan (sotib olish vaqtigacha o‘zgarishi mumkin). 
  • Ispaniyadagi shaxsiy xarjatlar (shoping, esdaliklar): haftasiga 100 yevrodan.
  • Kompaniyaning safarni tashkil etish, vizalarni rasmiylashtirish va guruh yetakchisini tayinlash bo‘yicha xizmatlari: 1 000 000 so‘m *.

* Muqaddam kompaniyamizning xizmatlaridan foydalangan talabalar va ularning oilalariga safarni tashkil etish bo‘yicha kompaniya xizmatlariga 50 foizlik chegirma beramiz!

Dastur kim uchun mo‘ljallangan?

16 yoshdan oshgan har qanday maktab yoki litsey/kollej o‘quvchisi, yoki universitet talabalasi Barselonada ushbu dastur bo‘yicha yozni o‘tkazishi mumkin. Ayniqsa, agar o‘qish yoki karyerangizni xorijda davom ettirishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, qulay makondan tashqariga chiqib, katta muvaffaqiyatlarga  erishmoqchi bo‘lsangiz, bu Siz uchun ajoyib imkoniyat! Bundan tashqari, butun dunyodan kelgan tengdoshlaringiz bilan do‘stlashishingiz, biznes-aloqalar o‘rnatishingiz mumkin bo‘ladi.

Kurs davomida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilar muvaffaqiyatli tadbirkorlar, biznes olamining yetakchilari bilan birgalikda menejment, marketing va, umuman, biznesning dolzarb masalalarini o‘rganasiz. Biznesda odobi konsepsiyasi va korporativ ijtimoiy mas'uliyat tushunchasi bilan tanishasiz. Sizga ishlaydigan biznes-modellarni shakllantirishni va ularni haqiqatda faoliyat yuritadigan korxonalar misolida tahlil qilishni o‘rgatadilar.

O‘quv dasturi

O‘qish vaqti: dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 14:00 gacha. Talabalar quyidagi kurslarni ingliz tilida o‘rganadilar:

1-hafta: Business Management (10 soat) («Biznesda boshqaruv»), Negotiation & Effective Communication (10 soat) («Muzokaralar va samarali munosabat»).

2-hafta: Doing Business in Spain & Latin America (20 soat) («Ispaniya va Lotin Amerikasida biznesga kirish»).

3-hafta: Entrepreneurship & New Venture Creation (20 soat) («Tadbirkorlik va yangi korxonalarni ochish»).

Barselonada yashash

Ispaniyada o‘qish davrida talabalar ikkita rezidensiyada joylashtiriladi - Sarria va Resa. Ikkala rezidensiya o‘qish bo‘ladigan akademik korpusdan 15 daqiqalik yo‘lda joylashgan. Bir xonada 2 kishidan yashaydi. Kelgandan so‘ng qabul qiluvchi taraf vakillari rezidensiyadan akademik korpusgacha tanishtiruv safari uyushtiradilar. Safar davomida talabalarni guruh yetakchisi kuzatib boradi.



Ovqatlanish

Talabalar ovqat bilan to‘liq t'minlanadi. Rezidensiyada 3 mahal ovqat tashkil etiladi. Menyuga turli issiq ovqat, barra meva va sabzavotlar va boshqa mazali yeguliklar kiritilgan. Shuningdek, talabalar tushlikni o‘zlari bilan olib olishlari mumkin.



Barselona - bu dam!

Barselonada hamma narsaga vaqt yetadi! Shahar ko‘plab tarixiy me'moriy,  va madaniy obidalar bilan mashhur. Ularni albatta ko‘rish kerak!

Shuningdek, xalqaro yozgi dastur ishtirokchilari bir necha mahalliy kompaniyalarga boradilar, shu jumladan Kamp-Nou stadioniga borib Barcelona futbol klubini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar. Shu tufayli talabalar dunyoga mashhur kompaniya va muassasalar qanday ishlashi  bilan shaxsan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, talabalar muhtasham ijod mahsuli - Sagrada Familia bilan tanishadilar.

An'anaviy ispan taomlarini tatib ko‘rishni istaganlar uchun eksklyuziv Tapas-tur - Barselona bo‘yicha gid bilan birga gastronomik tur tayyorlab qo‘yilgan. O‘quvchilar 4 ta restoranga borib, eng an'anaviy ispan milliy taomlarini tatib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Port Aventura Universal Amusement Park va Sitgesga ekskursiya taklif etiladi.

Barcha ishtirokchilarni ko‘plab ekskursiya, yorqin taassurotlar va selfi kutmoqda!



2017 yilda guruhni kuzatib boruvchi
Yevgeniya Chekmenyova, Education Standard kompaniyasining  Marketinga direktori va Yevropada o‘qish bo‘yicha maslahatchi. Pedagogik ma'lumotga ega. Ona rus tilidan tashqari ingliz tilida erkin so‘zlashadi. Yevgeniya ziyrak, mas'uliyatli va batartib guruh yetakchisi.
Guruh yetakchisining majburiyatlari:
- Ispaniyaga safar chog‘ida bolalarga qarab yurish;
- Ispaniyada bolalarning O‘zbekistonda qolgan ota-onalari bilan aloqada bo‘lishlarini ta'minlash;
- ota-onalarga har kuni hisobot berish (talab qilinsa).

Diqqat!!! Viza olish - uzoq muddatli jarayon va taxminan 60 kun ketishi mumkin. Shu munosabat bilan hujjatlar to‘liq paketi 2017 yil may oyigacha tayyor bo‘lishi kerak.

Bo‘lajak yo‘lboshchilar uchun Barselonada yozgi biznes-kurs - o‘zingizni xorijiy ta'lim tizimida sinab ko‘rish, butun dunyoda yashaydigan tengdoshlaringiz bilan tanishish uchun a'lo imkoniyat! Barcha mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi, shuning uchun ham bu kur Sizga ingliz tilidagi bilimlaringizni yangi sifat bosqichiga ko‘tarishingiz uchun betakror imkoniyat taqdim etadi. Bu yoz shaxsiy, akademik va professional rivojingizga bebaho hissa qo‘shadi.


Нархи EUR 3,000 /dastur uchun
Давомийлиги
Ёши
Яшаш жойи
Интенсивлиги