2017 yilgi yozgi ta'til dasturlari

Yozni Angliyada, University of Kent universitetida o‘tkaz - ingliz tili va madaniyati


Yozni Angliyada, University of Kent universitetida o‘tkaz - ingliz tili va madaniyati

Angliya yozi - bu yam yashil maysalar, iliq iqlim. Angliya jazirama yoz nimaligini bilmaydi, bunday yumshoq iqlim dunyoning barcha burchaklaridan sayyohlarni Angliyaga yetaklaydi. Gullagan bog‘larni eslatadigan shahar chekkalari yozgi lager uchun ko‘ngildagi joy. Shunday joylardan biri Kent grafligi - Kenterberi shahri. Kent Universiteti qoshidagi bolalar lageri aynan shu yerda joylashgan.

Kenterberi - Buyuk Britaniyaning eng qadimiy va mashhur shaharlardan biri bo‘lib, muhtasham me'morchilik obidalari va o‘rta asrlarga mansub ko‘plab inshootlari bilan ma'lum. University of Kent qoshidagi yozgi lager bolangizga olam-olam taassurotlar sovg‘a qiladi i ingliz tili bo‘yicha bilimlarini takomillashtirishga yordam beradi. Ko‘plab ekskursiyalar va ko‘ngilochar dasturlar bolalarning dunyoqarashini kengaytiradi va bolalarni o‘zini rivojlantirishga rag‘batlantiradi. Shuningdek, Angliyada sportga va yosh avlodning jismoniy rivojlanishiga alohida e'tibor qaratilishini ta'kidlab o‘tish kerak. Lagerda turli sport maydonlari bor bo‘lib, bu yerda bolalar dars va ekskursiyalardan bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari mumkin, tajribali pedagoglar har bir bolani rivojlantiruvchi ommaviy o‘yinlarda ishtirok etishga qiziqtira oladilar.

Dasturning tavsifi

Dastur 12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun mo‘ljallangan. Haftasiga 15 soat ertalablari bolalar ingliz tili bo‘yicha akademik mashg‘ulotlarda bo‘ladilar. Mashg‘ulotlar zerikarli bo‘lmasligi uchun pedagoglar ingliz tilida maxsus interfaol o‘yinlarni, jamoa bo‘lib muhokama qilinadigan mavzularni va o‘yin shaklidagi mashqlarni ishlab chiqqanlar. Bu kabi noan'anaviy ta'lim uslubi  ko‘p yillardan beri yaxshi natija berib kelmoqda, shuning uchun Angliyaning yozgi lagerlarida pedagoglar tomonidan keng qo‘llaniladi. O‘qish to‘rtta asosiy komponentni o‘z ichiga olgan: eshitib tushunish, og‘zaki nutq, aksentni to‘g‘rilash, husnixat va akademik o‘qish. Shuningdek, grammatikaga katta ahamiyat beriladi.

Mashg‘ulotlardan keyin bolalar lanchga boradilar, so‘ng majburiy sport mashg‘ulotlari. Bolalarni ularga yoqmaydigan narsalar bilan shug‘ullanishga majbur qilmaslik uchun lager ma'muriyati juda ko‘p faol mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratib qo‘ygan: futbol, basketbol, voleybol, raqs to‘garaklari, regbi, tennis, stol o‘yinlari va ko‘plab boshqa mashg‘ulotlar.

Kechki ovqatdan keyin bolalar uchun o‘tirishlar va mavzularga bag‘ishlangan kechalar uyushtiriladi. Dastur juda turfa xil va hatto eng talabchan bolalar ham uni munosib baholaydilar. Dasturdan karaoke va iste'dodlar tanlovi, turli uslubdagi raqs kechalari, kvestlar va modalar namoyishi, film tomosha qilish va diskotekalar, shuningdek kutib olish va xayrlashuv kechalari o‘rin olgan. Kechalarda bolalarning o‘zlari ham ishtirok etadi, bironta bola e'tiborsiz qolmaydi, ya'ni bolalarning  zerikishga vaqti qolmaydi. Lagerda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan bolalar va, albatta, til sohiblari ham shug‘ullanadi va bunday tadbirlarda bolalar o‘z tengdoshlari bilan ingliz tilida suhbatlashish, og‘zaki nutqini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Lagerdan so‘ng ko‘p bolalar bir-birlari bilan aloqani uzmaydilar, do‘stliklari davom etadi, kelajakda ular biznes hamkor bo‘lsalar ajab emas.

Ekskursiyalar

Yozgi dasturdan ekskursiyalar alohida o‘rin olgan. Angliya me'morchiligi tomosha qilish va hayratlanish uchun yaratilgandek go‘yo, bolalar necha yoshda bo‘lmasin, qadimiy qasrlarga safarlar va pedagoglarning hikoyalari ular uchun juda qiziqarli bo‘ladi.

“Oliver Tvistning sarguzashtlari” va “Devid Kopperfild” asarlarining muallifi Charlz Dikkensning hikoyalarini ko‘pchilik o‘qigan, albatta. Ushbu romandagi voqyealarning ko‘pchiligi aynan shu shaharchada yuz beradi. Shaharcha qariyb 2000 yoshda. Uning eng asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri - Rochester qasri bo‘lib, 11 asrning boshlarida qurilgan va muhtashamligi va sirliligini hozirgi kunlargacha saqlab qolgan. Shuningdek, guruh markaziy bog‘dagi Vayns bog‘lariga boradi, bolalar bu yerda Angliya tabiatidan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Ta'tilning bir kuni Kent grafligidagi  Uitstabl sohil bo‘yi shaharchasiga bag‘ishlanadi. Shaharchaning ham o‘ziga yarasha diqqatga sazovor joylari bor: mahalliy qasr, chiroyli plyaj va qadimiy binolar joylashgan sohil, ko‘plab do‘konchalar va qahvaxonalari bilan tanilgan markaziy ko‘cha. Ekskursya ro‘yxatidagi na bir shahar - La-Mansh bo‘g‘ozida joylashgan Brayton kurort shaharchasi. Bolalar mahalliy muzeyga va mashhur Qirollik Paviloniga borishlari, shuningdek sayyohlarga turli chiroyli buyumlar va dengiz yodgorliklarini taklif etadigan do‘konchalarga kirishlari mumkin bo‘ladi.

Kembrij Buyuk Britaniyaning mashhur shaharlaridan biri va dunyoga Kembrij universitetini hadya etgan. Shu yerning o‘zida ko‘plab qadimiy kollejlar, sobor va kapellalar, mashhur Kembrij xo‘rsinishlar ko‘prigi, matematika muzeyi, san'at va madaniyat muzeyi, dumaloq cherkov joylashgan.

Buyuk Britaniya poytaxti Londonga safar unutilmas hodisalardan biri bo‘ladi! London bo‘ylab sayr qilish uchun bir kundan ko‘proq vaqt ajratiladi, chunki diqqatga sazovor joylar juda ko‘p va ularning birontasini o‘tkazib yubormagan ma'qul.   Shunday joylardan biri - Vestminster Abbatligi - eng qadimgi va mashhur qurilmalardan biri. U 7 asrda qurilgan. Abbatlik qoshida muzey bor. Bu muzeyda bolalar Angliya tarixi bilan tanishishlari, mashhur tarixiy shaxslar to‘g‘risida ma'ruzalar tinglashlari va ayrim juda qiziqarli eksponatlarni tomosha qilishlari mumkin. Vestminster Abbatligidan tashqari, bolalar Big Benni (mashhur London kurantlari), Angliyaning siyosiy arboblari yig‘ilishlar o‘tkazadigan va muhim qarorlar qabul qiladigan Angliya Parlamenti binosini  tomosha qilishga boradilar va, albatta, butun dunyoga taniqlgan madam Tyussoning mum haykallar muzeyiga sayr uyushtiriladi. Muzey butun dunyo bo‘ylab ko‘plab filiallarga ega, ammo aynan Londondagi muzey turli-tuman eksponatlari bilan ajralib turadi! Bukengem saroyiga borganda, bolalar qorovul almashishini tomosha qiladilar. Qorovul almashishi Yevropaning eng yorqin tomoshalaridan biri va bir necha yillardan bri o‘zgarishsiz davom etib keladi. Angliya otliqlari gvardiyasini butun dunyo taniydi va Londonga borgandan keyin uni albatta ko‘rish kerak! Shuningdek, bolalar Pikadilli ko‘chasidagi Sirkka, Trafalgar maydoniga, mashhur Avliyo Jeyms bog‘iga, Milliy Galereya va London ko‘zi - Yevropadagi eng katta tomosha charxpalagiga boradilar. Bu charxpalakni Millenium g‘ildiragi deb ham atashadi.

Yashash

Yozgi dastur davomida bolalar Kent Universitetining kampusida yashaydilar. Kampus 300 akr yerda, tepalikda joylashgan bo‘lib, bu yerdan turib shaharni tomosha qilish mumkin. Universitet hududi yaxshi qaralganligi va kamtarona go‘zalligi bilan tahsinga loyiq. Kampus qoshida turli-tuman tibbiyot texnikasi bilan jihozlangan tibbiyot markazi, birinchi zarurat mollari sotiladigan do‘kon bor. Kampusdan aeroportgacha bir yarim soatlik yo‘l. Bolalar uchun bir va ikki kishilik xonalar ajratiladi, xonalarda simsiz internet bor. Bolalar oila a'zolari bilan doim aloqada bo‘ladilar. Xonalarda dam olish uchun qulay mebel va dars tayyorlash uchun stol va stullar, xojatxona va vannaxona, kiyim-kechak uchun shkaf va shaxsiy buyumlar uchun tumba bor. Haftada bir marta sochiqlar almashtiriladi va kirxona xizmatlari taklif etiladi.



Ovqatlanish

Lager oshpazlari bolalar uchun turli-tuman taomlar pishiradilar, shuningdek vegetarianlar uchun menyu ham bor.

Ertalabki nonushtaga misol: barra mevalar, yogurtlar, pishiriqlar, suli bo‘tqasi va yormalar, omlet, shuningdek qaynoq va yaxna ichimliklardan istalgani.

Tushlikka misol: salatlardan istalgani, sho‘rva, ikkinchi taomlardan bittasi, sandvich va ichimliklar.

Kechki ovqatga misol: salatlardan va ikkinchi taomlardan istalgani (shu jumladan, turli go‘shtlar), pishiriqlar va desertga yangi uzilgan mevalar, sovuq va issiq gazaklar va ichimliklardan istalgani.



Dastur haqida qisqa ma'lumot

MANZIL:

University of Kent, Kenterberi sh., Kent grafligi, Buyuk Britaniya

ISHTIROKCHILARNING YOSHI:

12 dan 17 yoshgacha (to‘liq)

DAVOMIYLIGI:

3 hafta

KURS BOSHLANISHI:

23.06.2017

KURS TUGASHI:

14.07.2017

DASTURNING QIYMATI:

$3200*

SHAXSIY XARAJATLAR:

Haftasiga kamida $50 

AKADEMIK DASTUR:

Ingliz tilini o‘rganish, chet ellik o‘quvchilar bilan muloqot, og‘zaki ingliz tilida so‘zlashish

INGLIZ TILINI BILISH:

Boshlang‘ich darajadan ilg‘or dasturgacha

FAOL DAM:

London, Kembrij, Brayton, Kenterberri va Rochester shaharlariga ekskursiyalar. Muzeylar, ko‘ngilochar va madaniy tadbirlarda ishtirok etish

HUJJATLARNI TOPSHIRISH MUDDATI:

30.04.2017

O‘ZGACHA TALABLAR:

Ishtirokchi maktab yoki litsey/kollej o‘quvchisi bo‘lishi shart

* Pul invoys (to‘lov uchun schyot) bo‘yicha maktabning hisob raqamiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Dastur narxiga) quyidagilar kiradi (3200 USD)
  • Og‘zaki ingliz tilini  rivojlantirish mashqlari, ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha intensiv akademik kurs;
  • London, Oksford, Brayton, Rochester va Kenterberi bo‘ylab ekskursiyalar. Muzey va ko‘rgazmalarga, ko‘ngilochar va madaniy tadbirlarga borish.
  • Dastur davomidagi barcha transferlar, shu jumladan aeroport;
  • Universitet hududida yashash;
  • To‘liq pansion;
  • Ekskursiyalar paytida bolalarning qo‘liga tushlik berish;
  • Dasturni o‘zlashtirganligi to‘g‘risida sertifikat.
Qo‘shimcha xarajatlar:
  • Konsullik badali: $224.
  • Hujjatlarni tarjima qilish: 200 000 dan 400 000 so‘mgacha.
  • Angliyada bo‘lish davrida sog‘likni sug‘urta qilish: $21 (rasmiylashtirish vaqtigacha o‘zgarishi mumkin). Toshkent-London-Toshkent aviachiptasi: kamida 2 600 000 so‘m (sotib olish vaqtigacha o‘zgarishi mumkin)
  • Kompaniyaning safarni tashkil etish, vizalarni rasmiylashtirish va guruh yetakchisini tayinlash bo‘yicha xizmatlari: 
000 000 so‘m.

* Muqaddam kompaniyamizning xizmatlaridan foydalangan talabalar va ularning oilalariga safarni tashkil etish bo‘yicha kompaniya xizmatlariga 50 foizlik chegirma beramiz!


DIQQAT!!! Viza olish - uzoq muddatli jarayon va taxminan 60 kun ketishi mumkin. Shu munosabat bilan hujjatlar to‘liq paketi  2017 yil may oyigacha tayyor bo‘lishi kerak.

Kampusning osuda muhiti, toza havo, ajoyib iqlim va akademik mashg‘ulotlar bilan ko‘ngilochar tadbirlar  - har qanday bola uchun eng yaxshi ta'til. Angliya bejizga ta'lim olish, ayniqsa ingliz tilini o‘rganish va og‘zaki nutqni rivojlantirish  uchun dunyoning eng yaxshi mamlakati hisoblanmaydi. Yozgi ta'tilni o‘tkazish uchun Angliyaga safar farzandingiz uchun unutilmas sovg‘a bo‘ladi. Bolalar bu safardan butun umrga tatigulik xotiralar bilan qaytadilar!


Нархи USD 3,200 /dastur uchun
Давомийлиги
Ёши
Яшаш жойи
Интенсивлиги