HULT Boston: Texnologiyalar o'quv jarayoni xizmatida!

06 Yanvar, 2017
  • 0
  • 4512
  • 0
Алишер
Норов

Hammaga salom! Sizga ajoyib Boston shahridan yozmoqdaman. Men bu yerda  Hult International Business School maktabida magistraturada xalqaro moliyani o‘rganmoqdaman.

HULTni tanlash - puxta o‘ylangan qaror

Men aynan shu biznes-maktabda o‘qishga qaror qilishdan oldin juda uzoq o‘yladim. Bir necha konsalting kompaniyalariga murojaat qildim, ularning ko‘pchiligi bir xil oliy o‘quv yurtlarini taklif etdilar.  Education Standard kompaniyasida avval meni yaxshilab eshitdilar, rejalarim va universitetga qo‘yadigan talablarim haqida so‘radilar, shundan keyingina bir necha variantni taklif etdilar. Bir necha universitetlarga hujjat topshirdim, oxiri HULT maktabini tanladim. Bundan tashqari, aynan Xaltda menga katta miqdorda qisman stipendiya taklif etdilar. Stipendiyaning miqdorini ayta olmayman, chunki bizlarga moliyaviy masalalar - har bir insonning shaxsiy ishi deb o‘rgatadilar J Bundan tashqari, Xaltning San-Fransisko, Boston, Nyu-York, London, Shanxay, Dubay shaharlarida kampuslari bor va universitet rotatsiya dasturini taklif etadi, ya'ni magistraturada o‘qish davrida ikkita shaharda o‘qish mumkin.


Universitetimizda baynalmilal muhit hukm suradi, dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan - AQSH, Angliya, Italiya, Germaniya, Singapur, Malayziya, Hindiston, Rossiyadan kelgan talabalar tahsil oladilar. Faqat, o‘zbekistonlik talabalar faqat ikkita. Ammo, hali hammasi oldinda! ))

Kampusimiz yuqori texnologiyalarga asoslangan!

Ichkariga kirish uchun barchaning elektron ID-kartasi bo‘lishi kerak. Hatto, lift ham sensorli ekran bilan chaqiriladi - biz kerakli qavatning raqamini kiritamiz va tizim qaysi lift kerakli qavatga tezroq olib chiqishini hisoblab chiqadi. 

Bostondagi HULTda qulay leksiya xonalaridan tashqari ta'lim xonalari - study rooms bor. Bu yerda biz xodimlar bilan mashg‘ulotlardan keyin yig‘ilamiz va uy vazifalarini bajaramiz. Xaltda ta'lim dasturi amaliy muammolarni hal etishga qaratilgan, ya'ni Case Study usuliga asoslangan, shuning uchun kurs 5-6 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratilgan va professorlar har bir guruhga bittadan topshiriq beradilar. Sinf xonalaridagi eng qulay narsa - butun devorni egallagan doska (whiteboard) va kompyuterga ulash mumkin bo‘lgan katta monitor )) Har bir xonaning o‘z nomi bo‘lib, dunyo shaharlarining nomidan olingan - Lissabon, Istanbul, Syurix va hokazo. Darvoqye, barcha uy ishlarini onlayn-portal - myhult orqali olamiz, bajarilgan ishlarni ham shu yerga joylashtiramiz.


Leksiya zallarida bir tomon devor butunlay shishadan, Boston shahrining markazini tomosha qilish mumkin :) Majbuiy fanlar bo‘yicha leksiyalardan tashqari, bu yerda taklif qilingan lektorlar  - ilg‘or biznesmenlar ham tez-tez leksiya o‘qib turishadi, o‘z tajribalari bilan almashishadi. Bu yerda hech qanday yo‘qlama va jurnalga n/b qo‘yish yo‘q. Davomat ham elektron tarzda ishlaydi - leksiya zaliga kirish oldida elektron uskuna turadi, bu uskunada barmoq izlarini qoldirish kerak, shundan so‘ng talaba leksiyada ishtirok etgan hisoblanadi. 

Kampusning har bir qavatida kichkina oshxona - sovutkich, ichimliklar, mikro to‘lqinli pech bor. Bularning hammasi mashg‘ulotlar orasida miyani oziqlantirish uchun J Dam olishga ham katta e'tibor berilgan - qulay divan, kreslolar, ping-pong, hatto, PlayStation bor!. O‘qish esa birinchi o‘rinda - tezkor internet va printerga ulangan zamonaviy aymaklardan (IMAC) foydalanamiz.  Har bir talaba undan foydalanishi, biron topshiriq yozishi yoki hujjatni bosmadan chiqarib olishi mumkin. 

Bundan tashqari, bu yerda taymer bor! Kalitlar eskilik sarqiti, kameraga taymer o‘rnatish kerak va shkaf aynan shu payt ochiladi. Eng muhimi, vaqtida ulgurish! Hazil deb o‘ylayapsizmi? Bundan aniq maqsad ko‘zlangan. Xalt bir narsaga o‘rgatadi - intizom biznesda odob alomati.


Xaltda bizni o‘z dasturimiz doirasidagi fanlardan tashqari, biznes odobiga, ish beruvchilar, hamkasblar, hamkorlar bilan qanday to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga, rezyumeni qanday tuzishga, intervyuda nimalarni gapirishga va ko‘plab boshqa foydali narsalarga o‘rgatadilar. Xalt bitiruvchilari Coca-Cola, IBM, Google kabi dunyoning yetakchi kompaniyalarida ishlaydilar. Aynan Hult Boston maktabini tanlaganimdan juda mamnunman.