IELTS ga Torontoda, mening bo‘lajak talabalik rejalarim shahrida tayyogarlik ko‘raman

06 Dekabr, 2016
  • 0
  • 6539
  • 0
Парвиз
Абдусамадов

Bakalavriatni chet elda, ingliz tilida o‘qishga qaror qilganimga ancha bo‘lgan. O‘shandan beri hayotmda ingliz tilini faol o‘rganish  va IETLS  imtixoniga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi boshlandi. Albatta, ingliz tilini o‘z vatanida o‘rgansa ham bo‘ladi, ammo ingliz tilida so‘zlashadigan davlatga sayohatga borish va ingliz tilida so‘zlashish mahoratini deyarli til sohiblari darajasiga ko‘tarish mumkin. Men aynan shunday yo‘l tutdim, bunda menga qadrli ota-onam yaqindan yordam berishdi, albatta.

Hammasi juda tez yuz berdi!

ILAC maktabini internetdan topdim. Bu yerda butun dunyodan kelgan talabalar uchun ingliz tili Business English, TOEFL, IELTS  va boshqa dasturlar bo‘yicha o‘qitiladi. Bildirilgan fikrlarni o‘qib chiqib, aynan shu maktabga hujjat topshirishga qaror qildim. Mening maqsadim  IELTS imtihoniga tayyorgarlik kursini o‘tish va imtihonni yuqori ballga topshirish edi. Meni maktabga qabul qilishlari va ingliz tili bo‘yicha bilimlarimning joriy darajasini aniqlashlari uchun dastlabki testdan o‘tdim. Hujjatlarni rasmiylashtirish va viza olishda menga Education Standard Consulting Group kompaniyasi yaqindan yordam berdi, buning uchun ularga cheksiz minnatdorman ^_^. Kanadaga 9 YILLIK MULTIVIZA oldim.


Kanada, kutib ol!

Kanadaga yetib borish uchun ikkita samolyotga o‘tirdim. Toshkent aeroportida ekanimda dunyoni kesib o‘tish  va boshqa yarim sharga yetib borish qanday bo‘lishini tasavvur qilolmasdim. Samolyot illyuminatoridan bepoyon yam-yashil dalalar va ko‘llar ko‘zga tashlanganda tushundimki, bu - KANADA! Endi bu zo‘r ekanini aniq bilaman)) Shubhasiz, 20 soatlik yo‘l bunga arziydi!

Ota-onam bilan bu safarni apreldan boshlab rejalashtirdik, iyun oyida esa Toronto aeroportida trapdan tushdim. Mashinaga o‘tirganimda chekkalarida baland daraxtlar o‘sgan  yo‘l o‘z domiga tortdi. Xorijiy filmdan olingan kadrga o‘xshaydi. Ob-havo meni hayratlantirdi -sovuq ham, Toshkentchalik issiq ham emasdi. Kanadaliklar juda odamshavanda va serkulgi xalq ekan. Rostini aytsam, hech qayerda va hech qachon buncha ko‘p «rahmat» va «uzr» so‘zini eshitmagandim. Odamlar juda muloyim. Men bu muhitga juda tez o‘rgandim.

Yoshim atigi 17 da, shuning uchun meni oilaga joylashtirishdi (faqat 19 yoshga to‘lgan talabalargina alohida rezindansiyaga joylashishlari mumkin). Uy ILAC maktabiga yaqin edi, u yerga haqiqiy talabalar kabi avtobus va metroda  30 daqiqada yetib olardimJ Oila a'zolari ajoyib insonlar ekan! Deyarli to‘laqonli oila a'zosiga aylandim ^_^. Shu oilani o‘zida ovqatlandim. Dam olish kunlari bu oila bilan qiziqarli va quvonchli o‘tardi. Muhimi shundaki, ILAC talabalarni faqat tekshirilgan, baobro‘, oldindan masus tayyorgarlikdan o‘tgan oilalarga joylashtiradi. Bu xavfsizlik kafolati.

Maqsad - IELTS imtihonida yaxshi natijaga erishish

ILAC maktabi zamonaviy binoda joylashgan. Bu yerda interyer dizayni ham, o‘qitish usullari ham o‘ta zamonaviy. Maktab Torontoda markaziga yaqin joylashgan va 4 ta binodan iborat. Butun dunyodan kelgan talabalarni ingliz tili kurslari va bilim darajasiga qarab taqsimlaydilar. Xonalar shinam, bezashga ijodkorona yondashilgan, eng muhimi - qulaylik hissi. Bu do‘stona muhit shakllanishiga yordam beradi va yaxshi o‘qishga rag‘batlantiradi.

O‘qituvchilar hammaga birdek munosabatda bo‘lishadi, ular  uchun «sevimli» yoki «qoloq» o‘quvchilarning o‘zi yo‘q, doim kulib turishadi. Albatta, ularning sabriga tasannolar aytmay bo‘lmaydi))) Har kuni interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazildi, turli manbalardan berilgan material va ma'lumotlar hajmi juda katta. Hamma mashg‘ulotlar ingliz tilida o‘tkazilsa-da, tushunarli edi!

Darslardan keyin ham zerikishga vaqt bo‘lmadi! Maktab qoshidagi talabalarni mashg‘ul qilish bo‘limi (tarjima qilganda aynan shunday ataladiJ) turli o‘tirishlar, ekskursiyalar va Toronto shahri bo‘yicha ekskursiyalar uyushtiradi. Bularning hammasi talabalar darslardan keyin dam olishlariga va Kanadaning madaniyati bilan tanishishlariga, ingliz tilida so‘zlashishlariga qaratilgan!

Kanadaliklar juda tez gapirishadi, oldiniga ular nima deyayotganini tushunishim uchun birmuncha vaqt kerak bo‘ldi. Hamma narsaga tajriba kerak)) Ingliz tilida gaplashish ko‘nikmalarimni takomillashtirish uchun har kuni podkastlar eshitdim va ingliz tilida subtitrli seriallarni tomosha qildim.

Uchib kelishim bilanoq IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishni boshladim - o‘qish ko‘nikmasini oshirish va qo‘shimcha materiallar uchun kutubxonaga bordim. Grammatika men uchun hech qachon muammo tug‘dirmagan, nutqni tushunishni va og‘zaki nutqni aynan Kanadada o‘zlashtirdim. KEP))) ammo FAKT!

Kanadaga kelishim bilan imtihonni Internet orqali topshirishga yozildim, jarayon roppa-rosa bir daqiqa vaqtimni oldi. Toshkentdan farqli o‘laroq Torontoda IELTS uchun  spiking dey boshqa kuni emas, aynan imtihon kuni tayinlanadi. Men uchun bu juda qulay, hamma narsani bir kunda tugatib, bir kun ortiqcha xavotirlanmaymanJ. 13 avgustda, Kanadaga kelganimga 2 oydan sal ko‘p vaqt o‘tgandan keyin IELTS imtixonini topshirdim va 6.5 ball oldim ^_^

Hammasini ulgurishga ulgarish

Kanadada bo‘lganimda Education Standard doim aloqada bo‘lishdi. Ular Ontario shtatidagi qaysi universitetlarga borishni maslahat berishdi. Toshkentdaligimdayoq ushbu universitetlar joylashgan shaharlar bo‘ylab bir haftalik sayrni rejalashtirib qo‘ydim.

Chetdan qaraganda O‘zbekistondan kelgan va  Kanadada hech qachon bo‘lmagan o‘smir uchun bunday intensiv kursni o‘zlashtirish juda qiyin va aql bovar qilmaydigandek tuyuladi. Ammo birinchi qadam qo‘yildimi, orqaga yo‘l yo‘q.

Universitetlar juda ajoyib ekan! Zamonaviy dars xonalari, kutubxonalar, sayr uchun keng hovlilar… Men tadqiqot dasturlari bo‘yicha Kanadaning yetakchi oliy o‘quv yurti, 1827 yilda tashkil etilgan - University of Toronto universitetida, Ontario shtatining ahamiyatlilikda ikkinchi universiteti hisoblangan, dunyoning 100 dan ortiq davlatlaridan kelgan talabalar bilim oladigan York University universitetida, bakalavrlar uchun 300 dan ortiq dasturlarni taklif etadigan va tibbiyot sohasida Kanadaning 1-sonli universiteti hisoblangan McGill University universitetida hamda ta'lim sohasidagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanadigan McMaster University universitetida bo‘ldim.

Qisqa bo‘lsa-da chet elda, o‘qitish tizimi o‘zgacha bo‘lgan mamlakatda ta'lim olish tajribasi har tomonlama rivojlanish uchun bebaho imkoniyat. Butun dunyodan kelgan tengdoshlar, o‘zga madaniyat vakillari bilan muloqot foydali va quvonarli bo‘ldi!

Barcha ota-onalarga o‘z farzandlarni shunday safarlarga jo‘natishni maslahat berardim, chunki o‘smir ulkan tajriba orttiradi va turli hayotiy vaziyatlarga moslashish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Ingliz tilini o‘rganish dasturidan tashqari, biron muddat ota-onadan uzoqda bo‘lish - bu o‘ziga xos sinov va bu sinov foydali tajriba orttirish imkonini beradi. Hatto Kanadaga uchib borib, aeroportda yoki maktabga borishda adashim qolmaslikning o‘zi kelajakda mustaqil talabalik hayoti sari qo‘yilgan katta qadam)))

Bunday sayohatdan qaytgach, o‘zingni boshqacha his qilasan, o‘zinga bo‘lgan ishonch ortadi.  Ko‘p narsalar ustida fikrlaysan, hayotdagi maqsadlarni qaytadan o‘ylab ko‘rasan va yangilarini belgilaysan kishi!