Shveysariya - servis menejerlari beshigi

12 Iyul, 2015
  • 0
  • 7216
  • 0
Абдурахман
Ортикхуджаев

Men hozir Shveysariyaning Lyutsern shahridagi www.esgroup.uz/ru/countries/10/switzerland Business Hotel Management School www.esgroup.uz/ru/universities/21/b-h-m-s maktabida ta'lim olyapman. Shveysariya mehmonxona menejmentini o‘rganish uchun eng yaxshi maskan, BHMS esa akademik ta'limning tezkor dasturini va 1,5 fil mobaynida Shveysariyada yoki boshqa xorij mamlakatida stajirovka taklif qiladi, bu katta ustunlikdir.

Chet elda ta'lim olishni qaror qilganimga bir nechta sabab bor. Birinchidan, onam har doim meni chet elda, nufuzli universitetlardan birida ta'lim olishimni istardi. Ikkinchidan, obro‘li diplom kelakjakda muvaffaqiyatli karyera qurib, yuqori haq to‘ladanidigan ish topishga imkon beradi.

Xorijga chiqishim va ta'lim olishimda birinchi tajriba Londonga safar bo‘ldi. Nima uchunligini bilmayman-u, ammo chet elda yolg‘iz o‘zim qolishim meni hech cho‘chitgani yo‘q! Londondagi kursni tugatganimdan so‘ng dastlab o‘sha yerning o‘zida ta'limni davom ettirishni niyat qilgandim, keyin Avstraliyada o‘qish haqida fikr yuritdim. Lekin, har qalay, mehmondo‘stlik bobida Shveysari oliy o‘quv yurtlari dunyoda tengsiz.

Shveysariyadagi birinchi kun juda yoqimli bo‘ldi. Hyech qanday tashvish va xavotir yo‘q: BHMS haydovchisi meni Syurix aeroportida kutib oldi va kampusga yetkazib qo‘ydi. Universitetda o‘tkazgan birinchi kunimda esa, yodimda Germaniya va Gonkonglik bolalar bilan tanishdim.

Ta'lim tizimi britanchaga o‘xshash, ammo, to‘g‘risini aytsam, imtixon va taqdimotlar Londodagiga nisbatan osonroq kechyapti. Barcha o‘qituvchilarimizda o‘zlari ta'lim beradigan fan sohasida amaliy tajriba bisyor. Muhimi shuki, bu xalqaro tajribadir. Keyingi uch semestr mobaynida men Germaniya, Shveysariya, Avstraliya, AQSH, Chexiya va Kanadalik ustozlardan o‘qib-o‘rgandim. Maktab ajoyib ta'lim strategiyasini takliya qiladi: har bir talaba keyingi karyerasi uchun zarur servis kursini va albatta, har yillik mehnatga haq to‘lanadigan stajirovkalardan o‘tashi lozim - bu amaliy tajribaga ega bo‘lib diplom olishning noyob imkoniyatidir.

BHMS ning ixtiyorida Lyutsern shahrining markaziga yaqin joylashgan oltita zamonaviy kampusi bor. Odatda, darslar kuniga 5 soatdan davom etadi, juda qiziq, interakitv uslubda o‘tiladi. Sinfda 10-15 tadan talaba bor.

Talabalarda istiqomat joyini tanlashning imkoniyati bor: BHMS ning studiya xonali va apartamentli bir nechta kampusi bor, barcha binolar bir-biridan piyoda borgulik yaqn joylashgan. Men eng yaxshi kampuslardan birida yashayman, u otel ko‘rinishida bo‘lib, bosh binodan besh minutlik piyoda masofada joylashgan.

Shveysariya - dunyodagi eng xavfsiz mamalakatlardan biri! Biz istiqomat qiladigan joy mutlaqo xavfsiz, men hech qachon tajovuzga duch kelmaganman.

Shug‘ullanish uchun mashg‘ulot mo‘l! Masalan, men ta'til paytida London, Rim, Parij, Milan shaharlarida bo‘ldim, Shveysariya bo‘ylab sayohat qildim. Hayron bo‘lmang - Milan, Jeneva, Syurix, Parij shaharlari bu yerga juda yaqin joylashgan. Dam olish kunlar odatda chang‘ida uchaman, futbol va xokkey o‘ynayman, Maktab tashkil qiladigan tadbirlarda ishtirok etaman.

Yaqinda universitet futbol musobaqasini tashkil qildi. Jamoa a'zolari bir mamlakatdan yoki tili va madaniyati yaqin mamlakatlardan bo‘lishi lozim edi, masalan, Xitoy, Gonkong, Tayvan, Hindiston va Nepalliklar birga o‘ynadilar. Bizning jamoada esa Qozog‘iston, O‘zbekiston va Ukrainalik yigitlar birlashdik. Final o‘yinida yutib chiqdik ham! Bundan tashqari, men Lyutserndagi mahalliy xokekey musobaqasida ishtirok etdim va jamoamiz ikkinchi o‘rinni egalladi.

Lyutsern - Shveysariyaning sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shaharlaridan biridir. Bu yerda menga nimalar yoqadi? Ko‘p narsa. Masalan, Shveysariyani aniq-puxtaligi uchun yaxshi ko‘raman. Bu yerda hammasi jadvaldagidek ishlaydi. Insonlari xushmuomala, asosan nemis va fransuz tillarida gapirishadi, ammo ingliz tilini ham bilishadi har qaysi xorijlikka doim yordam berishadi. Yodimda, Parije, Rim va Milanda o‘tkinchilarga ingliz tilida murojaat qilganimda, menga ko‘maklashishni istashmasdi-mi yoki shunga imkoni yo‘qmi-di, bilmadim. Ammo butun Shveysariyada, xususan, Lyutsernda ham kishilar boadab va mushfiq. Bundan tashqari, Shveysariya Yevropaning naq yuragida joylashgan - bu poyezd va samoletda safar qilish uchun o‘ta qulay.

Shveysariya rivojlanish yo‘llarini istovchilar uchun a'lo darajada mos keladi. Ko‘p tilli mamlakat bo‘lgani uchun bu yerda siz bir emas, ikki emas, to‘rtta: fransuz, nemis, italyan va retoroman tillarini o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi (bu hali mashg‘ulotlar o‘tiladigan ingliz tilini hisoblamay turib). Bundan tashqari, BHMS dagi ta'lim amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalar doimo o‘zlariga hayotda kerak bo‘ladigan bilimlarni olishlari mumkin. Masalan, men nemis va fransuz tillarini o‘rganyapman va shu payt ichida o‘zimdagi kommunikativ va taqdimot ko‘nikmalarimni qanchalik taraqqiy qilganini sezyapman.

Shveysariyadagi mustaqil hayot mega muammolarimni ham mustaqil ravishda hal qilishni, sarbast bo‘lishni, turli madaniyat kishilari bilan til topishni o‘rgatdi.

Eng asosiysi - hayotim zavqli tus kasb etdi! Doim yangi narsalarni bilib olyapman, Xitoy, Gonkong, Filippin, BAA, Italiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va Qozog‘istonlik ajoyib bolalar bilan tanishdim. Qarshimizda ochilgan imkoniyatlarni boy bermasdan, Shveysariya va Yevropa bo‘ylab sayohat qilyapmiz, shveysariya shokolad va pishloqlaridan iste'mol qilyapmiz, tog‘lar, ko‘llar, go‘zal tabiatdan lazzatlanib, betakror talabalik davrining nashidasini suryapmiz!