Hisob-kitobni o‘rganyapman - Nyu-Yorkdagi Adelphi Univeristy da buxgalteriyadan ta'lim olyapman

12 Yanvar, 2017
  • 0
  • 6396
  • 0
Саидхон
Тоймасов

Barchaga salom! Meni ismim Said, Toshkentdanman. Shu kunlarda Nyu-Yorkdagi Adelphi Univeristy da bakalavriatda buxgalterlik hisobi (accounting) asoslarini o‘rganyapman. AQSHda oliy o‘quv yurtlar soni ulkan bo‘lishiga qaramasdan, men aynan Adelfayni tanladim, chunki ushbu universitet menga mo‘maygina stipendiya taklif qildi :) Men bu natijaga maqsadli intilib, ancha ilgari SAT ni 1800 va TOEFL iBT ni 94 ballga topshirgandim.

Nega men tirishib, SATni topshirdim?

Chunki ushbu test ingliz tili yoki matematikadan hech bir qo‘shimcha mashg‘ulotlarsiz darrov birinchi kursda ta'lim olishdek katta imkoniyatlarni ochadi (masalan, mening dasturim uchun) Bu test, shuningdek, grant olish imkoniyatiga ham ta'sir ko‘rsatadi.

Adelphi universitetiga kirish to‘g‘risida…

Men universitetni uzoq davr izladim, tom ma'noda barcha sytlarda «iskovuchlik» qilib qi dirdim. Ammo bu jarayon ko‘p vaqtimni olgani sababli xorijda ta'lim bo‘yicha agentlikka murojaat qilishga qaror qildim, chunki Toshkentda bunda agentliklar bisyor. Men AQSHda ta'lim olishni istashimni aniq bilardim. Ammo ko‘pgina agentliklar mening universitetga qo‘yayotgan yuqori talablarimga mos bo‘lmagan amerika oliy o‘quv yurtlarini taklif qilishar, shu sababli Kanada yoki Avstraliyadagi universitetlarga e'tiborimni tortishardi, AQSHdagi reytingli oliy o‘quv yurtiga kirishni istaganim uchun bu meni qiziqtirmasdi. Shu tariqa, sinov va xatolar uchuli bilan men Education Standard ni izlab topdim. Bu yerda menga AQSHdagi ko‘plab universitetlarni taklif qilishib, bir paytning o‘zida bu mamlakatning turli shaharlarida joylashgan bir nechta universitetga hujjatlarimni topshirishni taklif qilishdi. Men 8 ta universitetning 7 tasida taklif (Offer Letters) va shu bilan birga turli miqdordagi grantlarni oldim. Ammo tanlovim Adelfay universitetiga tushdi, chunki ularning granti eng katta bo‘lib, universitetning o‘zi ham dunyoning moliyaviy markazlaridan biri bo‘lmish Nyu-York shahrida joylashgan.

Nyu-York to‘g‘risida dastlabki taassurotlarim

Sof holdagi eyforiya. Barchasi yorqin va hayratli tuyuladi! Keyinchalik men o‘zimni bosib oldim va oddi talabalik kunlari boshlandi. Ko‘plab yigitlar bilan tanishib ulgurdim, o‘zimizning davramiz ham shakllanib ulgurdi. Har dam olish kunlari shahar bo‘ylab sayr qilamiz yoki Manxettenga chiqamiz.

Menga nimalar ko‘proq yoqadi…

Avvalo, ta'limga munosabat - mashg‘ulotlar chog‘ida qay tarzda o‘tirishimiz; o‘qituvchi mavzuni qanday tushuntirishi; misol va masalalar qanday hal etilishi. Yondashuv men odatlangandan sal farqli, ayrim payt ko‘proq mustaqil tayyorlanishga (self study) to‘g‘ri keladi, ammo hammasini tushunish mumkin. Yalqovlik qilinmasa bas!

Ikkinchidan, bksak madaniyatli ingliz tili. Masalan, iqtisod bo‘yicha o‘qituvchimiz ma'ruzani shunchalik tiniq-ravshan o‘qiydiki, guyoki kitob mutolaasini tinglayotgandek bo‘lasan - go‘zal mumtoz ingliz tili. Shu bilan birga, professor mavzuni juda tushunarli ifodalaydi.

Uchinchidan, universitet kampusini aytmaysizmi! Ulkan yashil va yaxlit talabalar shaharchasi - sport zali, trenajyor zali, oshxona, xordiq chiqarish joyi…

Qo‘shimcha imkoniyatlar to‘g‘risida…

Amerikaliklar juda samimiy. Universitetimiz sinfdan tashqari hayot uchun katta imkoniyatlarni, bir dunyo fakultativ mashg‘ulot va klublarni taklif etadi. Buxgalteriya hisobini o‘rganayotganim uchun men qo‘shimcha ravishda Accounting Club ga a'zo bo‘ldim. Bu haqda elektron pochtadan bilib oldim - universitet ma'muriyati shu mavzuda muntazam ravishda ma'lumotlarni tarqatib turadi. Shuning o‘zigina emas!

AQSHda qo‘shimcha pul ishlab topish…


Men g‘o‘rlik qilib qo‘ydim … AQSH qonunchiligi bo‘yicha, xalqaro talabalar o‘zlari ta'lim olayotgan universitet hududida haftasiga ko‘pi bilan 20 soat mobaynida qo‘shimcha mehnat qilishlari mumkin. Men buni tushunib yetganimda kampusdagi barcha bo‘sh ish o‘rinlari band qilingandi. Shu sabab, o‘qish paytida qo‘shimcha pul ishlab topmoqchi bo‘lsangiz, barchasini avvaldan tashkil qiling. Bundan tashqari, AQSHdagi stajirovka ham o‘qish payti universitet tarafidan ta'minlanadi, faqat yaxshi o‘qish shu maqsadga sabot bilan intilish lozim.

AQSHdagi oliy o‘quv yurtiga kirish niyatida bo‘lganlarga, o‘z tajribamga tayanib shuni aytmoqchimanki, TOEFL va SAT yoki ACT ga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko‘rish uchun ingliz tili va matematika bilan ertaroq, iloji bo‘lsa hatto 9-sinfdan jadal shug‘ullanishni boshlang. Qiyinchiliklardan qo‘rqmang. Ishoning, AQSHda ta'lim olish shunga loyiq!