Nyu-York, amerikacha ingliz tili! Yozgi kurs!

15 Fevral, 2017
  • 0
  • 5393
  • 0

Nyu-York, Nyu-York... ulkan orzu-umidlar shahri, balandparvoz rejalar quvvatidan kuch oladigan ulkan megapolis. Reklamalar va ko‘rkam baland binola shahri. Samolyotimiz Nyu-Yorkning Kennedi aeroportida qo‘nar ekan, hayolimda shunday manzaralar gavdalanar edi. Ikki hafta davomida ushbu “Katta olma”ning havosi va quvvatini bevosita his qilishim hayajonlanishga majbur qilardi. Maktabimiz Manxettanning qoq o‘rtasida, Tayms Skver ko‘chasida, Beshinchi avenyu, Brodvey va Empire State Bildingdan  5 daqiqalik yo‘l narida joylashgan edi.

Bu ikki hafta davomida xuddi haqiqiy nyu-yorkliklar kabi yashadik! Ertalab soat 9 ga maktabga borardik, ba'zida metroda ketardik. Odatda, shahar aholisi oldimizdan hovliqib yugurib o‘tishini kuzatar edik, o‘z ofislariga kech qolishdan qo‘rqsalar kerak. Ular yo‘l-yo‘lakay Starbaksning kruasanlarini yeb, “Take away” qahvasini ichib borishlariga mahliyo bo‘lib qolar edik.

O‘qituvchilarimiz amerikaliklar edi. Tanaffus paytida sodda va quvnoq do‘stlarimiz bo‘lgan o‘qituvchilar darsga kirgach juda qattiq qo‘l o‘qituvchilarga aylanishar va jadvalga qat'iy rioya qilishar edi. Ularning bu darajada o‘zgarishga qodirligi meni hayratga solar edi. Bu ularning kasb mahorati qanchalik yuksakligidan dalolat berardi. Har kuni tushlikdan keyin esa Nyu-York bo‘ylab sayrga chiqardik. Oldiniga bu shaharda 2 hafta yashab, uning har bir ko‘chasini yodlab olaman deb o‘ylagan bo‘lsam, birinchi sayrdan keyin buning iloji yo‘qligini tushundim. Diqqatga sazovor va mashhur joylar shunchalik ko‘pki, hatto 2 hafta davomida kunu-tun sary qilganimizda ham ularning hammasiga borishga ulgurmagan bo‘lardik. Kun jadvalimizda, asosan, mashg‘ulotlar ko‘zda tutilgan va faqat darslardan bo‘sh paytimizdagina Nyu Yorkni o‘rganishimiz mumkin edi.

Markaziy bog‘ (Central Park)

Ushbu bog‘ga kirganimizda o‘zimni beton binolar, neonli reklamalar va yugur-yugur ichida vujudga kelgan orolga tushib qolgandek his etdim. Sayrimiz yosh teatr shaydolari uyushtirgan tomoshaga bag‘ishlangan edi. Bu yerda o‘zini xuddi yam-yashil ko‘kalamzorga, parvarishlangan daraxtlar orasiga tushib qolgandek bo‘ladi odam, hech kim hech qayoqqa shoshilmaydi, shundoq oyoq ostidagi o‘tlar ustiga o‘tirib dam olish, kuchuk bolalaridek umaloq oshishi mumkin. Bunday hayratlanarli o‘zgarishlar meni shoshilib yuradigan insonlarning hayotini tushunishga o‘rgatdi, ular bog‘ga kelishlari va “To‘xtash, qayta kuch olish” dasturini yoqishlari mumkin. So‘ng yana ... ish, o‘qish, rejalar va yana odatiy hayotga qaytish!

Empayr Steyt bilding (Empire state Building)

Bu binoning 86-qavatida joylashgan tomosha maydoniga uyushtirilgan ekskursiya bizni maftun etdi! Shaharni 360 gradus ostida tomosha qilish mumkinligidan shunchalik hayajonlangnimizdan ichimizga sig‘masdik. Bir tomondan quyosh botayotgan bo‘lsa, qarama-qarshi tomondan oy o‘z o‘rnini talab qilardi. Yoz bo‘lishiga qaramay, Nyu York yangi yil archasidek porlab turar edi. Balandlikdan turib shahar tungi faollik holatiga asta-sekin o‘tayotanini tomosha qilish zavq bag‘ishlar edi. Shaharga bunday balandlikdan nazar tashlar ekanman meni  bu kabi 100 qavatli binolarni, osma ko‘priklarni barpo etgan insoniyat uchun g‘urur hissi tark etmasdi. Bularning hammasi insonning muhandislik dahosi mahsullaridir.

Ozodlik haykali (The Statue of Liberty)

Dam olish kunlarining birida Ozodlik oroliga ekskursiyaga, “Dunyoni yoritib turuvchi Ozodlikni tomosha qilishga” bordik. Ozodlik haykalini aynan shunday ataydilar. Bedlou oroliga paromda yetib  bordik va hatto navbatda turishga bir talay vaqtimiz ketgani ham taassurotlarimizni buzmadi. Amerikaliklar uchun shunchalik qadrli bo‘lgan ozodlik timsolini tomosha qilish unutilmas xotira bo‘lib qoldi.

Tabiiy tarix muzeyi (American  Museum of  Natural  History)

Shu muzeyga boradigan kunimiz buning uchun vaqt ketkazishni uncha istamagan edik, rostini aytaman rosa  zeriksak kerak, deb o‘ylagandik. Zallar bo‘ylab sayr qilar ekanmiz, sayyoramiz bo‘ylab sayr qilgandek bo‘ldik, umrimizda birinchi marta ko‘rgan eksponatlar shunchalik ko‘p ediki, vaqtimizni qiziqarli va yangi bilimlar olib o‘tkazganimizni tushunib yetdik.

Shuningdek, Madam Tyusso muzeyiga bordik, yorqinlik va muhtashamlik bizni hayratga soldi. Keyin Brayton Bichga borib ummon to‘lqinlarida cho‘mildik. Koni Ayland attraksionlari bizni befarq qoldirmadi, albatti. 5 Avenyudagi shoping turfa xil magazinlar va tovarlar bilan bizni quvontirdi. Mashhur Donats ponchiklarini tatib ko‘rdik, sevimli Mak Donalds ham e'tibordan chetda qolmadi.

Uchib ketishimizga bir kun qolganda tantanali ravishda bizga sertifikatlar topshirdilar, Nyu Yorkda o‘tgan ta'til kunlarimni eslar ekanman to‘liq ishonch bilan aytishim mumkinki, bu eng foydali ta'til bo‘ldi, ingliz tilidiga bilimlarimni mustahkamladim va butun umrga yetarli yorqin taassurotlar bilan qaytdim. Xotiralarimning hammasini fotoapparatim xotirasiga saqlab qo‘ydim.