Bellerbys - tibbiyot sohasidagi kasb, men tayyormi?

23 Mart, 2017
  • 0
  • 5594
  • 0
Надежда
Ким

Angliya bilan 14 yoshimdayoq, Londondagi ingliz tili kurslarida to‘rt hafta bo‘lib tanishgandim. Safarni Education Standard uyushtirishga ko‘maklashdi, barcha oliy darajada o‘tgandi. Bir olam taassurot va butun dunyodan yangi do‘stlar orttirdim, ularning ko‘pchiligi bilan haligacha muloqot qilib turaman. O‘sha paytdan beri Angliya to‘g‘risidagi xotiralar meni tark etmasdi…


Orzuimga tobora yaqinlashganim

Toshkentda 9-sinfi tugallab, poytaxtdagi Vestminster Litseyi (WUIT qoshidagi litsey)ga o‘qishga kirdim. O‘qish juda qiziq edi, Ammo Angliyada ta'lim olish va sayohatlar to‘g‘risidagi fikrlar meni tark etmasdi. Education Standard yana bir bor o‘z professionalizmini namoyon etdi, va ota-onam hamda o‘zimning barcha xohish-istaklarimni inobatga olib, Angliyadagi eng mos o‘quv yurtini tanlashga ko‘maklashdi.

Kelajakda men Angliya yoki Avstraliyada oliy ma'lumot olib, doktor bo‘lmoqchiman. Education Standard bizga qiziq bir faktni oshkor qildi - ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatdarda tibbiyot dasturi bo‘yicha xalqaro talabalar uchun bakalavriatda o‘qish faqat, o‘rta ma'lumot ham kollejda ingliz tilida olingan bo‘lsagina mumkindir.

Shu sababli men hozir A Level dasturi bo‘yicha kelajakda oliy o‘quv yurtiga krishim uchun bilishim lozim fanlarni o‘rganyapman.

Tanlovim - Braytondagi Bellerbis Kolleji

Men Bellerbys College Brighton da ta'lim olyapman - bu oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar bo‘yicha foiz bo‘yicha xalqaro talabalar uchun birinchi raqamli o‘rta va katta maktab. Maktabdagi do‘stlarim va kursdoshlarim orasida Xitoy, Rossiya, Kanada, BAA, Meksika, Yaponiya va boshqa ko‘plab mamlakatlardan kelgan talabalar bor.

Bellerbys College Angliyaning to‘rtta - London, Oksford, Kembridj va Brayton shaharlarida joylashgan. Men Braytonda o‘qiyman, bu Angliyaning janubiy qirg‘og‘idagi chiroyli plyaji bor shahar. Brayton poyezd bilan Londondan bir soatlik masofada joylashgan, ammo yomg‘irlar ancha kam yog‘adigan, kichik, quyoshli shaharchadir. Shaharda diqatga sazovor madaniy joylar, yashil ingliz parklari va shopping-markazlar juda ko‘p. Maktab shaharning markazida joylashgan, supermarket, vokzal va go‘zal parkka piyoda borsa bo‘ladi, boshqa tarafdan hududning o‘zi juda sokin.

Ingliz ta'lim tizimi to‘g‘risida

A-leveldan so‘ng namunaviy oltin tizim nomini olgan ingliz ta'lim tizimi universitetlariga kirishning o‘ziga xos taraflari to‘g‘risida hikoya qilish o‘rinli. Katta maktabning so‘nggi ikki yili mobaynida inglizlar 3 ta (kam holarda 4 ta) predmetni o‘rganishadi, yozning oxirida esa umumiy davlat imtixoni bilan attestatsiya qilinadilar. Har bir universitetda o‘tish baholari bo‘lib, munosib bo‘lsangiz, bemalol kirishga umid qilishingiz mumkin. Mening Bellerbys College dagi kursim A-level ni bir yil mobaynida tezkor o‘tib, imtixonlarni topshirishga imkon beradi.

Bellerbys College dagi A Level haqida

Tabbiy fanlardan boshqa biron soha meni bunchalik qiziqtirmasligini, tibbiyot, ayniqsa, bu sohadagi kimyo kabi ulkan va rivojlanib borayotgan fanni batafsil o‘rganishni istashimni ancha ilgari tushunib yetgandim. A-level predmetlari (men kimyo, biologiya va matematikani o‘tyapman) fan naqadar jozibali va men uchun qanchalik qiziq ekanligiga ishonch hosil qilishim uchun ko‘mak berdi.

Kollejimizdagi darslar oddiy ma'ruza/seminar asosida qurilmagan. Deyarli har bir dars laboratoriya ishlari, sensor taxtada ishlash bilan kechadi, ko‘pincha ma'ruza o‘qish uchun yetakchi ingliz universitetlarining professorlari taklif etiladi. Biologiya darslarida har bir o‘quvchi uchun partasi ustida shaxsiy elektron mikroskopi bor. Maktabda o‘tgan uch oy ichida men uchun shaxsan baliqlar, chigirtka, yurak va va ko‘plab organik jimslarni preparatlash imkoni bo‘ldi. Kimyoviy laboratoriya zarur barcha narsalar bilan ta'minlangan. Namuna va materiallar har haftada yangilanib turadi. Mening kuratorim bo‘lib, o‘qish yoki maktabdagi har qanday masalalar to‘g‘risida maslahat olishi mumkin.

Bu yerdagi barcha o‘qituvchilar o‘z ishini sevishadi va har qanday mavzuni yakka tartibda takroran tushuntirishga tayyor. Har oylik testlar joriy natijalarni kuzatib borishga imkon beradi. Maktabda, shuningdek, skripka chalish va ispan tilidan tortib fizikagacha ko‘p sonli krujoklar faoliyat yuritadi, ularning barchasi dasturga kiritilgan.

Maktab binosining o‘zi zamonaviy va chiroyli, men maktabning o‘zida istiqomat qilaman, juda qulay, transport haqida qayg‘urish va saharlab turish kerak emas :) Maktabda ovqatlanish yarim pansion tartibida, xushta'm va turli-tuman, dunyo milliy taomlarining kechalari o‘tkazib turiladi.

Angliyadan bir olam taassurot va zavqli ta'limni kutgandim, xafsalam pir bo‘lmadi. Mas'uliyatli yakka tartibli yondashuvi uchun Education Standard ga mendan va ota-onamdan tashakkur.