Wellington Kolleji - angliya lordlari an'analariga sodiq maktab

15 Yanvar, 2017
  • 1
  • 5750
  • 0
Диёра
Убайдуллаева

Angliyada vaqtni o‘tkazish - ajoyib fikr. Bolalik chog‘larimdanoq biron joyda mustaqil bo‘lish orzusi ko‘nglimda yashardi. Chet elda (uch hafta bo‘lsa ham) yashash ulkan qadam bo‘lib, buning ancha-muncha foydasi ham bor. Ushbu safardan maqsadim ruhiy, ma'naviy va jismoniy rivojlanish, maksimal darajada foyda olish edi. Aytishim lozim-ki, safar barcha umidlarimni to‘liq oqladi. Unda yaxshi va bilim orttiriladigan xordik uchun barchasi uyg‘un mujassam edi: eng zamonaviy hududlar va tarixiy o‘tmish, ko‘plab e'tiborga sazovor joylar va qiziqarli an'analar, har qanday didni qondiruvchi ulkan miqdor ko‘ngil ochishlar va mahalliy aholining xayrixohligi. YUqoridan turib tomi qizilga bo‘yalgan jinko‘chalardagi shinam uylarga nazar tashlar ekansan, bu yer perfeksionistlar uchun go‘yoki bir jannat ekanligini tushunib yetasan kishi!

Ammo mohiyat Wellington kollejida bo‘lib, biz u yerda istiqomat qildik va ta'lim oldik. Kollej Londonda uncha uzoq bo‘lmagan Crowthorne shaharchasida joylashgan.

Kollejga yetib kelganimizda, bizni xushmuomala xodimlar - menejerlar, ma'murlar va faol yetakchilar kutib olishdi, biz darhol ular bilan umumiy til topishdik.

Vellington hududi bemis go‘zal bo‘lib, uning bir qismini xushmanzara bog‘lar va a'lo sifatli o‘yin maydonlari, turli kampuslar va Vellingtonning ulug‘vor binolari egallaydi. Biz kollej hududida, shinam xonalarda istiqomat qilardik.

Kelganimizning ikkinchi kuni, inglizcha nonushtadan so‘ng bizlarni darajalar bo‘yicha taqsimlash uchun imtixonlarga jo‘natishdi. Men Level 5 - Advanced darajasiga tushdim.

Shu kunlarda tevaragimda faqat xorijliklar: italyanlar, ispanlar, fransuzlar, xitoyliklar, turklar va ko‘pchilik boshqa mamlakatlardan kelgan tengdoshlarim bo‘lishdi. O‘sha payt qanday hissiyotlar og‘ushida qolganimni so‘z bilan ifodalash qiyin, menga o‘sha muhit, o‘sha insonlar, yangi madaniyat bilan tanishish va axborot almashish juda yoqardi.


Darslar har kuni 3,5 soatdan o‘tildi (ikki nafar o‘qituvchi har biri 1,5 soatdan dars o‘tardi). O‘qituvchilar o‘ta serg‘ayrat va ta'sirchan edi. Bizlarni bir zumda birgalikdagi unumli ishga undab, o‘z kuchimizga ishonch hissini o‘yg‘otib, ertangi kunga rag‘bat quzg‘otishardi, shu tariqa ta'lim jarayonida ishtirok etish istagini kuchaytirishgani sababli har bir keyingi mashg‘ulotni sabrsizlik bilan kutardik. Kursni yakunlagandan so‘ng har birimizga direktor tomonidan sertifikat topshirildi.


O‘qishdan tashqari, bizga ko‘ngil ochish va faollik uchun erkin vaqt ham taqdim etishdi, basseyn, raqs, futbol, basketbol, voleybol, regbi va hokazolardan birini tanlashimiz mumkin edi. Dastlab men raqsni tanlagan bo‘lsam-da, keyin futbolga o‘tdim :)

Har dam olish kunlari Buyuk Britaniya bo‘ylab sayohatga chiqardik. Biz London, Oksford, Brayton shaharlarini va hatto qirollik oilasining saroyi bo‘lmish Vindzorni ko‘rib ulgurdik. Tayinki, Londonning barcha e'tiborga sazovor joylari, jumladan, Madam Tyusso muzeyi, London Eye, Big Ben va sh.k. ko‘rib ulgurdik. Shuningdek, Garri Potter haqida filmlarni suratga tushirish to‘g‘risida so‘zlovchi studiya - Warner Bros. Studio Tour London: The Making of Harry Potter da ham bo‘ldik. Kichik orzuim ham ushaldi :)


Umuman olganda, Angliyaga safarimdan mamnunman. Endilikda men, hamma joyda ham oson, huzur va kutilgan natijalarga erishib hamda dunyoqarashni kengaytirib o‘qish mumkinligini bilaman!

Tashkil etishgani uchun Yelena va Yevgeniyaga alohida tashakkur!